-MAVZU: KOMPOZITSIYANING ASOSIY TUSHUNCHALARI




Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/49
Sana23.05.2024
Hajmi11,95 Mb.
#251032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Kompozitsiya Siroch

1-MAVZU: KOMPOZITSIYANING ASOSIY TUSHUNCHALARI. 
Reja: 
1.
Qalamtasvir va rangtasvir haqida tushunchalar.
 
2. 
Kompozitsion qurilish haqida tushunchalar.
 
3. 
Simmetriya va asimmetriya haqida tushunchalar. 
4. 
Kompozitsiyada ranglardan foydalanish tushunchasi.
 
5. 
Lessirovka tushunchasi haqida.
 
Tayanch so‘zlar: Kompozitsiya, qalamtasvir, rangtasvir, simmetriya,asimmetriya, 
lessirovka, ranglar munosabatlari, kolorit, perspektiva qonunlari, muvozanat
dinamika. 
Qalamtasvir va rangtasvir haqida tushunchalar. 
Kompozitsiya fanini 
o‘rganishni “Kompozitsiya” so‘zining lug‘aviy ma’nosini tushunchasidan boshlash 
lozim. Kompozitsiya so‘zi ko‘p sohalarda, jumladan musiqa, adabiyot
matematika, arxitektura va, albatda, tasviriy san’atda ham qo‘llaniladi. Buning 
sababi shundaki ushbu so‘z “compositio” lotin so‘zidan olingan bo‘lib, qo‘shish, 
uyg‘unlashtirish, tuzish, mutanosib qilish kabi keng ma'nolarini bildirishidadir.
 
Bastakor musiqani bastalashda turli ohanglarni ma’lum bir vaqt oralig‘iga 
joylashtirish orqali kuylarni tuzadi. Rassom esa ma’lum bir tekislikda badiiy 
vositalarni joylashtirish orqali kompozitsiyani tuzadi. Shunday ekan bastakor va 
rassomning asosiy farqi g‘oyalarni ifoda etish vositalarining turli ekanligidadir. 
Ushbu kitobda tasviriy san’atdagi kompozitsiya tushunchasi haqida so‘z yuritiladi. 
Eng sodda tasviriy vosita bo'lgan nuqtani ma'lum bir tekislikka 
joylashtirish jarayonida ham siz kompozitsiya qoidalariga murojaat qilasiz. 
Kompozitsiya 
qonuniyatlari 
ong 
ostidagi 
idrok 
etish 
qonuniyatlariga 
asoslangandir.
1
 
Shunday ekan insonlar badiiy ta’limga ega bo'lmagan taqdirda ham 
bir narsani go'zal, ikkinchisini esa xunuk deb hisoblay oladi. Har bir inson ma’lum 
bir jamiyatda shakllanar ekan, shu jamiyatning estetik mezonlarini o‘zida 
mujassam etadi. To'g'ri tashkil etilgan badiiy ta’lim esa insonni shu qobiqdan 
1
Композиция картины: Теория и упражнения / Евгений Стасенко.: Издательские решения, 
2018. - 66 с. 



chiqarib, yangi pog‘onadagi estetik didni shakllantiradi. Ushbu birgina so‘z ostida 
rassomni belgilab beruvchi jarayon yotadi. Kompozitsiya atamasiga ko'p tariflar 
berilgan. 
Kompozitsiya - tarkibi va xarakteriga bog‘langan tasviriy asarning 
qurilmasi. Asarni yaxlit va butun qiluvchi badiiy shaklning eng asosiy elementi bu 
komponentlarning bir biriga bo‘ysunishidir.
2
Kompozitsiya – qo‘shish, qismlarni bir butun qilib bog‘lash, tomonlar va 
yuzaning mutonosibligidir.
3
 
Kompozisiya qonuniyatlarini bilish orqali biz tomoshabinning diqqatini 
tasvirning u yoki bu qismlariga qaratish bilan ma’lum bir kayfiyat yaratamiz.
4
Shu 
bilan 
bir 
qatorda 
ayrim 
hollarda 
ijodiy 
yangilik 
ustida 
izlanishda 
kompozitsiyaning ayrim “qonun”larini rad etishga to‘g'ri kelishi mumkin. 
Kompozitsiya ustida ishlashni to‘g‘ri bosqichlarda tashkil qilish lozim. Bu 
bosqichlarni shartli ravishda beshtaga ajratish mumkin. 
Kompozitsiya so‘zi lotinchadan “
kompositio
” yani, predmetlarini bo‘laklarini 
solishtirib, ma’lum tartibda yaxlit joylashtirish, g‘oyaga muvofiq ijod qilish, bayon 
qilish, kompozitsiya tuzish demakdir.
Kompozitsiya - tarkibi va xarakteriga bog‘langan tasviriy asarning 
qurilmasi. Asarni yaxlit va butun qiluvchi badiiy shaklning eng asosiy elementi bu 
komponentlaming bir biriga bo‘ysunishidir
.
5
Kompozitsiya – qo‘shish, qismlarni bir butun qilib bog‘lash, tomonlar va 
yuzaning mutonosibligidir.
6

Download 11,95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MAVZU: KOMPOZITSIYANING ASOSIY TUSHUNCHALARI

Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish