INTEGRATSIYALANGAN DARSLARNING




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/80
Sana22.07.2024
Hajmi4,78 Mb.
#268210
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80
Bog'liq
2023-12-18-05-35-26 d6ae6932e488a8db75855cbac7f9a96e

6. INTEGRATSIYALANGAN DARSLARNING
SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILLARI
Avvalo, qaysi darslar integratsiyalash uchun mos kelishini aniq- 
lab olish kerak. Bunday darslarning negizi — turli fanlar asosiy 
mavzulari mazmunining yaqinligi va mantiqiy aloqalari.
Integratsiyalangan darslar.
Boshdan integratsiyalangan kurs 
bu — sinfdan tashqari o ‘qish. Bu yerda yaxlit jarayon kechadi:
a) kitob o ‘qish asbobi sifatida o ‘qish darslarida olgan o ‘qish 
ko‘nikmalarini takomillashtirish;
b) matn ustida ishlash;
d) suhbatdoshlar doirasini tanlash kabi kitoblarni tanlash.
M atematika ham integratsiyalangan kurs — arifmetik m ate­
r ia ls o ‘zlashtirishga imkon beruvchi arifmetika, algebra va geo- 
metriya elem entlari, shu bilan birga algebra va geometriya, m eh- 
nat ta'lim i asoslarini o'rgatishga tayyorgarlik. Boshidan integ­
ratsiyalangan kurs — tabiatshunoslik (tabiatshunoslik asoslari, 
geografiya). Boshidan integratsiyalangan yuqoridagi kurslardan 
tashqari quyidagi fanlarning birikishi m umkin: o ‘qish-rus tili,
25


o ’qish-tabiatshunoslik, o ’qish-tasviriy san’at, o ’qish-musiqa, ta- 
biatshunoslik-m atem atika, tabiatshunoslik-m ehnat ta ’limi, ma- 
tem atika-m ehnat ta ’limi, matematika-jismoniy tarbiya.
Didaktik tizimda predm etlararo asosda integratsiyalash o ‘qi- 
tuvchi (ta’lim berish) va o ’quvchi (ta’lim olish) harakatlarining 
mos kelishini ko‘zda tutadi. Наг ikki faoliyat ham umumiy tuzi- 
lishga ega: maqsadlar, sabablar, mazmun, vositalar, natijalar, nazorat. 
Biroq, o ’qituvchi va o ’quvchi faoliyatlarining mazmunida farq bor.
1 . 
Maqsadli bosqichda o ’qituvchi umumiy maqsadni qo’yadi. 
0 ‘quvchilar o ‘qituvchi boshchiligida predmetlararo bog‘liqliklarni 
tushunib yetishlari, turli predmetlardan kerakli bilimlarni tanlab 
olishlari, bunda ular o ‘z e ’tiborlarini faqat umumiy bilimlarni 
o ‘zlashtirishga emas, balki ko‘chirish, tahlil qilish, shaxsning belgi- 
lari, qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirishga qaratishlari kerak.
2. Isbotlash bosqichida o ‘qituvchi o ’quvchilarning dunyoqa- 
rashini o ’stiruvchi bilimlarga, turli predm etlar tushunchalarini 
um um lashtirishga rag’batlantiradi. 0 ‘quvchilar o ‘z irodalari, 
dunyoqarashni kengaytiruvchi bilimlarga qiziqishga yo‘naltiriladi.
3. Faoliyatning mazmun bosqichida o ‘qituvchi yangi o ‘quv ma- 
terialini kiritadi, shu bilan birga integratsion dalillar, tushunchalar, 
m uam m olar majmuyi darajasidagi boshqa predmetlardan olingan 
tayanch bilimlarni jalb qiladi. 0 ‘quvchilar umumpredmetli tu- 
shuncha, muammolarni umumiy bilimlar darajasida o ’zlashtiradi.
4. Vositalar tanlash bosqichida o'qituvchi turli predm etlar bi- 
limlarini umumlashtirishga yordam beruvchi ko’rgazmali vosita- 
larni — darsliklar, jadvallar, sxemalar savolnomalar, amaliy va- 
zifalar. 0 ‘quvchilar ko‘chirish, umumlashtirish, biriktirish xarak- 
terlarini integratsion masalalarni hal qilishda ko'rgazmali vosi­
talar yordamida bajaradilar.
5. Keyingi bosqich — natija. 0 ‘qituvchi ta ’lim berish, rivojlan- 
tirish, tarbiyalash maqsadida integratsiyani amalga oshirish uchun 
pedagogik bilimlarni qo’llaydi. O ’qituvchi bilimlar tizimida umum- 
lashtirishini amalda qo’llaydi.
6. Nazorat qilish bosqichida o ’qituvchi bir-biri bilan bogdan- 
gan predmetlarga o ’quvchilaming tayyorligini baholaydi, nazorat 
qiladi, o ’zlashtirish sifatida baholaydi. 0 ‘quvchilar o ‘z bilimlarini 
baholashni, turli predm etlar bo‘yicha o ‘z-o ‘zini ham, ularni bir- 
lashtirish ko‘nikmalarini nazorat qilishadi.
Tekshiruvlar ko’rsatishicha, integral yondashuvni amalga oshi- 
rishga yordam beruvchi usul va vositalarga:
26


