11. 1NTEGRATSIYA - TA’LIM JARAYONINI
QLLAYLASHTIRISHNING MUHIM PRINSIPI
Davlat ta ’lim standartlari qabul qilingach, ta ’lim mazmuni
qisman yangilandi. Davlat ta ’lim standard talablari asosida yangi
o ‘quv dasturlari va darsliklar ishlab chiqildi. Lekin kuzatishlar
shuni ko‘rsatadiki, o ‘quv rejasida o ‘quv predmetlarning soni ortib
ketgan. Chunonchi 1992-yilga qadar o ’quv rejasida fanlarning soni
18 tani tashkil etgan bo'lsa, 1992-yildan 1997-yilgacha bo‘lgan
davr ichida ularning miqdori 21 tani, «Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi» qabul qilingach, 24 taga yetkazildi. Bugungi kunda esa
o ‘quv rejasida 27 ta o ‘quv fani mavjud. Shu o ‘rinda haqli bir savol
tug‘iladi. 0 ‘quv fanlari miqdorini ko‘paytirish orqali o ‘quvchining
bilim darajasini oshirishga erishilayaptimi? Yo‘q, albatta! Chunki:
1) o ‘quv fanlari ko‘paygan sari o ‘quvchilarga taqdim etiladi-
gan bilimlar maydalashib bormoqda;
2) o ‘quv darsliklarda takror materiaUaming miqdori ortmoqda;
47
3) o ‘quvchining ijtimoiy tajribasiga kirmay qolayotgan bilim
va tushunchalar ko‘paymoqda;
4) DTSlari bilan o'quv dasturlari orasida nomuvofiqlik vu-
judga kelmoqda. C hunonchi hukum at tom onidan qabul qilin-
gan boshlang'ich ta ’lim Davlat ta'lim standartida 4 ta ta ’lim so-
hasi, ya’ni «Ona ti 1 i», «Matematika», «Tabiat», «Inson va ja-
miyat» ta'lim sohalari berilgan holda bugungi kunda o'quv reja-
sida 10 ta o'quv predmeti mavjud. Bu sohada jahon tajribasiga
nazar tashlaydigan bo'lsak, Singapur ta’lim tizimida boshlang'ich
sinflar uchun bor-yug'i 4 ta o'quv predmeti mavjud ekan. Ular
«Ona tili», «Matematika», «Estetika» hamda «Jismoniy tarbiya».
M a’lumki, ta'lim jarayonida muayyan o'quv fani — «Ona tili»,
«Tarix», «Adabiyot» kabilarga oid bilimlar bilan bir qatorda xalq-
ning ijtimoiy tajribasi, til boyligi, m a’naviy, madaniy qadriyat-
lari, axloqiy m e’yorlari bilim va tushunchalar shaklida o'rgatilishi
lozim. Amaldagi ta ’lim jarayonini tahlil qilish natijalari shuni ko'r-
satadiki, u yoki bu o'quv fani mazmunida o'quvchining ijtimoiy
tajribasiga kirmay qolgan bilim va tushunchalar mavjud. Buning
asosiy sababi o'quv fanining m azm unini o ‘ta murakkab yoki
haddan tashqari sodda ekanligidadir. Agar o'quv materiali o'ta
murakkab bo'lsa, o'quvchi uni to'liq o'zlashtirishga qiynaladi.
Agar sodda va takror holda ifodalangan bo'lsa, bunday o'quv
materialini o'zlashtirishga ehtiyoj sezmaydi, undan bezadi.
Bugungi kunga kelib, jahondagi mamlakatlarning 70 foizi
ta ’lim tizimida integrativ xarakterdagi o'quv dasturlari va dars-
liklardan foydalanib kelmoqda. Har bir mamlakat ayni shu dav-
latning ta ’lim tizimiga qo'yilgan buyurtmaning tabiatidan kelib
chiqqan holda integratsiyaning turli darajalarini ishlab chiqqan va
joriy qilib kelmoqda. Chunonchi, Buyuk Britaniya ta’lim tizimida,
asosan, integrativ fanlar joriy qilingan bo'lsa, Koreya va Shvey-
sariyada integratsiyalashgan fanlar yoki alohida o'quv predmet-
lari, Avstraliyada integratsiyalashtirilgan fanlar, Yaponiya, Shi-
moliy Irlandiya, Uels, G ong-K ong va Germaniyada ham alohida
fanlar, Vengriyada madaniyat yo'nalishidagi o'quv predmetlari,
inson va tabiat, integrativ fanlar, Niderlandiyada alohida o'quv
predmetlari, Irlandiyada fan va texnika kabi bloklarda barcha o'quv
fanlari mujassamlashtirilgan holda o'qitiladi. Bizda bu sohada dast-
labki qadam lar qo'yilm oqda. Jum ladan, boshlang'ich ta ’lim Dav
lat ta ’lim standartlarida «Ona tili», «O'qish», «M atem atika»,
«Tabiat» hamda «Inson va jamiyat» ta’lim sohalari belgilab berilgan.
48
«Inson va jamiyat» ta'lim sohasi o ‘zida bir qator o‘quv pred-
metlariga oid tushunchalarini mujassamlashtirgan. C hunonchi,
axloq, nafosat tarbiyasi, iqtisodiy bilimlarga oid tushunchalar,
jismoniy tarbiya, badiiy ta ’lim, huquqiy bilimlar va h.k. T a’lim
jarayonini integrativ dasturlar va darsliklar asosida tashkil etish
orqali o ’quv-bilish jarayoni natijasida samaradorlikka erishish
nazarda tutilar ekan, bunda integratsiyaning turli darajalaridan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan:
1. Mavzularni ketma-ket taqdim etish asosidagi integratsiya,
bunda o ‘quv materiallarini bayon qilishda konsentrizm prinsipiga
amal qilinadi, ya’ni oldingi o ‘quv materiali keyingisini to ‘ldiradi.
Lekin hech qachon bir-birini takrorlamaydi. Bunday integrativ
natijasida o ’quvchilarning bilim, ko^nikma va malakalari hamda
ijodiy faoliyatlari muntazam ravishda rivojlanib, boyib boradi.
2. 0 ‘quv dasturlarida o ‘zaro uyg‘unlashgan nuqtalarni vujudga
keltirishga asoslangan integratsiya, bunda ham takror tarzda be-
riladigan taftalogiya asosidagi o‘quv materiallarining oldini olish
uchun dasturlarda mavzulararo uyg‘unlikni ta ’minlash muhim
ahamiyatga ega. M asalan, 1-sinfda qish fasli haqida «Atrofimiz-
dagi olam», « 0 ‘qish», «Ona tili» darsliklarida turli xildagi, ammo
mohiyati va m a’lum ot berish darajasi bir xil bo ‘lgan m atnlar
o ‘rniga faqat « 0 ‘qish» kitobining o ‘zida qishning barcha xusu-
siyatlarini ochib bera oladigan badiiy matn va rasmlarni berish
maqsadga muvofiqdir. Buning afzalligi shundaki, o ‘quvchining
vaqti va kuchi tejaladi, darsliklarning hajmi ixchamlashadi va
tannarxi arzonlashadi.
3. Modullashgan integratsiya, bunday integratsiya doirasida
turdosh o ‘quv fanlariga oid bilim va tushunchalar bir tizimga
solingan holda, uzviy tarzda o ‘quvchilarga taqdim etiladi. C hu
nonchi, aniq fanlar blokida «M atematika», «Algebra», «Geo-
metriya» va «Chizmachilik»ka oid bilim va tushunchalar muay-
yan bir tizimga solinadi va ayni bir mavzu mazkur tizim doirasida
o ‘quvchiga bir marta, ammo uzviy tarzda taqdim etiladi.
4. Integrativ dasturlar, ushbu turdagi dasturlar bir necha o ‘quv
predmeti yoki o ‘quv fanlariga oid mavzularni uyg‘unlashgan holda
taqdim etishni nazarda tutadi. Bugungi kunga kelib, o ‘quv rejasida
o ‘quv predm etlarining soni m aksim um ko ‘payib ketganligini
hisobga oladigan bo‘lsak, bunday turdagi dasturlar yaratishga kuchli
ehtiyoj sezilmoqda. Dastur va darsliklarni o ‘rganish, tahlil qilish
natijalari shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinflardagi yo‘l harakati
49
qoidalari, odobnoma, konstitutsiya saboqlari, salomatlik darslik-
lariga oid tushunchalarni yagona holda «Ona ti 1 i», « 0 ‘qish»
dasturlariga uyg'unlashtirish lozim. Bunday tadbirni amalga oshi-
rish ayni bir vaqtning o ‘zida ham pedagogik, ham iqtisodiy nuq-
tayi nazaridan samaralidir.
5.
Mavzulararo integratsiya, bunda ayni bir kurs doirasida
beriladigan o ‘quv materiallari boshqa bir kurs doirasidagi mo-
hiyatan yaqin bo'lgan o Lquv materiallari bilan uyg4mlashtiriladi.
M asalan, m atem atik muloqot madaniyatini shakllantirishga oid
mashqlarni «Ona tiIi» darsliklarida iqtisodiy bilim va ko'nikm a-
larini rivojlantirishga yo'naltirilgan masalalar, m ashqlar va m atn-
larni «Matematika» va «Ona tili», « 0 ‘qish» darsliklarida berish
mumkin.
T a’limda integratsiyani amalga oshirish ham iqtisodiy jihat-
dan, ham pedagogik, gigiyenik va fiziologik jihatdan muhim aha-
miyatga ega. Masalan, «Atrofimizdagi olam» hamda «Odobnoma»
kabi o'quv predmetlarini «O'qish» va «Ona tili» mazmuni bilan
uyg'unlashtirish natijasida faqatgina 1-sinfda 63 soat iqtisod qi-
linadi. Shuningdek, o'quvchini vaqti va kuchi tejaladi, ortiqcha
zo'riqishning oldi olinadi. O'quv-bilish jarayonining samaradorlik
darajasi ortadi.
Dasturda o'quv fani mazmunining maksimum darajasi hamda
sinfma-sinf belgilab berilgan DTS asosida o ‘quvchining bilim hamda
tayyorgarlik darajasiga qo bydadigan minimum talablar o ‘z ifoda-
sini topm og‘i lozim. Shu nuqtayi nazardan qaraganda 5—9-sinf
o ‘quv dasturlari ham jiddiy islohotga muhtoj.
Amalga oshirilishi ko'zda tutilayotgan integratsiya darajasi
ayni bir o'quv fani mazmunida chuqur, har tomonlama aloqadan
boshlanib, o bquv fanlararo bog‘lanish, uyg‘unlashtirish darajasida
ta ’minlanishi kerak.
1. Ona tili va o‘qish o'quv fanlari mazmunida umumiy kom-
ponentlar, nutq o'stirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni,
axloq va nafosat, muloqot madaniyati m e'yorlarini, tabiat, ja-
miyatga oid tushunchalarni matnlar, she’rlar maqollar, mashqlar,
hikoyalar orqali yetkazish nazarida tutilganda «Odobnoma», «At
rofimizdagi olam», «Iqtisodiy bilim asoslari», «Konstitutsiya sa
boqlari» kabi darslik va o ‘quv q o ‘llanmalarga ehtiyoj qolmaydi.
2. 5—9-sinfIarda ham «Ona tili», «Adabiyot», va huquq asoslari» kabi o bquv fanlari mazmuniga Vatan tuyg‘usi,
milliy istiqlol g‘oyasi va m a’naviyat asoslari, Konstitutsiya saboq-
50
lari, hadis ilmi saboqlari kabilarni uyg‘unlashtirish, qulaylash-
tirish nuqtayi nazardan samaralidir. 5—9-sinflarda o ‘quv fanla-
rini integratsiyalash natijasida o ‘quv rejasiga quyidagi ijtimoiy-
gumanitar fanlarni kiritish mumkin: «Ona tili», «Adabiyot», «Ta-
rix», «Davlat huquq asoslari», aniq fanlar «Matematika», «Infor-
matika». Tabiiy fanlar — «Fizika», «Kimyo», «Biologiya», «Geo-
grafiya» va h.k. Bunda birinchi navbatda o ‘quv materiallarini
mazmun jihatdan boy va ko‘p ta'm inlash muhim ahamiyatga ega.
Bunday maqsadga erishish uchun ta ’lim mazmunida o‘quv fan-
larini integratsiyalashning ilmiy va pedagogik asoslarini ishlab
chiqish; ta ’lim jarayonini liberallashtirish talablaridan kelib chiq-
qan holda o ‘quv rejasini takom illashtirish; integral m azm un-
dagi o ‘quv dasturlari va dasturlarining yangi avlodini yaratish;
ta ’lim mazmuni integratsiyasini ishlab chiqish va qabul qilish
maqsadga muvofiqdir.
Integratsiyaning u yoki bu darajasini ta ’lim jarayonida qo‘llash
natijasida o ’quvchining vaqti va kuchi tejaladi, uning bilish im-
koniyatlari kengayadi. Ota-onalarning hamda davlatning o ’qish
jarayoniga sarflaydigan mablag’ini iqtisod qilish imkoniyati vu-
judga keladi; mavzulararo integratsiya asosida o ‘quv-bilish jarayoni
natijalarini istiqbolli qilish mexanizmlari yaratiladi; integratsiya-
lashtirilgan ta ’lim jarayonini boshqaradigan o ‘qituvchilarini tay-
yorlash va malakasini oshirishni yo‘lga qo’yish uchun huquqiy
metodik imkoniyatlar yaratiladi; integral dasturlar asosida o ‘quv-
biluv jarayonining iqtisodiy jihatdan samaradorlik darajasi aniq-
lanadi; o ‘quv-biluv jarayonini integral dasturlar asosida tashkil
etish sohasidagi xalqaro tajribalardan keng foydalanish uchun
qulay imkoniyatlar tug'iladi.
|