«Achitqili
atsidofiI»
ichimligi.
Bu
ichimlik
leningrad texnologiya instituti xodimlari tomonidan
yaratilgan. Uni tayyorlash texnologiyasi quyidagicha
bo‘ladi. Ya'ni, pasterlangan sut zardobiga yuqori mazali
qo‘shimchalar va aromatli moddalar solinadi. Mahsulot
rangsizlantiriladi.
Solinadigan sharbat isitiladi, tomizg‘i
qo'shiladi, idishlarga quyiladi, sovitiladi, etiltiriladi
va sovuq xonalarda saqlanadi. Mahsulot 0,5 1 li shisha
idishlarga solinadi, og‘zi
yaxshilab berkitiladi va
16-18 soat davomida 30-33°C da saqlanadi. Uning
kislotadorlik darajasi 75-100°T ga tengdir. Ichimlik
6-8°C da saqlanadi.
«Salqin» (proxlada)
ichimligi.
Bu
ichimlik
o‘zining texnologiyasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Shakarli,
va mevali. Ulami tayyorlash texnologiyasi quyidagicha.
Ya’ni pasterlangan va rangsizlantirilgan sut zardobiga
bulg‘or va atsidofil achitqi tayoqchalari, xamirturish,
bijg‘ituvchi laktoza, talabga ko‘ra turli qo‘shimcha
(qand,
meva sharbati, aromatli birikmajlar solinadi.
Sut zardobi filtrlanadi, separatlanadi va 95-97°C gacha
isitiladi. Shu haroratda mahsulot 45-50 minut saqlanadi,
so‘ngra 35°C gacha sovitiladi. Retseptura talabiga
ko‘ra qand, meva sharbati qo‘shiladi va yaxshilab
aralashtiriladi.
Bu
tadbir
maxsus
aralashtirgich
yordamida amalga oshiriladi.
«Salomatlik» («zdorove») ichimligi. Bu ichimlik
qirg‘izistonda ixtiro etilgan bo‘lib,
u asosan pishloq,
tvorog zardobidan tayyorlanadi. Ichimlik atyyorlashda
sut-achitqi streptokokk, bulg'or va atsidofil, hamda
pishloq tayoqchalari (bakteriyalari)dan foydalaniladi.
Ular dastlab tomizg‘i sifatida yog‘sizlantirilgan sut-
dan tayyorlanadi. Kislotalik darajasi 30°C dan ortiq
bo‘lmagan sut zardobi 75-85°C da pasterlanadi
va u 15-20 sekund davom etadi. So‘ngra 43~45°C
gacha sovitiladi. Hamda mahsulot miqdoriga ko‘ra
5-10% achitqi bilan ishlanadi.
Mahsulot yaxshilab
161
www.ziyouz.com kutubxonasi
aralashtiriladi va zudli bilan shishalarga quyiladi. Shi-
shalaming og‘zi berkitiladi va 43-45°C da termostatda
saqlanadi. Uning kislotalik darajasi 100°C ga etishi,
uning tayyor bo‘lganligidan dalolat beradi va u 8°C li
sovuq xonalarda saqlanadi. «Salomatlik» ichimligi yo-
qimli hidga ega va sut-qatiq mazasini bildiradi. Rangi
och-ko‘kimtir, kislotaliligi 120°T va tarkibida quruq
modda o‘rtacha 6 foizni tashkil qilishi mumkin.