Maktabda tabiiy fanlarni




Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana25.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#39432
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TJJHEjM5biKdWG4isza0CPcVih6iXgwhALYztzCF
13.Axborot xavfsizligi OA, ТЕМА 1 рынок цынных бумаг, Mavzu texnika madaniyati, Yusupova Gulmir-WPS Office (1), Kompyuterning ichki qismlari va ularning xususiyatlar prezintatsiyaX, 10-tajriba ishi (1), KAMOLIDDIN VJHXFVKJHFGVJGSGF, 5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos, 2-kurs ish rejalari, Документ Microsoft Word (5), 2-kurs ish rejalari, o\'qitish materiali, Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M, Individual loyiha (2)
 
TIMSS 
 


Tabiiy fanlar bo‘yicha Milliy o‘quv dasturini amaliyotga joriy etish 
10
O‘quvchilar tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘nalishidagi O‘quvchilarning 
bergan javoblari tahlil qilish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: 
➢ 
O‘quvchilar eng oddiy tushunchalarni ham yangi vaziyatlarda qo‘llashda, 
yoki fikrlarini taklif qilish so'ralganda qiyinchilikka duch kelishdi.
➢ 
O‘quvchilardan topshiriqda berilgan grafik ma'lumotlarga asoslangan 
savolga javob berish so'ralganda, ular ko'pincha bunday ko'rsatmalarni 
tushunmaydilar.
➢ 
O‘quvchilardan topshiriqni tushuntirish yoki asoslashni so'ralganda, ular 
buni tushunmagandek taassurot qoldiradilar. Bu esa o‘quvchilarning 
badiiy adabiyotlarni ko‘p o‘qimaganliklaridan va topshiriqlarni o‘qib 
tushunishda muammolari borligidan dalolat beradi. 
➢ Ular hodisalarni jiddiy tahlil qilmasdan, fikrlamasdan tez javob berishni 
afzal ko'radilar va xatolikka yo‘l qo‘yadilar. 
➢ 
O‘quvchilarda amaliy mashg‘ulotlarning maqsadi hamda qanday usul va 
vositalardan foydalanish haqidagi topshiriqlarni bajarish holati 10-15%. 
Bundan ko‘rinadiki, maktablarda fizika, kimyo, geografiya, biologiya 
fanlaridan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar yetarli darajada tashkil 
qilinmagan, o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarning rivojlanishi past 
darajada. 
➢ 
O‘quvchilarda kompyuter savodxonligining yetishmasligi ham ma’lum 
bo‘ldi. 
➢ 
O‘quvchilarda kreativ fikrlash namoyon bo'lishining past darajasi, ularda 
fanlar bo‘yicha bilimlarning yetarli darajada shakllanmaganligi bilan ham 
bog'liq 


Tabiiy fanlar bo‘yicha Milliy o‘quv dasturini amaliyotga joriy etish 
11
O‘quvchilarda fanning mazmuniga oid bilimlar yetarli darajada 
egallangan: fanga oid tushunchalar, atamalar, qoidalar va qonuniyatlarni 
topishga qaratilgan savollarga 80-
90% to‘g‘ri javob berishgan. 
Masalan ichimlik suvi, shamol hisobiga energiya olish, issiq ish kiyim 
kabi topshiriqlarga to‘g‘ri javob berishgan. 
Atrof-muhit muhofazasi, odam salomatligi, tabiiy resurslar bilan 
bog‘liq savollarga qisman t o‘g‘ri yondoshgan. 
Ammo bu topshiriqlarning fikrlashga yo‘naltirilgan savollariga yechim 
topish va mustaqil qaror qabul qilish, xulosa qilishni talab qiluvchi ochiq 
javobli savollarida qiynalishgan. 
O‘quvchilarda metodolik bilimlarning sayozligi, ya’ni ilmiy tadqiqotni 
qanday amalga oshirish, ularning maqsadi hamda qanday usul va 
vositalardan foydalanish haqidagi topshiriqlarni bajarish holati 10-
15% bo‘lib, 
bundan ko‘rinadiki, maktablarda fizika, kimyo, geografiya, biologiya 
fanlaridan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar yetarli darajada tashkil 
qilinmagan, o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarning rivojlanganlik darajasi 
past.
O‘quvchilarda ilmiy loyihalarni baholash hamda ma’lumot va dalillarni 
talqin qilish kompetensiyalarini baholashga qaratilgan, tanqidiy va 
strategik fikrlashni talab qiluvchi savollarga javob berilmagan. 


Tabiiy fanlar bo‘yicha Milliy o‘quv dasturini amaliyotga joriy etish 
12
Xulosa qilib shuni aytishimiz 
mumkinki, maktab o‘quv dasturlarini 
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, tabiiy yo‘nalishdagi o‘quv 
fanlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, o‘quv-metodik majmualar 
sifatini oshirish, o‘quvchilarda tadqiqotchilik, mantiqiy fikrlash, 
k
ompyuterda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘qitishning dars, 
darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlari shakllaridan samarali 
foydalanish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, muammoli ta’lim, hamkorlikda 
o‘qitish kabi ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni tavsiya etamiz. 

Download 0.61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish