• Kukunli payvandlash simlarining tur-o‘lchamlari
  • 7.4. Eritib qoplash uchun kukunli sim
  • Kukunli payvandlash simlarining toifalari, kimyoviy tarkibi




    Download 14.67 Mb.
    bet9/75
    Sana17.09.2022
    Hajmi14.67 Mb.
    #26021
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
    Bog'liq
    УМК ПАЙВ. МАТЕРИАЛ asosiy
    03 ИКТИСОД 2022 OKTABR, python darslik, Ishlab chiqarish texnologiyalari Raimboyev Alpomish, Mustaqil ish 1, ta-lim-jarayoniga-axborot-kommunikatsiya-texnologiyalarini-qo-llash, korxona faoliyatida axborot xavsizligi, 1 мавзу Курснинг мазмуни, мақсада ва вазифалари, 1-Mavzu Marketingning ijtimoiy–iqtisodiy asoslari, 9 май сенарий (2), 2204 MT S, 2-mavzu (2), 2-mavzu, Biletlar81, Ilm sari yo`l
    Kukunli payvandlash simlarining toifalari, kimyoviy tarkibi, %

    Toifasi

    C

    S

    P

    A

    0,15

    0,03

    0,03

    V

    0,15

    0,04

    0,04

    S

    0,25

    0,03

    0,03

    Kukunli payvandlash simiga oid amaldagi standartda simlarni 15 xil diametrda ishlab chiqarish nazarda tutiladi (7.2-jadval).


    7.2-jadval


    Kukunli payvandlash simlarining tur-o‘lchamlari

    Simning nominal diametri, mm

    Eng katta chetlanish, mm

    Simning nominal diametri, mm

    Eng katta chetlanish, mm

    1,20
    1,40
    1,60

    0,05

    2,40
    2,60
    2,80

    0,10

    1,80
    2,00
    2,20

    0,08



    3,00
    3,20
    3,60

    0,12

    4,00
    5,00
    6,00

    0,15

    Tasniflanishiga muvofiq kukunli payvandlash simining ushbu shartli belgilari tuzilmasi belgilab qo‘yilgan: markasi; diametri (mm); ishlatilish shart-sharoiti; turi; kimyoviy tarkibiga ko‘ra toifasi; zarbiy qovushqoqlik darajasi; joiz payvandlash holati; standart belgisi. Simning belgisida PP indeksi (kukunli sim), undan keyin chiziqcha orqali harfli yoki raqamli simvollar bo‘lishi kerak, bu simvollar ishlab chiqqan tashkilot tarmog‘ida qabul qilingan payvandlash materialini ro‘yxatga olish shifrini ko‘rsatadi.


    3,0mm diametrli, o‘zi himoyalaydigan (PS), eritib qoplangan metallning oquvchanlik chegarasiga ko‘ra 44 turidagi, eritib qoplangan metallning kimyoviy tarkibiga binoan A toifadagi, eritib qoplangan metallning zarbiy qovushqoqligi –20 °S (2) haroratda 35J/sm2 dan past bo‘lmasligini ta’minlaydigan, pastki (N) holatda payvandlashga mo‘ljallangan PP-ANZ markali kukunli simning shartli belgisiga misol: PP-ANZ 3, OPS44-A2N GOST 26271-84.
    Kukunli sim GOST 26271-84 talablariga muvofiq, belgilangan tartibda tasdiqlangan texnologik reglamentlar bo‘yicha tayyorlanadi. Simning markasi, konstruksiyasi, kimyoviy tarkibi hamda qobig‘i va o‘zagining (to‘ldiruvchi kukunning) xossalari, to‘ldirish koeffitsientining qiymati me’yoriy-texnik hujjatlar bilan belgilanadi.
    Simning payvandlash-texnologik xossalari plastinaga valik eritib qoplash va tavrsimon yoki uchma-uch birikma payvandlash yo‘li bilan tekshiriladi. Valik yoki payvand chok sirtida g‘ovaklar va darzlar bo‘lishiga ruxsat etilmaydi.

    7.4. Eritib qoplash uchun kukunli sim


    Alohida xossali sirtqi qatlamlarni mexanizatsiyalashtirilgan usulda yoy yordamida eritib payvandlashga mo‘ljallangan kukunli simning tasnifi, navlari va unga oid texnik talablar GOST 26101-84 bilan belgilab qo‘yilgan.
    Kukunli sim eritib qoplash usullariga ko‘ra flyus ostida (F); himoya gazida (G); qo‘shimcha himoyasiz - o‘zi himoyalaydigan (S); flyus ostida, himoya gazida va qo‘shimcha himoyalamasdan - universal (U) eritib qoplashga mo‘ljallangan simlarga tasniflash mumkin.
    GOST 26101-84 da eritib qoplanadigan metall (ikkinchi va uchinchi qatlamlar) ning kimyoviy tarkibiga muvofiq, kukunli eritib qoplash simlarini 23 xil markada tayyorlash nazarda tutilgan (7.4- jadval).
    Ushbu standartda simlar 11 xil diametrda tayyorlanishi belgilangan (7.5-jadval). Bunda eritib qoplash simlarining konstruksiyasi (tuzilishi) uch xil bo‘lishi mumkin: naychasimon uchma-uch (T); qirrasi naxlyostli naychasimon (N), ikki qatlamli (D) sim.
    Kukunli eritib qoplash simlari shartli belgisining xarf-raqamli tuzilmasi simning markasini, konstruksiyasi turini, eritib qoplash usulini, diametrini (mm), standartni o‘z ichiga oladi.
    Quvursimon uchma-uch tuzilishdagi (T), o‘zi himoyalaydigan (S) 2,6mm diametrli PP-Np-30X5G2SM markadagi eritib qoplash simining shartli belgisiga misol: PP-Np-30X5G2SM-T-2,6 GOST 26101-84.

    7.4-jadval



    Download 14.67 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




    Download 14.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kukunli payvandlash simlarining toifalari, kimyoviy tarkibi

    Download 14.67 Mb.