0 ‘qituvchi narsani ko‘rsatadi: — Bu nima?
— Kitob.
2. «Juftlikda ishlash».
Biz narsaning nomini aytdik. Yozgan so‘zlarimizni rasm daf-
tariga chizing (5—6 ta). Chizilgan rasmlardan ko‘rgazma
tashkil
etiladi. K o‘rgazmali rasm lar asosida otlar guruhlarga ajratiladi,
bolalar juftlikda ishlab, biri-kim, ikkinchisi nima? Javob beruvchi
otlarni misollar bilan keltiradi. 0 ‘qituvchi yordamida otga ta ’rif
beriladi, xulosa qilinadi.
3.
Rasmlaringizga qarab, har bir ot ishtirokida gap tuzing.
2—3 gap aytib, ular asosida hikoya tuzing, masalan:
«Men kitob sotib oldim. Kitobda qiziqarli ertaklar juda ko‘p
ekan. Men ularni ukamga o ‘qib berdim».
0 ‘qituvchi savol tashlaydi:
— Qanday ertaklarni bilasiz? Siz ham uka-singillaringizga
ertaklar so‘zlab berasizm i? U ka-singillaringiz xursand b o ‘li-
shadimi?
Bolalar sanab o‘tadi. So‘ng biron bir ertakning qisqacha maz-
m unini so‘zlab berish taklif etiladi.
4. Bu bosqichda dars ikki yo‘nalishda ketishi mumkin:
— ertakning qisqacha
mazmuni daftarga yoziladi, muhokama
qilinadi;
— ertak rasm albomida tasvirlanadi, muhokama qilinadi, tas-
virlangan rasmlar asosida galereya hosil qilinadi. «Galereya» so‘-
ziga
izoh beriladi, buyuk musawirlarning nomlari keltiriladi. G a
lereya buyuk rassom larning ijodini nam oyon etadigan maxsus
bino, joy. Kamoliddin Behzod, 0 ‘rol Tansiqboyev, Chingiz Ah-
marov kabi buyuk rassomlarimiz bor.
Mustahkamlash.
Ertak mazmunida (tasvirida) otlarni aniqlang. Avval nima, so‘ng
kirn so‘rog‘iga javob boluvchi otlarni ayting.
Bu bosqichda darslik bilan ish olib boriladi, mashqlar bajariladi.
Dars yakuni.
Darsda nimalar qildingiz? Nim alam i oldingiz? 0 ‘z
fikrlarin-
gizni ayting. Uyga vazifa beriladi.
Albatta, bunday darslarni o ‘tish o ‘qituvchidan yuksak maho-
ratni, boshqaruvchanlikni talab etadi. Integratsion darslarda
o ‘quvchijimgina, tomoshabin bo‘lib o ‘tirmaydi. U darsjarayonida
faol va izchil qatnashadi. Shu jarayonlarning
unum dor va sama-
rali kechishida o ‘qituvchi shaxsi ahamiyati beqiyosdir.
87