Parranda g o ‘shtidan tayyorlanadigan kolbasa




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/141
Sana16.09.2024
Hajmi5,56 Mb.
#271209
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   141
Bog'liq
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (1)

Parranda g o ‘shtidan tayyorlanadigan kolbasa
turlari
Parranda go‘shtidan turli xil kolbasalar tayyorlanadi. 
Masalan, chala dudlangan kolbasalardan «kishi- 
nevskaya» kolbasasi, turistlar kolbasasi va g ‘oz go‘shti 
kolbasasi shular jumlasidandir.
«Kishinevskaya» kolbasasi tayyorlash jarayonida 
unga g ‘oz yog‘i, turistlar kolbasasiga esa to‘sh va g ‘oz 
go‘shti kolbasasiga esa yarim yog‘li cho‘chqa go‘shti 
aralashtiriladi.
Q aynatilgan kolbasalar guruhiga mansub b o i- 
gan parranda go‘shtidan tayyorlanadigan kolbasa 
asosan «lyubitelskaya» kolbasasi hisoblanadi. U tovuq 
go‘shtidan tayyorlansa-da, cho‘chqaning sag‘ri yogidan 
solib, unga qora muruch yoki oq muruch, kardamon 
yoki muskat yong‘oq qo‘shiladi. Bunday kolbasa 
molning to‘g ‘ri ichagiga tiqiladi va to‘g‘ri batonlar 
shaklida tayyorlanadi. Batonning o‘rta qismidan, ikki 
joyidan bogianadi. Qiymasi pushti rangda boiadi. 
Unga solinadigan cho‘chqa yoki (4 mm kattalikda) ku- 
bik shaklida maydalangan qiymaga aralashtiriladi.
Tayyorlangan kolbasadan tovuq go‘shtining mazasi 
sezilib turadi. Solingan dorivorlar unga yoqimli hid va 
maza beradi. Umuman, uy parrandalari (tovuq, o‘rdak, 
kurka) go‘shti nihoyatda to‘yimli boiadi. Binobarin
oson hazm qilinadi. Kolbasa tayyorlashda asosan 
II kategoriya semizlikda boigan parrandalar, ikki 
marta muzlatilgan, lekin rangi o ‘zgarmagan parranda 
go‘shtlari ishlatiladU
P a rra n d a go‘shtidan tayyorlanadigan konserva- 
la r va ularning assortim enti. Parranda go‘shtidan 
tayyorlangan konservalar o ‘zining lazzatli va to‘yim- 
liligi hamda yaxshi hazm b o iish xususiyatlari bilan 
odamlar ratsionida salmoqli o‘rin tutadi. Bunday kon-
93
www.ziyouz.com kutubxonasi


servalaming assoritimenti bir qancha bo‘lib, ulaming 
eng asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
• Tovuqning lahm go'shti (filey) va ragusi;
• Jeleli g‘oz go‘shti;
• 0 ‘z sardagida (suvida) pishirilgan o‘rdak go‘shti;
• Jeleli jo ‘ja go‘shti;
• Karam aralashtirilgan g ‘oz go‘shti;
• G‘ozning tomat (pomidor) sousida pishirilgan 
kalla-pochalari;
• Qaynatilgan tovuq go‘shti shular jumlasiga kiradi.
Bulardan tashqari, jeleli parranda go‘shti konser-
valari parrandalaming lahm go‘shtidan yoki suyak- 
li go‘shtidan, bo‘yin va qanotidan, shuningdek, terili 
go‘shtidan (ragu) tayyorlanadi va sotuvga chiqariladi. 
Bunday konservalarda jele (sho‘rva) miqdori 40 foizdan 
oshib ketmasligi lozim.

Download 5,56 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   141




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Parranda g o ‘shtidan tayyorlanadigan kolbasa

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish