|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»
|
bet | 61/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаMochevinaning parchalanishi
Mochevina CO(NH2)2 - bu ko‘mir kislotasining diamidi. Odam siydigida 2,4 foiz mochevina bo‘ladi va bir sutkada siydik bilan u 30 gr atrofida ajraladi.
Yer yuzidagi aholi va hayvonot dunyosi bir yilda ko‘p millionlab tonna mochevina ajratadi, buning 50 foiz ni esa o‘simlik va hayvonlar uchun zarur bo‘lgan azot tashkil qiladi. Ammo o‘simliklar ham, hayvonlar ham azotni mochevina holida singdirmaydi. Agar maxsus aerob bakteriya - urobakteriyalar ta’sirida u parchalanmaganda, tabiatda mochevina ko‘p miqdorda to‘planib qolgan bo‘lar edi. Urobakteriyalar ureaza fermentini chiqarib, mochevinani karbonat angidrid va ammiakgacha parchalaydi.
Ammiak va uning tuzlari urobakteriyalar uchun azotli oziqadir. Urobakteriyalar o‘ta ishqorli muhitda rivojlanadi. Ammiak ishqorli muhit yaratgani uchun urobakteriyalar evolyusiya jarayonida shunday muhitda yashashga moslashgan. Ularning pH optimumi 8 ga teng, 7 dan kamrok pH-da urobakteriyalar butunlay o‘smaydi.
Ba’zi zamburug‘lar ham tashqi muhitga mochevina chiqaradi.
Nazorat savollari
Spirtli bijg‘ishning ximizmi va uni qo‘zg‘atuvchilarini keltiring?
Spirtli bijg‘ishda qanday qo‘shimcha mahsulotlar hosil bo‘ladi ?
Harorat, pH, shakar konsentratsiyasi, spirt miqdori, achitqilar turi va irqi spirtli bijg‘ishga qanday ta’sir etadi?
Spirtli bijg‘ish qaysi ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladi?
Sut kislotali bijg‘ishning ximizni va qo‘zg‘atuvchilarini ko‘rsating?
6. Oksidlovchi bijg‘ish nima?
7. Sirka kislotali bijg‘ishning ximizmi va qo‘zsatuvchilari?
8. Sirka kislotasini eski usulda, generatorlarda va «chuqurlikda» o‘stirish usullari bilan ishlab chiqish?
9. Sirka kislotali bijg‘ishning zararkunandalari?
|
| |