(T. G. Raizayeva, G. N. Akvileva, D. I. Troytap, G. V. Baltukova,
N. Y. Velenkin, N. M. D rujnina, T. S. N azarova, I. K. Blinova,
R. G. Matushova.)
Boshlang‘ich maktab fanlarining integratsion aloqalari kam
ishlab chiqilgan b o ‘lib, qarama-qarshi ifodalangan. Bu aloqalar-
ning mohiyati haqida olimlar orasida qarama-qarshiliklar ko‘p.
Integratsiya atama va uslubiy nuqtayi nazardan hodisa sifatida
nima ekanligini ko‘rib chiqaylik.
Intergratsiya lotincha
integratio —
tiklash, to ‘ldirish,
integer —
butun so‘zidan kelib chiqqan. Bu borada ikki tushunchaga egamiz:
1. Tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va va-
zifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga
olib boruvchi jarayon.
2. Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayot-
gan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni.
Differensiatsiya fransuzcha