• 3-MA’RUZA Mis va mis asosidagi qotishmalardan tayyorlangan payvandlash simlari va chiviqlari
  • 3.2. Sim va chiviqlarning kimyoviy tarkibi
  • 3.3. Sim va chiviqlarning vazifasi 3.2-jadval Sim va chiviqlarning vazifasi
  • -MA’RUZA Alyuminiy va alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangan payvandlash simi




    Download 14.67 Mb.
    bet3/75
    Sana17.09.2022
    Hajmi14.67 Mb.
    #26021
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
    Bog'liq
    УМК ПАЙВ. МАТЕРИАЛ asosiy
    03 ИКТИСОД 2022 OKTABR, python darslik, Ishlab chiqarish texnologiyalari Raimboyev Alpomish, Mustaqil ish 1, ta-lim-jarayoniga-axborot-kommunikatsiya-texnologiyalarini-qo-llash, korxona faoliyatida axborot xavsizligi, 1 мавзу Курснинг мазмуни, мақсада ва вазифалари, 1-Mavzu Marketingning ijtimoiy–iqtisodiy asoslari, 9 май сенарий (2), 2204 MT S, 2-mavzu (2), 2-mavzu, Biletlar81, Ilm sari yo`l
    2-MA’RUZA
    Alyuminiy va alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangan payvandlash simi

    Reja:
    2.1. Tasnifi va belgilanishi




    2.1. Tasnifi va belgilanishi
    Alyuminiy va uning qotishmalarini eritib payvandlashda asosan alyuminiy hamda alyuminiy qotishmalaridan GOST 7871-75 bo‘yicha cho‘zib tortib va presslab tayyorlangan payvandlash simidan foydalaniladi. Bu standartda simni o‘n to‘rt xil markada ishlab chiqarish nazarda tutiladi. Sim alyuminiy va alyuminiy qotishmalaridan tayyorlanadi, kimyoviy tarkibi ularning markasiga bog‘liq bo‘lgan 2.1-jadvalda keltirilgan.

    2.1-jadval



    Qotishmalar markasi

    Asosiy komponentlari

    Aralashmalar ko‘pi bilan jami.

    Al

    Mg

    Mn

    Fe

    Si

    Ti

    Be

    Zr

    Sv-A97

    ≥99,97

    -

    -

    -

    -

    -

    -

    -

    0,03

    Sv-A85T

    qolgani

    -

    -

    -

    -

    0,20-0,50

    -

    -

    0,08

    Sv-A5

    ≥99,50

    -

    -

    0,20-0,35

    0,1-0,25

    -

    -

    -

    0,50

    Sv-AMs

    Qolgani


    -

    1,0-1,5

    0.3-0.50

    0,2-0,4

    -

    -

    -

    1,35

    Sv-AMg3

    3,2-3,8

    0,3-0,6

    -

    0,05-0,8

    -

    -

    -

    0,85

    Sv-AMg4

    4,0-4,8

    -

    -

    0,05-0,25 Sr

    0,05-0,15

    -

    -

    1,15

    Sv-AMg5

    4,8-5,8

    -

    -

    -

    0,10-0,20

    -

    -

    1,40

    Sv-1557

    4,5-5,5

    0,2-0,6

    -

    -

    0,07-0,15 Cr

    0,002-0,005

    0,20-0,35

    0,60

    Sv-AMg6

    5,8-6,8

    0,5-0,8

    -

    -

    0,10-0,20

    -

    -

    1,20

    Sv-AMg63

    5,8-6,8

    0,5-0,8

    -

    -

    -

    -

    0,15-0,35

    0,15

    Sv-AMg61

    5,5-6,5

    0,8-1,1

    -

    -

    -

    0,0001-0,0004

    0,002-0,12

    0,15

    Sv-AK5

    -

    -

    -

    4,5-6,0

    0,10-0,20

    -

    -

    1,00

    Sv-AK10

    -

    -

    -

    7,0-10,0

    -

    -

    -

    1,10

    Sv-1201

    6,0-6,8 Cu

    0,2-0,4

    -

    0,05-0,15 V

    0,10-0,20

    0,0001-0,0008

    0,1-0,25

    0,3

    Izohlar:
    1. Sv-AMg3, Sv-AK5 va Sv-AK10 dan tashqari barcha markalardagi sim uchun hamda kremniy miqdorlari nisbati birdan katta bo‘lishi kerak.


