8
Kompozisiya qonuniyatlarini bilish orqali biz
tomoshabinning diqqatini
tasvirning u yoki bu qismlariga qaratish bilan ma’lum bir kayfiyat yaratamiz.
7
Shu
bilan
bir
qatorda
ayrim
hollarda
ijodiy
yangilik
ustida
izlanishda
kompozitsiyaning ayrim “qonun”larini rad etishga to‘g'ri kelishi mumkin.
Kompozitsiya ustida ishlashni to‘g‘ri bosqichlarda tashkil qilish lozim. Bu
bosqichlarni shartli ravishda beshtaga ajratish mumkin
8
.
N.N. Volkovning fikriga ko‘ra, ushbu masalalarning yanada to‘liq ta’rifi
quyidagicha bo‘ladi: “Tasviriy san’at asarining kompozitsiyasi - bu tasviriy san’at
asarining asosiy badiiy shakli bo‘lib, boshqa barcha
shakllarni birlashtiradi, bir
butun sifatida mustahkam, tabiiy ravishda o‘zaro bog‘liq va o‘zaro bog‘liqlik bilan
tavsiflanadi. hech narsani ko‘chirish yoki o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan, undan
hech narsani olib tashlab bo‘lmaydigan va badiiy obrazga zarar etkazmasdan hech
narsa qo‘shib bo‘lmaydigan butun qismlar (elementlar) ma’no (g‘oya) bilan
ajralmas birlashgan yaxlitlikdir, mazmuni) asar”
9
.
Qalamtasvir barcha tasviriy san’at turlarining asosi,
negizi desak xato
bo‘lmaydi. O‘quv - mashq vazifalarni puxta, ifodali qilib tasvirlay olish akademik
rasm qonun-qoidalarini atroflicha ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‘rganishni
taqozo etadi. Ular ish faoliyatini sifatli tashkil etilishiga ham ko‘p
tomondan
bog‘likdir. Bundan tashqari chizishda ishlatiladigan asbob-anjomlar sifatli, talabga
javob beradigan bo‘lishi kerak.
Rassom, hunarmand, haykaltarosh, dizayner hamda
san’atga aloqador kasb egalarining barchasi ijodiy asar yaratishida qalamtasvir,
qoralamalar, qalamchizg‘ida bajarilgan eskizlarga asoslanadi.
Misol uchun har
qanday rassom, biron-bir asar kompozitsiyalari ustidagi izlanishlarini avvalom bor
qalam bilan qalamchizg‘i va qoralama eskizlardan boshlaydi. Tasviriy san’at
asarlarini yaratishda, albatta, ushbu bajarilgan qalamchizg‘ilar
rassom uchun
asosiy manbaalar bo‘lib xizmat qiladi.
7