– o‘qituvchiga juda katta masuliyat tushadi va toliqtiradi.
bajarish jarayonida fikrning tug‘ilishidan yakuniy refleksiyagacha o‘quvchilar
tajriba orttiradilar; o‘quvchilarda eng muhim o‘quv ko‘nikma
va malakalari
(tadqiqotchilik, baholash, mustaqil fikrlash,
mustaqil qarorlar chiqarish, taqdimot
qilish) shakllantirish to‘la boshqariladigan jarayonga aylanadi
.
O‘quv loyihasining metodik pasporti bu – o‘quv loyihasining mazmun-
mohiyatidan
kutiladigan maqsadi, o‘quv dasturidagi o‘rni to‘g‘risida qisqacha
tavsif hisoblanadi. O‘quv loyihasining metodik pasporti quyidagilarni o‘zida aks
ettiradi: fan predmetining o‘quv rejasidagi mavzular, predmetning ta’limiy,
tarbiyaviy,
rivojlantiruvchi maqsadlarini,
o‘quv-pedagogik
vazifalarni,
o‘quvchilarning yoshi xususiyatlaridan kelib chiqib o‘quv loyiha topshirig‘ini,
loyihaning bajarilish muddatini va o‘quv loyihasining ish rejimi. Tadqiqot loyihasi
pasporti mualliflar va loyiha rahbari tomonidan to‘ldirilib, unda o‘quv
loyihasining nomi, loyihaning maqsadi va
vazifalari, loyiha muallifi, loyiha
rahbari va
konsultantlari,
loyiha turi
aks
ettiriladi.
O‘quv
loyiha
faoliyatida o‘quvchilarda tadqiqotchilik, ijodiy, o‘yin, axborot izlanish faoliyatlarini
qamrab olib, ijtimoiy ehtiyoj qiziqishlar hisobga olinadi, natijaga aniq yo‘naltiriladi.
Amaliy mashg‘ulotda loyiha metodi asosida o‘tiladigan dars mashg‘uloti
texnologiyasi tahlil qilinadi.
Loyiha usuli qo‘llanilgan o‘quv mashg‘ulotining
texnologik xaritasi