Ichki organlaridan
taloq (qora jigar), jigar,
o ‘pka, buyrak, ichak, yelin kabilar ham tekshiriladi.
Bunga sabab bu organlar holatiga ko‘ra hayvonda si-
bir yarasi, sil, finnoz, exinokokkoz kasalligi bor-yo‘q-
ligini aniqlash mumkin. Xulosanomada to‘sh holati
va sifati to‘g ‘risida fikr ko‘rsatiladi.
Agar talab etil-
sa, hayvon to‘shi va organlari qo‘shimcha holda bak-
teriologik va gistologik tekshirishdan o'tkaziladi.
Shartli holda iste'molga yaroqli deb topilgan mahsulot
zararsizlantirish maqsadida maxsus laboratoriyaga -
patologik kuzatuvga beriladi. Jiddiy patologik o ‘zga-
rishlari bo‘lgan
organlari
veterinariya-sanitariya muta-
xassislari ko‘rsatmasi bilan
maxsus chora-tadbirlarga
tortiladi.
Subprodktlarni veterinariya-sanitariya nazora-
tidan o‘tkazish ishlari
maxsus, mahsulotga ishlov be-
rish sexida olib boriladi. Bu tadbir tezlik va mas’uliyat
bilan mahsulot so‘yish sexidan olib kelinishi bilan
o ‘tkaziladi.
Sex veterinariya vrachi
har bir organ va mahsulotni
umumiy sanitariya talablari asosida kuzatish ishlarini
olib boradi. Ayrim organlami shaxsan o‘zi ham teks-
hirib ko‘rishi mumkin. Mahsulotga o ‘z vaqtida ishlov
berish, barcha asbob-uskuna
va idishlaming tozaligiga
alohida e’tibor beradi.
Ayrim patologik o ‘zgarishlari bo‘lgan organlar
masalasida qo‘shimcha dastlabki ishlov berish uchun
veterinariya vrachi ko‘rsatmasiga asoslanib talab etilgan
tadbirlar amalga oshiriladi.