pardasi kalloidlar va mikroorganizmlami o‘tkazmaydi.
Po‘choq usti pardasi tuxumning teshikchalarini berkitib,
uning ichiga mikroblaming kirishiga to‘sqinlik qiladi.
Tuxum ning
oqlik moddasi, asosan 4 qatlamdan
tashkil topgan. Masalan, gradinka qatlami (2,7 foiz),
ichki suyuq qatlami (16,8 foiz), o‘rta zich qatlami (57,3
foiz) va tashqi suyuq qatlami (23,2 foiz)dan iborat.
Tuxum ning sarigM - 0,02 mm qalinlikdagi parda
ichida va tuxumning markazida joylashgan sarg‘imtir
rangli xira quyuq modda hisoblanadi. Tuxum sarig'i-
ning rangi (sariqdan to‘q qizg‘ishgacha)ni och va to‘q-
roq bo‘lishi asosan pigmentlarga bog‘liq. Tuxum sarig‘i
sariq (to‘q tusli) va oqish tusli 6 ta qatlamdan iborat.
Tuxum larning kimyoviy tark ib i va ozuqaviy
qiymati. Tuxum nihoyat muhim va qimmatli parhez
oziq
hisoblanadi, tez va oson hazm boTadi. Uning
tarkibida inson organizmi uchun nihoyatda zarur
boTgan barcha elementlar mavjuddir. Jumladan, tez
hazm boTadigan toTa qimmatli oqsil, yog‘
va boshqa
yog‘ moddalar, vitaminlaming deyarli hamma turi va
ko‘plab mineral moddalaming boTishi aniqlangan.
Tovuq tuxumining tarkibi (po‘chog‘isiz)da 73-75 fo-
iz suv va 25-27 foiz qumq modda boTishi aniqlangan.
Uning qumq moddasida 99 foiz organik va anorga-
nik (mineral) moddalar 1 foiz atrofida boTishi aniq-
langan. Tuxumning
organik moddalari asosan oqsil,
yog‘, yog‘simon moddalar, pigmentlar (buyoq mod-
dalar), uglevodlar va h.k.lardan tashkil topgan. Anor-
ganik moddalami nisbatan ko‘p miqdordagi mineral
moddalardan va nihoyatda oz miqdorda mikroele-
mentlardan iborat.
Tovuq tuxumida oqsillar - 12-13 foiz, yogTar va
yog‘simon moddalar 11-12 foiz, uglevodlar - 1 foiz,
mineral moddalar 1 foiz atrofida boTadi. 100
g tovuq
tuxumining kalloriyasi — energetik qimmati 158-162
kkal ni tashkil etadi.
98
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘rdak va g ‘oz tuxumlarida - oqsillar 13-14 foiz,
yog‘lar 13-14 foiz bo‘lib, 100 g tuxumida 175-200 kkal
bo‘lar ekan.
Umuman, tuxumlaming kimyoviy tarkibi parranda-
laming turi, zoti, tuxum qilish vaqti, uni asrash va oziq-
lantirish sharoitiga bog‘liq ekanligi asoslab berilgan.