Kompozitsiya




Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/49
Sana23.05.2024
Hajmi11,95 Mb.
#251032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Kompozitsiya Siroch

 
 
 



KIRISH 
 
Fanni o‘rganishdan maqsad bo‘lg‘usi tasviriy san’at mutaxassislari tasviriy 
san’atning realistik maktab an’analarini o‘rganish hamda rivojlantirishda hozirgi 
zamon tasviriy san’atining yangi-yangi pog‘onalarini egallash, yaratilgan va 
yaratilayotgan badiiy asar ta’sirchanligini anglash, his etish va badiiy g‘oyasini 
oshirish, rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha nazariy bilimlarini 
shakllantirishdan iborat. Malakali tasviriy san’at o‘qituvchilarni tayyorlashda 
kompozitsiya fanining ahamiyati kattadir. Kompozitsiya fani tubdan qalamtasvir, 
rangtasvir bilan chambarchas uzviy bog‘liq. Bu fanlarni bir-biridan ajratishni hatto 
tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Naturadan chizish butun bosqich davomida, o‘quv 
jarayonining asosiy qismini tashkil etadi. 
“Kompozitsiya” fanini maqsadi - 60111200 “Tasviriy san’at va muhandislik 
grafikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalariga chuqur nazariy va amaliy bilim va 
malakalarga ega bo‘lishiga, pedagogik faoliyat jarayonida kompozitsiyaning 
tasviriy san'atga chambarchas bog‘liqligi, kompozitsiyani haqqoniy tasvirlashni 
o‘zlashtirish, qalamtasvir va rangtasvir mashg‘ulotlarini o‘tishda kompozitsiya 
qonuniyatlari, 
o‘ziga 
hosligi, 
naturmort, 
portret, 
plakatni 
tasvirlashda 
kompozitsiyaning ahamiyati va uning tasviriy faoliyatga o‘rgatish malaka va 
ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat. 
Oliy o‘quv yurtlarida kompozitsiya fani o‘qitilishi kelajak tasviriy san’at 
o‘qituvchilarini badiiy madaniyatini shakllantirishga qaratiladi. Chunki har bir 
talaba kelajakda qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar u ishdan tashqari vaqtlarida 
dam olishi, hordiq chiqarishi, ish vaqtda sarflangan quvvatini tiklashi kerak 
bo‘ladi. Bunga u yuksak saviyada ishlangan san’at asarlari bilan muzey, 
ko‘rgazmalar va boshqa joylarda tanishishi, ularni idrok etish, ulardan zavqlanish 
orqali erishadi.
Oliy o‘quv yurtlaridagi kompozitsiya fani bo‘lajak tasviriy san’at 
o‘qituvchilarini umumiy bilimlarini rivojlantirib nazariy hamda amaliy 
ko‘nikmalarni mustahkamlaydi. Sohaga oid terminalogik bilimlarini boyitishga 
imkon yaratadi. Tasviriy san’at tarixi darslarida ushbu imkoniyatlardan unumli 



foydalanish uchun birinchi navbatda fanning mazmunini qiziqarli tarzda tuzilishiga 
alohida e’tibor qaratish kerak. Bularni amalga oshirish uchun mavzularni 
yoritishda, o‘qitishning an’anaviy usullaridan voz kechib noan’anaviy usullarni, 
zamonaviy ilg’or innavatsion pedagogik texnalogiyalarni, ilmiy va amaliy 
tajribalar uslublarni qo’llashimizga to’g’ri keladi.
Kompozitsiya sanʼatning turli davlardagi va turli mamlakatlardagi rivojini 
oʻrganadi va tavsiflaydi, qaysidir sanʼat turi va janrning, yoki butun bir 
yoʻnalishning va rassomning ijodining evolyusiyasini tahlil qiladi. 
Sanʼat - bu izlanishdir, aniqrogʻi komil, yetuk shakl, ritm va koloritni 
borliqdan izlab, abadiylikka, yaʼni dunyoni va insonni bilishdir. Sanʼat oʻz ichiga 
hozirgacha o‘z yechimi topilmagan va goʻzallikning noyob va nafis taraflarini aks 
ettiruvchi tushuncha hisoblanadi. Sanʼat asarini yaratish jarayonini bu rassomning 
ichki dunyosi ochib berishdir. Tasviriy sanʼat qonunlarini asosi bu tabiat qonunidir. 
Biz ushbu qo‘llanmamiz orqali talabalarga mavzularni ya’na ham kengroq 
yoritishga harakat qildik. Ushbu o‘quv qo‘llanmadan talabalar, magistrlar bilan bir 
qatorda kelajak tasviriy san’at o‘qituvchilari ham foydalanishlari mumkin.




Download 11,95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish