Integratsiyalashgan pedagogikasi




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/80
Sana22.07.2024
Hajmi4,78 Mb.
#268210
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80
Bog'liq
2023-12-18-05-35-26 d6ae6932e488a8db75855cbac7f9a96e

«Nastarin» suratda bahor
Dars quyidagi ketma-ketlikda tuzilgan:
1. «Qarshingizda «Nastarin» surati, deb o ‘qituvchi bolalarga 
murojaat qiladi, bahor iforini his qildingizmi? Suratga diqqat bilan 
qarang. Rassom tom onidan tanlangan ranglar uyg‘unligini kuza- 
ting. U nastarinni tabiiydek tasvirlay olganmi? G o'yo hozir uni 
xonaga olib kelgandek-a? Bu ajoyib, xushbo‘y nastarin qanday 
rangda? Q aranglarchi, rassom uning barglari, novdalarini ba- 
tafsil tasvirlay olganmi? Rassomning saxiy tabiatdan zavqlanishi 
va tabiatga bo ‘lgan ulkan muhabbatini his qildingmi? Tabiatda, 
aniqrog‘i, nastarinda go‘zallik, hayot ko‘rinmoqda!».
2. Keyin esa doskaga yozilgan tayanch so‘zlar (saxovat, m o‘l, 
xushbo‘y, iskamoq, nastarin ifori, nilufar, moviy, pushti) yorda- 
mida bolalar «Nastarin» rasmi bo‘yicha o ‘z hikoya yoki o ‘yinini 
kichik bayon holda yozishadi.
3. Bolalarni nastarin paydo bo ‘lishi haqidagi afsona bilan 
tanishtirish: bahor quyosh va kamalak nurini aralashtirib, yerga 
ota boshlabdi. N u r tushgan joylarda turfa rangdagi gullar ochi- 
libdi: oq, qizil, pushti, ko‘k. Bahoroy janubdan shimolga saxiylik 
bilan nur sochib yuribdi. U shimolga yetganda, faqatgina siyoh- 
rang nurlar qolibdi. Ana shulardan nastarin nihollari o ‘sib chi- 
qibdi. 400 yil aw al uni Venaga keltirishgan. Shu yerdan u butun 
Yevropaga tarqaladi. Shundan so‘ng bolalarga shu m atn bo‘yicha 
ona tilida mashq bajarish taklif qilinadi.
Ona tili va musiqa fanlari integratsiyasining 
xususiyatlari haqida
Bir qarashda, bu ikki predm et umumiyligi shubhali, bir- 
lashtirish imkoniyati mumkin emasday tuyuladi. Shuning uchun 
o ‘zlashtirilayotgan mavzuda bu fanlam i nima birlashtirib turga- 
nini ko‘rsatishga urinish bilan birga va ovozga ega bo ‘lishiga eri- 
shishimiz lozim. «Binobarin, nutq va xirgoyi o ‘rtasidagi aloqa il-
71


dizi asarlar qa’riga borib tutashadi. K o‘pchilik olimlar fikricha, 
o ‘sha paytlarda nutq va kuylash uyg‘un bo‘lgan, ularning musiqiy 
asoslari farqlanmagan».
Urnumiy pedagogikadan m a'lum ki, barcha pedagoglarning 
umumiy va asosiy vazifasi bolaning qobiliyati va tafakkurini ri- 
vojlantirish asnosida bilimlari, ko‘nikma va o ‘zlashmalarini, fan 
asoslarini egallash jarayonida ziyraklik layoqatini doimiy ravishda 
takomillashtirib borilishiga erishishdir. Lekin har bir fan o'qituv- 
chisi bolaning umumiy rivojlanishidan tashqari, uning maxsus 
xususiyatlari sayqallanishiga ham e ’tibor qaratishi lozim.
Psixologiya va metodika sohasida tadqiqot olib borgan uslu- 
biyatshunoslar musiqiy xususiyatlar umumiyligiga alohida to ‘x- 
talishadi. Ayni vaqtda barcha xususiyatlardan nutqiy va musiqiy 
ovozni ajratib olish mumkin. Ana shu xususiyatlar negizida til va 
kuyning tovush a ’zolarini muvaffaqiyatli o ‘zlashtirish mumkin. 
Shunday qilib, ona tili va musiqa o ‘qituvchilari ko‘plab umumiy 
vazifaga ega. Bu vazifalar birgalikda hal qilinsa, ancha samarali 
b o ‘ladi. Ona tili va musiqa darslari mavzularining ko‘pi turdosh. 
Ular orasidagi farqlardan ham metodik samarali vosita sifatida 
oqilona foydalanish mumkin. Ona tili darsi bilan musiqa integ- 
ratsiyasi samarali natija beradi. Masalan, qiyin urg‘uga ega so'z va 
kelishik shakllarini o ‘rganishda she'r yoki qo‘shiq yordamida ushbu 
mavzu yaxshiroq o ‘zlashtirilishiga erishish mumkin.
Ona tili darsida tashkiliy boshlanish yoki chigal yozdi mashqi 
sifatida ayrim qo ‘shiq naqorati yoki biror parchasidan foydala- 
niladi. Bu bilan bolalar kerakli so‘zlam i, ftkrni eslab qolishadi, 
talaffuzlarini takomillashtirishadi. Ona tili darslarida musiqadan 
foydalanish o ‘quvchilarga tabiat va maishiy hayot muhitiga chu- 
qurroq kirib borishiga ko‘maklashuvchi vaziyat hosil qiladi. Bun- 
day integrallashgan darslarda musiqaning tarbiyaviy aham iyati- 
dan zarracha ham kam emas. Muayyan asarni tinglash asnosida, 
o ‘qituvchi ko‘pincha muallif haqida, asar yaratilishi tarixiga oid 
qisqacha m a’lum otlar keltiradi. Bu o ‘quvchilar dunyoqarashi ken- 
gayishiga imkon beradi.
0 ‘z navbatida, o'qituvchidan bunday integratsiya uchun max­
sus tayyorgarlik talab qilinadi. Dars o ‘z -o ‘zidan musiqa va bas- 
takor bilan hayajonli uchrashuvga aylanishi uchun o ‘qituvchi 
uzluksiz yangi qo‘shiqlardan xabardor bo ‘lishi, qo‘shiqlar yig‘ib 
borishi, bastakorlar hayotiga oid m a'lum ot va musiqa haqida qi- 
ziqarli hikoyalar to ‘plab borishi kerak.
72


O na tili mashg‘ulotini oMkashunoslik negizida olib borish
Ona tili darslarini o ik ash u n o slik asosida olib borilishi juda 
katta ta ’limiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega. 0 ‘lkashunoslik mate- 
riallaridan, odatda, o‘qish darsida yozuvchi biografiyasini o ‘rga- 
nishda, uning ijod manbalari, ayrim asarlari yaratilish tarixini 
bolalarga yetkazishda foydalaniladi. Lekin ona tili darsida ham tez- 
tez o ‘lkashunoslik manbalaridan foydalanish mumkin. Bunday 
darsda o ‘lkaning taniqli joylariga bag‘ishlangan surat va kitoblar, 
sayohat va materiallar qo ‘llash lozim. Maqsadga yo‘naltirilgan ti- 
zimli faoliyat bolalarda ongli faollikni oshirib, o ‘rganilayotgan 
fanga qiziqishi kengayadi. 0 ‘qituvchi isbot sifatida o ‘lkashunoslik 
negizida o‘tkazilgan ona tili darsidan parcha keltiradi.

Download 4,78 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish