Integratsiyalashgan pedagogikasi




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/80
Sana22.07.2024
Hajmi4,78 Mb.
#268210
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80
Bog'liq
2023-12-18-05-35-26 d6ae6932e488a8db75855cbac7f9a96e

diffe'rentiofion,
lotincha 
differen­
tia —
farq, har xillik, ya’ni butunni bo ‘laklarga bo ‘lish, ajratish. 
T a ’lim mazm unini integratsiyalash — dunyo a n ’anasi (g‘oya, 
fikr, intilish). Integrativ yondashish turli darajadagi tizimli alo- 
qalarning obyektiv yaxlitligini aks ettiradi (tabiat—jamiyat—inson). 
Integratsiya ilgari b o iin g an qismlarni bir butunga birlashtirish 
bilan bog‘liq. U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik 
darajasini oshirishga olib keladi.
Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog‘liqlik hajmi oshadi 
va tartibga tushadi, shu tizim qismlarning ishlashi va o ‘rganish 
obyektining yaxlitligi tartibga solinadi. Bu umumiy qoidalarni 
qanday qilib maktab ta ’limida qo‘llash mumkin? Zamonaviy di- 
daktik va metodikada ta’kidlanishicha, o ‘quvchilami o'qitish, rivoj- 
lanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularda dunyo birligi ha­
qida tushunchaning shakllanganligi, o ‘z faoliyatlarini umumiy 
tabiat qonunlari asosida yo‘lga solish zaruriyatini tushunishlari, 
tabiatshunoslik kursida fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarni yecha 
olishlari bilan bog‘liq. T a’limdagi integratsiya o ‘quv fanlari mazm u­
nini konstruksiyalashga tizimli yondashish orqali ko‘rib chiqiladi.
Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi: boshlang‘ich, tabiat 
haqidagi elem en tlar bilim larni birlashtirish; 
oraliq
— fanlar 
b o iim larin i b o ‘lish integratsiyasi; 
yakuniy
— tabiatshunoslikni 
o ‘rganish bilan bog‘liq bo ‘lgan ta ’limning oxirgi bosqichi integ­
ratsiyasi. Shu bilan birga, tabiiy-ilmiy ta ’limini to ‘liqroq va keng- 
roq integratsiyalash imkoniyati ham inkor etilmaydi.
15


M aktab ta ’lim ini integratsiyalash jarayonining psixologak 
asosi sifatida olim Y.A. Samarinning assotsiativ tafakkur to ‘g‘- 
risidaga fikrlari olinishi mumkin. Bu fikrlarning mazmuni shun- 
daki, har qanday bilim bu o ‘xshatish, bilimlar tizimi esa o ‘x- 
shatishlar tizim idir. Y.A. Sam arin o ‘xshatishlarning quyidagi 
turlarini ajratadi:
• lokal (mahalliy, m a’lum bir joy, narsa bilan chegaralangan);
• biror tizimga tegishli bo ‘lgan;
• tizim ichidagi;
• tizimlar orasidagi;
• aqliy faoliyat darajalarini o ’xshatishlarining mos keladigan 
darajasiga birlashtirish xususiyatiga qarab tasniflaydi.
Tabiat yoki predmet haqidagi eng oddiy bilimlarni hosil qi- 
luvchi bog'liqlikning eng soddasi m a’lum bir joy yoki tushuncha 
bilan chegaralangan lokal tasavvurdir. Bu bog‘liqlik boshqa bi- 
lim lardan nisbatan ajralgan, shuning uchun eng oddiy aqliy 
faoliyatni ta'm inlaydi. Bu kichik maktab yoshiga xos. Biron bir 
tizimga tegishli bo’lgan tasavvurlar eng sodda tizimli tasavvur- 
lardir. Ular biron bir mavzu, predmet yoki hodisani o ‘rganishi 
asosida hosil bo‘ladi. Biron bir predm etni bilish yangi dalil va 
tushunchalarning tanlanishi ularni bir bilim lar bilan taqqosla- 
nishi orqali amalga oshiriladi. Bilimlarning eng oddiy um um - 
lashtirilishi sodir bo’ladi, lekin olingan bilim ham m a unga yaqin 
bo ‘lgan bilimlar bilan bog‘lansa ayni muddao bo ‘lar edi.
Bunda o ‘quvchilarning tahlil qilish va umumlashtirish faoliyat- 
lari vujudga keladi. Tizim ichidagi tasavvurlar o ‘quvchilarning butun 
bir fanlar tizimining bilishini ta ’minlaydi (fizikaviy, kimyoviy, 
biologik, bilimlar tizimi), o ‘rganilayotgan fan doirasida bilimlar- 
dan keng foydalanish kuzatiladi. Tizim ichidagi tasavvurlar, vaqt, 
muhit, son bogianishlarni aks ettiradi. Predmetlararo tasavvurlar 
aqliy faoliyatning eng yuqori pog'onasi hisoblanadi. Ular bilim­
larning turli tizimlarini birlashtiradi, hodisa yoki jarayonning xilma- 
xilligini bilishiga imkoniyat beradi. Shu bilimlar asosida umumiy 
tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo tasawurlarning shaklla- 
nishi, ularni bilimlardan foydalanishga, ularni bir-biriga bo’ysun- 
dirishga, bilimlar chegarasidagi bo‘shliqlikni aniqlashga imkon beradi.
Bayon qilingan psixologik dalillar boshlang‘ich, to ‘liqsiz o ‘rta 
va o ‘rta maktab ta ’limini integratsiyalashning asosiy xususiyatla- 
rini aniqlash mumkin. S.P. Baranov, L.R. Bolotin, V.A. Slaste-
16


ninning «Pedagogika» kitobida darslarda q o ‘llaniladigan fan- 
lararo bog‘lanish ko‘rsatiladi, lekin integratsiyalashgan ta ’lim 
muammolari aks etmagan.
«Boshlang‘ich ta ’lim» jurnallarida maktab ta ’limini integ- 
ratsiyalash muammosiga katta ahamiyat beriladi. L. N. Baxareva 
o ‘zining «Boshlang‘ich maktab o ‘quv mashg‘ulotlarini o ‘lkashu- 
noslik asosida integratsiyalash» maqolasida «Integratsiya — diffe- 
rensiya jarayonlari bilan birgalikda amalga oshirayotgan fanlarni 
yaqinlashtirish va bog‘lash jarayoni bo'lib, yangi, butun, yaxlit 
b o ‘limlar yaratishga yordam beruvchi, fanlararo aloqalarni amalga 
oshiruvchi yuqori ko’rinishdir», deb ta ’kidlaydi.
0 ‘quv predmetlari orasida integratsiya predm etlar tizimini 
inkor etmaydi va integratsiya tizimini takomillashtirish, kamchi- 
liklarini bartaraf etish yo‘li bo ‘lib, predmetlar orasidagi aloqalar 
va bog‘liqliklarni chuqurlashtirishga qaratilgan bunday yonda- 
shuv — dififerensiya va integratsiya orasidagi munosabatlarni tu- 
shunishga tayanadi.
Pedagogikaning maqsadi bir xil maqsad vazifalarga ega b o ‘l- 
gan turli fanlarning element va qismlarini bir butunga birlashti- 
rishga yo‘naltirilgan integratsiyani amalga oshirishda o‘qituvchi- 
larga yordam berishdir. Ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, 
boshlang‘ich sinf o ‘qituvchilari, keyinchalik esa bitiruvchilar u 
yoki bu fanlarni o ‘rganib, shu bilim, ko‘nikmalarni boshqa fan­
larni o ‘rganishda qo ‘llashga qiynalib, ularga mustaqil fikrlash, 
olingan bilimlarga o ‘xshash yoki yangi vaziyatlarga ko‘chira bilish 
ko‘nikmalari yetishmayapti.
Bularning hammasi boshlang‘ich sinflardagi turli fanlar bo ‘- 
yicha m ashg‘ulotlarning o ‘zaro kelishmovchiligi tufayli sodir 
bo ‘lmoqda. Bu holatda integratsiya bir predm et b o ‘yicha bilim- 
larni ikkinchisiga ko‘chirish va faoliyatning almashinishi emas, 
balki zamonaviy fanlar integratsiyasi yo‘nalishlarini aks ettiruvchi 
yangi didaktik ekvivalent (mos bo‘lgan, o ‘xshash, keng keladigan 
narsa)larni yaratish jarayonidir. Psixolog E.N. Kabanova-Miller- 
ning fikricha, « 0 ‘qituvchiga hali uchramagan vazifa asosida bilim 
ko‘nikma va qobiliyatlarni m ustaqil ko‘chirilishi aqliy rivoj- 
lanishning muhim ko‘rsatkichidir». U o ‘zining «Boshlang‘ich sinf- 
larda ta ’limni integratsiyalash tajribasi» ishida maktab ta ’limini 
integratsiyalashning muhimligiga e ’tiborini qaratsa, L.P. Elkanin 
integratsiya darsini samarali qilish vositasi, predmetlar aloqala- 
rini yangi pog‘onalarga ko‘tarish shakli, deb hisoblaydi.
17


Integratsiya — o ‘qituvchilarning turli fanlar bo‘yicha kuza- 
tishlari va xulosalarini tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi 
yangi dalillarni topib berish manbayidir. Ular faoliyatning turli 
shakllarini almashib turishi orqali o ‘quvchilar charchashi va asa- 
biylashishini oldini oladi.

Download 4,78 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish