|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»
|
bet | 59/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаLimon kislotali bijg’ish
Mog‘or zamburug‘lari shakarni oksidlanib, limon kislotaga aylanishi limon kislotali bijg‘ish deb ataladi
CH3COOH +2C6H12O6 + ЗО2 = 2C(OH)COOH + 4H2O+CH3COOH
Limon kislota bir qator o‘rtadagi mahsulotlar orqali hosil bo‘ladi. Ilgari limon kislotasi limon va apelsin kabi sitrus mevalarning sharbatidan olinar edi. Hozirgi vaqtda esa, asosan, oksidlovchi bijg‘ish yo‘li bilan tayyorlanadi. Limon kislotali bijg‘ishni Aspergillus niger mog‘ori yordamida amalga oshiriladi.
Shirali mahsulot - melassa limon kislotasi ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Unda 15 foizga yaqin shakar va zamburug‘ uchun zarur ozuqa moddalar bor. Mog‘orni 6-8 kun davomida 300C o‘stiriladi. Limon kislota sarf qilingan shakarga nisbatan 50-60 foiz hosil bo‘ladi. Agar limon kislotasi o‘z vaqtida ajratib olinmasa, u soddaroq birikmalargacha - shavel, sirka kislotalari, karbonat angidrid va suvgacha oksidlanadi.
Limon kislota amalda keng qo‘llaniladi. Tibbiyotda, konditer va kulinariya mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar, siroplar va shu kabilar tayyorlashda limon kislotasidan foydalaniladi.
Kletchatka va yogochning aerob sharoitda parchalanishi
Bu jarayon turli mog‘or zamburug‘lari ta’sirida vujudga keladi. Ular saprofit yoki o‘simliklar paraziti bo‘lishi mumkin. Kletchatkani ko‘pchilik bakteriya va aktinomitsetlar ham parchalaydi.
Kletchatkaning aerob parchalanish jarayoni tabiatda keng tarqalgan. Bu jarayon natijasida o‘simliklar qoldiqlari minerallashib, tuproqda gumus hosil bo‘ladi.
Kletchatka parchalovchi - sellyulazalitik mikroorganizmlar paxtachilikda katta zarar keltiradi, chunki ular paxta tolasini dalada, saqlashda va qayta ishlashda parchalashlari mumkin.
Yog‘ochda 50-60 foiz kletchatka, 30 foiz lignin, 15 foiz gemitsellyuloza va bir oz mikdorda mo‘mli va boshqa moddalar mavjud. Quruq yog‘och uzoq vaqt yaxshi saqlanadi, namlangani esa mikroorganizmlar ta’sirida tez parchalanadi, ko‘pincha uni mog‘orlar chiritadi.
Yog‘ochning hamma komponentlari (tarkibiy qismlari) parchalanishi mumkin. Yog‘och mikroorganizmlar ta’sirida zararlansa u chirishi mumkin. Yog‘ochning parchalanishi halk xo‘jaligida katta zarar keltiradi.
Namlik va havo bor sharoitda yog‘och tez parchalanadi. Yog‘ochni parchalaydigan mog‘orlar 22-60 foiz namlikda yaxshi o‘sadi. Undan ko‘proq yoki kamroq namlikda mog‘orlar o‘smaydi.
|
| |