Bu o‘tilayotgan mavzu bo‘yicha qo‘yilgan savol yoki yechimini kutayotgan
dolzarb masala bo‘lishi mumkin. Tanlangan muammoni hal etishda muhim
bo‘lgan mavzu va malumotlar o‘qituvchi tomonidan yoritiladi. Tahlil asosida
qaror qabul qilib, maqsad qo‘yiladi; loyiha ishlab chiqiladi va qanday natijaga
erishilishi belgilanadi. (Loyihani amalga oshirish uchun tuzilgan reja aniq bo‘lishi,
haddan tashqari murakkab bo‘lmasligi kerak).
2 -bosqich. Rejalashtirish . Maqsadni aniqlagach,
loyihaning mazmuni
belgilanadi. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. Guruh azolari o‘z
qiziqishlari, fikr
doiralari
bilan bir- birlariga yaqin, yordam beruvchi o‘quvchilar bo‘ladi.
Har bir
qatnashchiga vazifa yuklanadi va yozib qo‘yiladi. Muddat qo‘yiladi. Umumiy
rejadan tashqari muddatga qarab rejalar tuziladi va uning asosida o‘quvchi
bajaradigan ishlari yanada oydinlashadi.