Parranda g o ‘shtlaridan chala tayyor




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/141
Sana16.09.2024
Hajmi5,56 Mb.
#271209
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   141
Bog'liq
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (1)

Parranda g o ‘shtlaridan chala tayyor
m ahsulotlar tayyorlash texnologiyasi
Go‘shtdan va go‘sht mahsulotlaridan tayyorlangan 
chala tayyor (yoki yarim tayyor — polufabrikat) oziqlar 
issiqlik berish natijasida tez pishadigan, mazali, qulay 
va sifati bilan ajralib turadi. Binobarin, ularga bo‘lgan 
ehtiyoj xalqimizda hamon yuqori darajadadir. Ko'plab 
turli xildagi chala tayyor go‘sht mahsulotlarining 
sotuvda bo‘lishi ayniqsa uy bekalari uchun nihoyatda 
qulaydir. Chunki uni pishirib tayyorlash ancha qulay, 
ko‘p mehnat talab etmaydi. Bu tadbimi savdo tash- 
kilotlari uchun ham o‘z qulayliklariga ega. Jumladan, 
go‘sht chopuvchi qassoblami, go‘sht mahsulotini ta- 
shuvchi ishchilami ortiqcha jalb qilishga barham 
beradi.
Chakana savdo uchun go‘sht sanoati ko‘rsatmasiga 
ko‘ra quyidagi chala tayyor parranda go‘sht mahsulotlari 
ishlab chiqariladi: jo ‘ja go‘shtidan tayyorlangan -
jo ‘ja «tabaka»si, «Iyubitelskiye» deb nomlanuvchi 
jo ‘ja go‘shti, tovuq go‘shtidan tayyorlangan - file, 
okorochek, sho‘rva uchun tayyorlangan tovuq go‘shti 
va subproduktlardan - studnya, ragu va suyuq ovqat 
uchun tovuq go‘shti shular jumlasidandir.
Oziq-ovqat bo‘yicha tayyorlov korxonalari barcha 
turdagi qishloq xo‘jalik parranda mahsulotlaridan 
chala
tayyor oziqlarni 
keng assortimentda ishlab chiqarish 
borasida salmoqli tadbirlami amalga oshirmoqda. Jum- 
ladan: 1. Hamma tur parrandalaming - to‘shi, sho‘r- 
va tayyorlash uchun ishlov berilgan go‘sht yig‘indisi 
(nabor); 2. Tovuq go‘shtidan - suyakli file; 3. 0 ‘rdak 
go‘shtidan - okorochek (son go‘shti), ko‘krak go‘shti 
va qiyma uchun, uzunligi 7-9 sm bo'lgan bo‘yin 
go‘shti; 4. Kurka go‘shtidan - file son go'shti va qiyma 
uchun bo‘yin go'shti; 5. Subproduktlardan - sho‘rva 
uchun tovuq o‘rdak va kurka go‘sht yig‘indilari;
90
www.ziyouz.com kutubxonasi


6. Jo‘jalardan tayyorlangan, birlamchi ishlov berilgan 
jo ‘ja «tabakasi»ni tarozida tortib sotiladi; 7. Sho‘rva 
uchun suyakli go‘sht yig‘indisi. Ular parrandalaming 
yelka-kurak va yelka-tos qismidan tayyorlangan bo‘lib, 
unda o‘pka, buyrak, teri, ko‘krak suyaklari, qanot va 
file kesik-bo‘laklari bo‘lmaydi. 8. Sho‘rva uchun -
birlamchi ishlov berilgan bosh (60 foiz) va oyoq (40 
foiz) qismlari; 9. Dildiroq (studnya) tayyorlash uchun 
bosh (40 foiz), oyoqlar (20 foiz), oshqozon va yurak 
(20 foiz), bo‘yin va qanot qismlari (20 foiz). 10. Ragu 
uchun - oshqozon va yurak (50 foiz), bo‘yin va qanot 
qismlari (50 foiz) shular jumlasidandir.
Go‘sht sanoati chakana savdo uchun ko‘pincha 
qadoqlangan mahsulot chiqaradi. Ulaming vazni 
nomiga ko‘ra 250 g dan 1000 g gacha bo‘lishi mum- 
kin. Lekin, jamoat oshxonalari, restoran va kafelar 
uchun mahsulot tortib sotiladi. Lekin so‘nggi vaqtlarda 
chakana savdo (do‘kon va marketlar)da barcha turdagi 
parranda va ulaming mahsulot qismlari faqatgina 
tarozilarda tortilib sotilmoqda.

Download 5,56 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   141




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Parranda g o ‘shtlaridan chala tayyor

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish