Bog'liq Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (1)
T uxum turlari Tovuq tuxumlari, ulaming saqlash muddati, sifati,
og‘irligiga qarab parhez va oshxona tuxumlarga
bo‘linadi. Parhez tuxumlarga og‘irligi kamida 44 g
bo‘Igan va ko‘pi bilan m e’yor sharoitda 7 kungacha
saqlangan tuxumlar kiradi. Bunday tuxumlar eng sifatli
tuxum hisoblanadi. Oshxona tuxumlari deb qachon
olinganidan qat’i nazar og'irligi 43 g bo‘lgan, shuning-
dek, tovuq qilgan kunidan boshlab 7 kun o‘tguncha
vaqt ichida iste'molchiga yetkazib berilgan tuxumlarga
aytiladi.
Saqlash usuli va muddatiga ko‘ra oshxona tuxum-
lari: yangi, muzlatgich va ohakda saqlangan tuxumlarga
bo'linadi.
Yangi tuxum larga tovuq tuxum qilgandan so‘ng
ombor va muzlatgich (xolodilnik)da -1 ° dan 2° gacha
bo‘lgan haroratda 30 kundan ortiq saqlangan oshxona
tuxumlari kiradi.
Muzlatgichda saqlangan tuxumlar tovuq tuxum qil-
gandan keyin muzlatgichda va omborda -1 ° dan 2°
gacha bo‘lgan haroratda 30 kundan ortiq saqlangan
oshxona tuxumlari kiradi.
O haklangan tuxumlarga ohak eritmasida saqlangan
(qancha saqlanganligidan qat’i nazar) oshxona tuxumlari
kiradi. Ulaming sifati biroz pastroq bo‘lganligi uchun
non-bulka mahsulotlarini tayyorlashda foydalaniladi.
Parhez tuxumlar og‘irligiga qarab, oshxona tuxum-
lari sifati va og‘irligiga qarab I va II kategoriyalarga
bo‘linadi. I kategoriyali 1 dona tuxumning og‘irligi
99
www.ziyouz.com kutubxonasi
kamida 54 g va II kategoriyasiniki kamida 44 g bo'lishi
lozim.
0 ‘rdak va g ‘oz tuxumlari, shuningdek, parrandalar
sil kasaliga uchragan bo‘lsa, ulaming tuxumlari sotuvga
chiqarilmaydi. Bunday tuxumlardan now oyxona va
konditer mahsulotlari korxonalarida non-bulka tayyor-
lashda yoki yaxshilab pishirilgach, umumiy ovqatlanish
muassasalarida foydalanish mumkin.