    2. Berilliy miqdori hisoblab aniqlanadi.
    3. Sv-AMg3, Sv-AK10 markali sim uchun qoldiq titan miqdori 0,15 % gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi.
    4. Iste’molchining buyurtmasiga binoan, Sv-AMg6 markali qotishmadan olinadigan sim 100 g metallda vodorod miqdori 0,4sm3 dan oshmaydigan qilib tayyorlanadi.
    5. Sv-AK10 markali sim presslagan qilib tayyorlanadi. Simning shartli belgisida simning diametri, qotishmaning markasi va standart belgisi ko‘rsatiladi.
    2-Sv-AMs GOST 7871-75 belgisi AMs markali alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan 2mm diametrli payvandlash simining shartli belgisiga misol bo‘la oladi.
    Simning avvalgi diametri bo‘yicha chekli chetlanishlardan ortiq bo‘lmasligi lozim.
    4mm va bundan kichik diametrli simning sirti kimyoviy ishlovdan o‘tkaziladi. Ishlov berilgandan keyin uning sirti yaltiroq g‘adir-budurlik parametrlari GOST 2789-73 bo‘yicha Ra ≤ 2,5mkm bo‘lishi zarur.
    Sirti kimyoviy ishlovdan o‘tkazilgan sim mexanik usulda g‘altaklarga bukilgan joylari va tirqishlar bo‘linmaydigan qilib o‘raladi.
    SvA97, SvA85T, SvA5 va SvAMs markali qotishmalardan tayyorlangan sim g‘altaklarga qasmoqli va uzulishga vaqtinchalik qarshiligi 10kgs/mm2 dan kam bo‘lmagan holatda, SvAMg3, SvAMg5, Sv1557, SvAMg6, SvAMg63, SvAK5, SvAK10 va Sv1201 markali qotishmadan tayyorlangan sim esa istemolchining buyurtmasiga muvofiq qasmoqli yoki yumshatilgan holatda o‘raladi.
    O‘ralgan simning sirti toza bo‘lishi, unda darzlar, botiq, ezilgan joylar, g‘o‘ddalar, qatlamlangan va keskin bukilgan joylar bo‘lmasligi kerak.
    Buyurtmachining ihtiyoriga ko‘ra 4mm gacha diametrli sim ham sirtiga kimyoviy ishlov berilmasdan o‘ralgan holatda etkazib beriladi.
    Simli g‘altaklar polietilen qopga suvsizlantirilgan selikagel-indikator kukunining nazorat paketi bilan joylanadi va kimyoviy ishlov berilgandan keyin 30 daqiqa mabaynida atrof havosining nisbiy namligi 20% dan past bo‘lgan paytda germetiklanadi. O‘rovning zichligi (germetlikligi) selikagel-indikatorning rangiga qarab ko‘z bilan chamalab baholanadi. Agar selikgel-indikator kukunining rangi pushti bo‘lsa, zichli buzulgan deb hisoblanishi kerak.
    G‘altaklar solinib, zichlangan polietilen qoplar karton plastmassa yoki yog‘och qutilarga joylanadi.
    Boshqa alyuminiy qotishmalaridan tayyorlanadigan payvandlash simi belgilangan tartibda ishlab chiqilgan, kelishilgan va tasdiqlangan texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqariladi.
    3-MA’RUZA
    Mis va mis asosidagi qotishmalardan tayyorlangan payvandlash simlari va chiviqlari

    Reja:
    3.1. Tasnifi va belgilanishi


    3.2. Sim va chiviqlarning kimyoviy tarkibi
    3.3. Sim va chiviqlarning vazifasi


    3.1. Tasnifi va belgilanishi
    Misni va uning qotishmalarini payvandlash, eritib qoplash va kavsharlashda misdan hamda mis asosidagi qotishmalardan ishlangan payvandlash simlari va chiviqlaridan foydalaniladi.
    Ko‘rsatilgan standartga ko‘ra payvandlash simi mis va uning 17 xil markada qotishmalaridan ishlab chiqariladi: M1; MSr1; MNJ5-1; MNJKT-5-1-0,2-0,2; BrKMs3-1; BrOTS4-3; BrAMs9-2; BrOF6,5-0,15; BrAJMs10-3-1,5; BrX0,7; BrXNT; BrNSr; BrNSrT; L63; LO60-1; LK62-0,5; LKBO62-0,2-0,04-0,5
    Payvandlash chiviqlari mis va uning 12 xil markadagi qotishmalaridan ishlab chiqariladi: M1r; M3r; BrOF6,5-0,15; BrOTS4-3; BrAMs9-2; LO60-1; LK62-0,5; L63; LMs58-2; LJMs59-1-1; LOK59-1-0,3; LKBO62-0,2-0,04-0,5.