1. Evristik suhbatlar;
2. Umumiy suhbatlar;
3. Ekskursiyalar;
4. O na tili, tabiatshunoslik darslarida kuzatishlar, badiiy 
asarlar m ateriallari asosida nutq o ‘stirish uchun yozilgan ijodiy 
ishlar;
5 . T a’limning ko‘rgazmali metodlari;
6. Mustaqil ishlar;
7. 0 ‘qish, matematika darslarida og‘zaki rasm chizish;
8. Imo-ishorali ko‘rinishlar (pantomimalar);
9 Tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini ifodali o ‘qish;
10. Ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar, matnlar 
yozish (shu sinfga tegishli orfogrammalarni takrorlagan holda);
11. 0 ‘lkashunoslik asosida matematik masalalarni hal qilish, 
yechish va boshqalar kiradi.
T a’limni tabaqalashtirish rad etilmaydigan, uni to’ldiradigan 
integratsiya tizimini kiritish yaxlit dunyoqarashga, o ‘zidagi bor 
bilimlarni mustaqil tartibga solish va turli muammolarni hal qi- 
lishga noan’anaviy yondashish qobiliyatiga ega bo'lgan bilimdon 
yoshlarni tarbiyalashga a n ’anaviy predmetlarga bo'lib o ‘qitishga 
nisbatan ko‘proq yordam beradi.
T a’limni integratsiya qilish mohiyati nimadan iborat? T a’limga 
bog‘liq «integratsiya» tushunchasi ikki m a’noga ega:
1 .0 ‘quvchida atrofidagi olam to ‘g‘risida yaxshi tasavvur hosil 
qilish (bu yerda integratsiya — ta ’lim maqsadi sifatida ko‘riladi).
2. 
Predmetli bilimlarni yaqinlashtirish uchun umumiy plat- 
formani topish (bu yerda, integratsiya — ta ’lim vositasi).
Integratsiya ta ’lim maqsadi sifatida olam tizimining alohida 
qismlari bog'liqligini ko‘rsatuvchi bilimlarni berishi emas, bolani 
barcha elementlari bir-biriga bog‘liq yaxlit olamni tasavvur qi- 
lishga birinchi qadamlarida o ‘rgatishi kerak. Bu maqsadni bosh- 
lang‘ich maktab amalga oshirishi lozim.
Integratsiya —
predmetli bilimlar chegarasida yangi tasaw ur- 
larni qabul qilish vositasi. Birinchi navbatda tabaqalashtirilgan 
bilimlar orasida bilmagan joylarni to ‘ldirish, ular orasidagi alo- 
qalarni o ‘rnatish lozim.
U ta ’lim oluvchining bilimini oshirishga, ta ’limdagi tor ixti- 
soslashtirishni yangilashga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga integ­
ratsiya ta ’limining klassik o ‘quv predmetlari o ‘rnini egallash kerak
27


emas, u faqat olinayotgan bilimlarni yaxlit bir tizimga birlashtirishi 
kerak, xolos. M uamm oning qiyin tomoni integratsiyaning ta ’lim 
boshidan oxirigacha dinam ik rivojlantirishdadir. Agar boshida 
«hamma narsa to ‘g'risida ozgina bilish» lozim bo ‘lgan bo ‘lsa, ke- 
yinchalik tarqoq bilim va ko‘nikmalarni birlashtirish kerak bo‘ladi 
va oxiriga kelib «ozgina narsa to ‘g‘risida hammasini bilish» kerak 
bodadi, ya’ni bu yangi integratsiya darajasidagi ixtisoslashtirishdir.

Download 4,78 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish