140
Yuqorida aytilganlardan ko’rinib
turibdiki, davlat sektorida kassa metodiga
asoslangan buxgalteriya hisobi yuritilganda sodir bo’lgan hodisalar bo’yicha pul
mablag’larining kelib tushishi yoki pul mablag’larining to’lanishi
paytida tan olinsa,
davlat sektorida hisoblash metodiga asoslangan buxgalteriya hisobi yuritilganda esa
sodir bo’lgan hodisalar aktivlarning qiymati va majburiyatlarning
summasi paydo
bo’lgan yoki ularning iqtisodiy qiymati o’zgargan paytda tan olinadi.
Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining hisoblash metodida aktivlarning
sof qiymatini ko’paytiruvchi hodisalar daromadlar deb,
aktivlarning sof qiymatini
kamaytiruvchi hodisalar esa xarajatlar deb tan olinadi.
Davlat boshqaruv sektorining aktivlari sof qiymati hamda ular faoliyatining
natijalari bo’lib davlat boshqaruv sektorining aktivlari qiymati
bilan majburiyatlari
summasi o’rtasidagi farq hisoblanadi.
Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobi metodlarining o’ziga xos jihatlari
haqida qisqacha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining hisoblash
(H)
metodida
operatsiyalar va barcha hodisalar (daromadlar, xarajatlar, majburiyatlar)
ular sodir
bo’lgan paytda (pul mablag’lari harakatiga bog’liq bo’lmagan holda ) tan olinadi.
Hisoblash usulining afzalliklari va kamchiliklari quyidagi rasmlar orqali
ifodalangan.