    3.2. Sim va chiviqlarning kimyoviy tarkibi
    3.1-jadval
    Sim va chiviqlarning kimyoviy tarkibi, %

    Qotishmalar markasi

    Asosiy komponentlari

    Aralashmalar, ko‘pi bilan

    Cu

    Ni+Co

    Mn

    Si

    Ti

    Cr

    Zr

    Zn

    Boshqa elementlar




    MSr 1

    98,5-99,0

    -

    -

    -

    -

    -

    -

    -

    0,8-1,2 Ag

    0,3

    MNJKT5-1-0,2-0,2

    qolgani

    5,0-6,5

    0,3-0,8

    0,15-0,30

    0,10-0,30

    -

    -

    -

    1,0-1,4 Fe

    0,7

    BrX0,7







    -

    -

    0,40-1,00

    -

    -

    -

    0,3

    BrXNT

    0,5-0,8 Ni

    -

    -

    0,05-0,15

    0,15-0,35

    -

    -

    -

    0,2

    BrNSr

    0,3-0,6 Ni

    -

    -

    -

    -

    0,04-0,08

    -

    -

    0,2

    BrNSrT

    0,5-0,8 Ni

    -

    -

    0,10-0,20

    -

    1,4-1,70

    -

    -

    0,1

    LK62-0,5

    60,5-63,5

    -

    -

    0,30-0,70

    -

    -

    -

    qolgani

    -

    0,5

    LKBO62-0,2-0,4-0,5

    60,5-63,5

    -

    -

    0,1-0,30

    -

    -

    -

    0,3-0,7 Sn
    0,03-0,1 B

    0,5

    LOK59-1-0,3

    58,0-60,0

    -

    -

    0,20-0,40

    -

    -

    -

    0,7-1,1 Sn



    0,3

    SHartli belgilarga misollar. LK62-0,5 markali, 2mm diametrli yumshoq sim: LK62-0,5-M-2 GOST 16130-72 simi. LKBO62-0,2-0,04-0,5 markali 6mm diametrli qattiq chiviq: LKBO62-0,2-0,04-0,5-T-6 GOST 16130-72 chivig‘i.


    GOST 16130-72 da tavsiya etiladigan ilova (3.2-jadvalga qarang) keltirilgan bo‘lib, unda misdan va mis asosidagi qotishmalardan tayyorlanadigan sim va chiviqlarning vazifasi ko‘rsatilgan.


    3.3. Sim va chiviqlarning vazifasi
    3.2-jadval
    Sim va chiviqlarning vazifasi

    Qotishma markasi

    Vazifasi

    M1

    Misdan tayyorlanadigan buyumlarni flyus ostida avtomatik payvandlash uchun; mis va cho‘yanni payvandlash, uncha muhim bo‘lmagan mis konstruksiyalarni gaz alangasida payvandlashga mo‘ljallangan elektrodlar tayyorlash uchun

    M1r, M3r

    Muhim va elektrotexnik mis konstruksiyalarni gaz alangasida payvandlash uchun

    MNJ5-1

    Mis-nikel qotishmasini, latunli va alyuminiy-marganets bronzali mis-nikel qotishmasini payvandlashda ishlatiladigan elektrodlar tayyorlash uchun

    MNJKT5-1-0,2-0,2

    Mis-nikel qotishmasini yoki bronzali, latunli va po‘latli misni himoya gazlarida qo‘lda, yarimavtomatik hamda avtomatik payvandlash, shuningdek po‘latga eritib qoplash uchun

    BrKMs3-1

    Bikr bo‘lmagan mis konstruksiyalarni himoya gazlarida qo‘lda payvandlash, misni flyus ostida avtomatik payvandlash uchun va misni payvandlashda foydalanadigan elektrodlar tayyorlash uchun

    BrOTS4-3

    Misni himoya gazlarida qo‘lda payvandlash, mis va latunni flyus ostida avtomatik hamda yarimavtomatik payvandlash uchun va misni payvandlashda qo‘llaniladigan elektrodlar tayyorlash uchun

    BrAMs9-2



    Alyuminiy-marganetsli bronzani, mishyakli latunni, misni va alyuminiy-marganetsli mis-nikel qotishmasini himoya gazlarida qo‘lda payvandlash uchun; po‘latga himoya gazlarida qo‘lda, avtomatik va yarimavtomatik eritib qoplash uchun; alyuminiy-marganets-temirli va marganets-temirli latunni himoya gazlarida avtomatik payvandlash uchun

    BrAJMs10-3-1,5

    Alyuminiy-temirli bronzani payvandlashda ishlatiladigan elektrodlar tayyorlash uchun

    BrOF6,5-0,15

    Qalay-fosforitli bronza va qalayli bronzalarni himoya gazlarida qo‘lda payvandlash uchun

    BRX0,7; BrXNT; BrNSr;
    BrNSr1;

    Bronzalarni argon-yoy yordamida qo‘lda payvandlash uchun

    BrX0,7

    Xromli bronzani flyus ostida avtomatik payvandlash uchun

    L63

    Latunni flyus ostida gaz alangasida payvandlash uchun

    LK62-0,5

    Latunni gaz alangasida payvandlash uchun

    LO60-1

    Qalay bilan legirlangan latunni flyus ostida gaz alangasida payvandlash uchun

    LKBO62-0,2-0,04-0,5

    Latunni gaz alangasida payvandlash va misni flyus ishlatmagan holda kavsharlash uchun

    LMs58-2; LJMs59-1-1;
    LOK59-1-0,3

    Latunni payvandlash, misning o‘zini va misni latun bilan kavsharlash uchun




    Download 14.67 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




    Download 14.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MA’RUZA Alyuminiy va alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangan payvandlash simi

    Download 14.67 Mb.