BOSHLANG4CH MAKTABNI INTEGRATSIYA QILISH




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/80
Sana22.07.2024
Hajmi4,78 Mb.
#268210
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
Bog'liq
2023-12-18-05-35-26 d6ae6932e488a8db75855cbac7f9a96e

5. BOSHLANG4CH MAKTABNI INTEGRATSIYA QILISH
Hozirgi kunda boshlang‘ich m aktab ta ’limini integratsiya 
qilish haqida ko‘p gapirilayapti. Bu tushunarli — kichik maktab 
o ‘quvchisi atrofidagi olamni bir butunligicha qabul qiladi. Uning 
uchun tabiatshunoslik, rus tili, musiqa va boshqa o ‘quv fanlari 
nomi emas, balki atrofidagi olam obyektlarining tovushlar, ranglar, 
hajm larning turli-tum anligi qiziqarlidir. Bolalarning tabiat va 
kundalik hayotdagi barcha narsalarning bog‘liqligini ko‘rishga 
o'rgatish kerakligini o ‘qituvchi sezadi, biladi. Shunday ekan ta ’lim 
integratsiyasi hozirgi zamon talabiga javob beradimi? Bu masala 
qanday yechilishi kerak, uning mohiyati nimada?
T a’limni integratsiyalash fikri xalq ta ’lim ida tabaqalashti- 
rish va individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshlandi. 
Agar kichik maktab ta ’limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik 
va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik da- 
rajasi hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni faol shakllanti- 
rishni taqozo etsa, integratsiyaning asosi qilib, turli fanlarni o ‘r- 
ganish obyektlari bo‘lgan ba’zi umumiy tushunchalarni chuqur- 
lashtirish, aniqlashtirish va kengaytirish mumkin.
T a’limni integratsiyalashning asosiy maqsadi — boshlang‘ich 
maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini 
q o ‘yishi va ularning rivojlanishi qonunlariga o ‘z munosabatini 
shakllantirishdir. Mana shuning uchun kichik maktab o'quvchisi 
predmet yoki voqealik hodisalarning bir necha tom ondan ko‘- 
rish muhimdir: mantiqiy va emotsional tom ondan, badiiy asarda 
va ilmiy ommabop maqolada, biolog, so‘z ustasi, rassom, mu- 
siqachi nuqtayi nazardan va boshqalar.
Asosiy fanlarni o ‘zlashtirish va olamdagi bor narsalar qo- 
nuniyatlarini tushunishda predm etlar ichidagi va predmetlararo 
aloqalarini o ‘rnatish ta ’limni integratsiyalashga yondashuvning 
metodik asosidir. Bunga turli darslar tushunchalariga ko‘p marta 
qaytish, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli 
bo‘lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday 
qilib, yaxshi shakllangan tuzilish va o ‘tkazish tartibiga ega bo‘lgan, 
tarkibiga shu o ‘quv predmetiga tegishli bo‘lgan tushunchalar guruhi 
kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.
Lekin integratsiyalangan darsga boshqa fanlar, boshqa o ‘quv 
predmetlari bilan bog‘liq tushunchalar tahlil qilinishining natija- 
lari kiritiladi. Masalan, «qish», «sovuq», «bo‘ron», kabi tushun-
24


chalar o ‘qish, rus tili, tabiatshunoslik musiqa, tasviriy san’at dars- 
larida ko‘rib chiqiladi. Tushunchalarning tahlil qilinishi boshqa 
o ‘quv darslarida o ‘zlashtirilgan bilimlarga m urojaat qilinadigan 
darslar integratsiyalangan hisoblanadi. Dars ijodiy, erkin b o ‘lishi 
bilan birga, yaxlit, m antiqan ketm a-ket, o ‘ziga xos o'tish m eto- 
dikasiga ega bo ‘ladi.
Um um iy ta ’lim ning poydevorini q o ‘yadigan boshlang‘ich 
maktabdagi ko‘p tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa, 
tasviriy san'at va boshqalar uchun umumiydir. Hozirgi kunda bir 
qator o ‘quv predm etlari uchun umumiy b o ‘lgan tushunchalar 
orasidagi aloqalarni o ‘rnatish psixologik va metodik asos bo‘lgan 
integratsiyalangan darslar tizim ini ishlab chiqish va sinovdan 
o ‘tkazish lozim. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tar- 
kibi darajasida o‘rgatilishi va zarur o ‘qitish vositalari bilan ta ’min- 
lanishi kerak.
Tekshirish davomida o ‘quv predmetlarini integratsiyalash jarayo- 
nida faol aqliy faoliyatga yordam beruvchi omillar — integratsiya­
lash uchun fanlarning m a’qul birlashishi, o ‘qituvchi va o ‘quvchi 
harakatlarining mos kelishi, bolalarning yosh imkoniyatlarini hi- 
sobga olgan holda mazmun, metod, usullarni tanlashdan iborat.

Download 4,78 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish