• 7.1. Kukunli simlar haqida umumiy ma’lumotlar.
  • 7.2. Tasnifi, navlari va texnik talablar.
  • -MA’RUZA Payvandlash va eritib qoplash uchun kukunli simlar




    Download 14.67 Mb.
    bet7/75
    Sana17.09.2022
    Hajmi14.67 Mb.
    #26021
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
    Bog'liq
    УМК ПАЙВ. МАТЕРИАЛ asosiy
    03 ИКТИСОД 2022 OKTABR, python darslik, Ishlab chiqarish texnologiyalari Raimboyev Alpomish, Mustaqil ish 1, ta-lim-jarayoniga-axborot-kommunikatsiya-texnologiyalarini-qo-llash, korxona faoliyatida axborot xavsizligi, 1 мавзу Курснинг мазмуни, мақсада ва вазифалари, 1-Mavzu Marketingning ijtimoiy–iqtisodiy asoslari, 9 май сенарий (2), 2204 MT S, 2-mavzu (2), 2-mavzu, Biletlar81, Ilm sari yo`l
    7-MA’RUZA
    Payvandlash va eritib qoplash uchun kukunli simlar

    Reja:
    7.1. Kukunli simlar haqida umumiy ma’lumotlar.


    7.2. Tasnifi, navlari va texnik talablar.
    7.3. Payvandlash uchun kukunli sim.
    7.4. Eritib qoplash uchun kukunli sim.
    7.5. Kukunli payvandlash simlari sanoat markalarining tavsifi.


    7.1. Kukunli simlar haqida umumiy ma’lumotlar.
    Kukunli sim uzluksiz elektrod bo‘lib, metall qobiqdan va uning ichidagi kukun o‘zak (kukun to‘ldirgich) dan tashkil topadi.
    Po‘latlarni, qotishmalar va cho‘yanni payvandlash va eritib qoplashga mo‘ljallangan simlarning aksariyati uchun qobiq sifatida sim shakllanishi va uni cho‘zish uchun zarur bo‘lgan yuqori darajadagi plastiklikka ega bo‘lgan kam uglerodli po‘latdan olingan 0,2 – 0,8mm qalinlikdagi sovuqlayin prokatlangan tasma xizmat qiladi. Rangli metallarni eritib qoplash va payvandlash uchun kukunli simlar tayyorlashda mos tarkibli metalldan qilingan tasmadan foydalaniladi.
    Simning o‘zagi payvandlash jarayoni barqaror va turg‘un kechishini va talab etiladigan foydalanish tavsiflariga ega bo‘lgan birikmalar hosil bo‘lishini ta’minlovchi minerallar, rudalar, metallar, ferroqotishmalar va boshqa moddalar kukunlari qotishmasidan iborat.
    O‘zakning komponentlari vazifasiga ko‘ra gaz hosil qiluvchi, shlak hosil qiluvchi, barqarorlashtiruvchi va legirlovchi materiallar, kisloroddan tozalovchilar hamda maxsus qo‘shimchalarga bo‘linadi. Ko‘pgina materiallar payvandlash jarayonida bir necha vazifalarni bajaradi.
    Gaz hosil qiluvchi materiallar payvandlash zonasida gaz fazasini yuzaga keltirish uchun xizmat qiladi, bu faza payvandlash vannasi yuzasidan havoni so‘rib chiqaradi va suyuq metallni metallurgiya nuqtai nazaridan zararli gazlar (azot, vodorod) dan himoya qiladi. Gaz hosil qiluvchi materiallar sifatida ishqorli va ishqorli-er metallar karbonatlari (marmar, magneziy, suvsizlantirilgan soda), organik moddalar (sellyuloza, kraxmal, yog‘och uni) dan foydalaniladi.
    SHlak hosil qiluvchi materiallar payvandlash shlaki hosil qilish uchun qo‘shiladi, bu shlak metallurgik va texnik vazifalarni bajarib xususan payvand chok yaxshi shakllanishini ta’minlaydi. Metallar tuzlari va ularning minerallar hamda rudalar (rutil, kremnezem, glinozem, alyumosilikatlar, marmar, magneziy va boshqalar) ko‘rinishdagi birikmalari, ftoridlar hamda ishqorli metallar oksidlari shlak hosil qiluvchi materiallar hisoblanadi.
    Kisloroddan tozalovchilar (raskisliteli) sifatida kislorodga juda yaqin bo‘lgan aktiv metallar qo‘llaniladi. Bu metallar o‘zak tarkibiga ferroqotishmalar (ferromarganets, ferrosilitsiy, ferrotitan va boshqalar) va metall kukunlari ko‘rinishida qo‘shiladi.
    CHok metallini zarur hossalar bilan ta’minlaydigan legirlovchi materiallardan ferroqotishmalar va metall kukunlari (ferroxrom, ferrovolfram, ferrovanadiy, xrom, molibden, nikel va boshqalar) ko‘rinishida ham foydalaniladi. Legirlash vazifalarini materiallar - kisloroddan tozalovchilar ham bajaradi.
    Barqarorlashtiruvchi materiallar payvandlash rejimlarining keng diapazonida yoyning barqaror va turg‘un yonishini ta’minlashga mo‘ljallangan. Bu maqsadda ionlash imkoniyati past bo‘lgan elementlar birikmalaridan foydalaniladi, ular, qoidaga ko‘ra, gaz hosil qiluvchi va (yoki) shlak hosil qiluvchi materiallarda bo‘ladi.
    Maxsus qo‘shimchalar payvandlash yoki eritib qoplash jarayoniga qo‘shimcha ravishida bilvosita ta’sir ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Bunday qo‘shimchalar sifatida korroziya ingibitorlari (simning metall tashkil etuvchilari zangidan himoyalash uchun), temir kukuni ishlatiladi. Temir kukuni ko‘pgina kukunli simlarning majburiy komponenti xisoblanadi, chunki u payvand chok hosil bo‘lishida qatnashadi, jarayonning unumdorligini oshiradi.
    Umuman olganda kukunli simlarning o‘zaklari o‘z tarkibiga ko‘ra besh turga: rutilli-organik, karobnat-flyuoritli (asosiy), flyuoritli, rutilli va rutil-flyuoritli turlarga kirishi mumkin.
    Kukunli sim tayyorlashda uning o‘zagi kompozitsiyasi aniqlabgina qolinmasdan, balki kesimining eng maqbul konstruksiyasi ham tanlanadi. Eritib qoplanadigan kukunli simlar uchun asosan qobiqning sodda: naychasimon yoki naxlestli naychasimon konstruksisi qo‘llaniladi.
    Kukunli simlar payvandlash vannasini himoyalamasdan yoki gaz yoxud flyus bilan qo‘shimcha himoyalagan holda payvandlash va eritib qoplash uchun ishlatiladi. Qo‘shimcha himoyalashni talab qilmaydigan simlar o‘zi himoyalaydigan simlar deb ataladi, bunda metallning gaz va shlak bilan himoyalanishi ulardagi gaz hosil qiluvchi hamda shlak hosil qiluvchi materiallarning tarkibiy qismlarga ajralishi (dissotsiatsiyasi) va erishi hisobiga amalga oshadi.
    Payvandlash yoki eritib qoplash ishlarini boshlashdan oldin kukunli simni me’yoriy yoxud texnologik hujjatlarda ko‘rsatilgan rejimlarda qizdirish lozim.
    Ko‘pgina, ayniqsa kukunli payvandlash simlaridan mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan payvandlash jarayonlarida foydalanish mumkin. Aksariyat markalardagi simlar bilan payvandlash va eritib qoplash ishlari teskari qutbli o‘zgarmas tokdan foydalanib amalga oshiriladi. Kukunli simlar ishlatilganda payvandlash va eritib qoplash ishlarining unumdorligi bu ishlarni qo‘lda bajarishdagidan 1,5 – 4 barovar ortadi.

    7.2. Tasnifi, navlari va texnik talablar.


    Kukunli simlarning asosiy vazifasiga ko‘ra, tasniflanish tizimi boshqalarnikidan farq qiladi. Kukunli payvandlash simlari uchun payvandlanadigan metallning klassi, qo‘llaniladigan himoyalash usuli, turli fazoviy holatlarda payvandlashda foydalanish imkoniyati, eritib qoplangan metall mexanik xossalarining kafolatlanadigan ko‘rsatkichlari eng muhimidir. Kukunli eritib qoplash simlari, eng avvalo, eritib qoplangan metallning kimyoviy tarkibiga, eritib qoplashning vazifasiga ko‘ra tasniflanadi.
    Kukunli payvandlash va eritib qoplash simlari o‘zakning turi, jarayonning unumdorligi, payvandlash-texnologik xususiyatlar, gigienik tavsiflar singari ko‘rsatkichlar bo‘yicha tasniflaydi. Ushbu va boshqa ayrim ko‘rsatkichlarga qo‘yiladigan talablar simga oid standartlar va texnik shartlarda belgilab qo‘yiladi.
    Kukunli simni tayyorlash sifatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri qobiqning o‘zak shixtasi bilan to‘ldirilish kattaligi va bir tekisligidir. O‘zakning simdagi ulushini to‘ldirilish koeffitsienti (%) belgilaydi:

    Download 14.67 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




    Download 14.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MA’RUZA Payvandlash va eritib qoplash uchun kukunli simlar

    Download 14.67 Mb.