• 7.3. Payvandlash uchun kukunli sim
  • «mashinasozlik texnologiyasi» fakulteti «Texnologik mashinalar va jihozlar»




    Download 14.67 Mb.
    bet8/75
    Sana17.09.2022
    Hajmi14.67 Mb.
    #26021
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
    Bog'liq
    УМК ПАЙВ. МАТЕРИАЛ asosiy
    03 ИКТИСОД 2022 OKTABR, python darslik, Ishlab chiqarish texnologiyalari Raimboyev Alpomish, Mustaqil ish 1, ta-lim-jarayoniga-axborot-kommunikatsiya-texnologiyalarini-qo-llash, korxona faoliyatida axborot xavsizligi, 1 мавзу Курснинг мазмуни, мақсада ва вазифалари, 1-Mavzu Marketingning ijtimoiy–iqtisodiy asoslari, 9 май сенарий (2), 2204 MT S, 2-mavzu (2), 2-mavzu, Biletlar81, Ilm sari yo`l
    Kt=(Ro‘ / Rs) ∙ 100 = [(Rs - Rq) / Rs] ∙ 100
    bunda: Ro‘ - o‘zak (to‘ldirgich kukun) ning og‘irligi;
    Rs - simning umumiy og‘irligi;
    Rq - qobiqning og‘irligi.
    Ikki qatlamli simda to‘ldirilish koeffitsienti har bir shixta uchun alohida aniqlanadi (%):
    Kt1 =(Rsh1 / Rs)∙ 100
    Kt2 =(Rsh2 / Rs)∙ 100
    bunda: Rsh1- birinchi shixtaning og‘irligi;
    Rsh2- ikkinchi shixtaning og‘irligi.
    Kukunli payvandlash simlari uchun to‘ldirilish koeffitsientining qiymatlari 5 – 40%, eritib qoplash simlariniki esa 15 – 45% doirasida bo‘ladi.
    Kukunli sim undan sanoatda foydalanish mumkinligi va maqsadga muvofiqligini belgilab beruvchi bir necha talablarga javob bermog‘i lozim. Simlarning barcha turlari uchun payvandlash-texnologik xususiyatlar qo‘yiladigan umumiy texnik talablar quyidagilardan iborat: yoy oson uyg‘otilishi va turg‘un yonishi kerak; sim elektrod metalli haddan tashqari sachramasdan erimog‘i lozim; payvandlash va eritib qoplash vaqtida hosil bo‘layotgan shlakning oquvchanligi yaxshi bo‘lishi hamda sovigandan keyin oson ajralishi zarur; payvand chok yoki eritib qoplangan qatlam ruxsat etilmagan nuqsonlarsiz yaxshi shakllanmog‘i darkor; sim uzatuvchi mexanizmlar bilan ishonchli va qiyinchiliklarsiz siljitilishi kerak.
    Simning sirti silliq bo‘lishi, unda ezilgan, uzilgan joylar, korroziya, moy izlari va boshqa iflosliklar bo‘lmasligi lozim. Bo‘ylama chiziqlar va cho‘zish moylari izlari bo‘lishiga ruxsat etiladi. Sirtdagi cho‘zish moyini yo‘qotish uchun ko‘pincha unga 2 – 4 soat mobaynida 150 – 250 °S haroratda termik ishlov beriladi (qizdiriladi). To‘ldiruvchi kukunni simning uchidan to‘kib tashlashga ruxsat etilmaydi.
    Kukunli sim oddiy o‘ralgan yoki standart g‘altaklarga o‘ralgan holda etkazib beriladi. O‘ramning og‘irligi 80kg dan oshmasligi zarur. Har bir o‘ram simning bitta bo‘lagidan iborat bo‘lmog‘i lozim.
    O‘ramlar yoki g‘altaklar (ayrim simlar uchun esa suv o‘tkazmaydigan qog‘oz bilan o‘ralgan yohud polietilen plyonka qoplarga joylangan o‘ramlar yoki g‘altaklar) payvandlangan yoki katoklangan chokli metall barabanlar (bochkalar) ga joylanadi. Kukunli payvandlash simi namiqib qolishining oldini olish maqsadida xar bir barabanga sim og‘irligining 0,5 – 1% miqdorida silikagel solib qo‘yiladi.

    7.3. Payvandlash uchun kukunli sim


    Uglerodli va kam legirlangan po‘latlarni payvandlashga mo‘ljallangan simlar eng ko‘p qo‘llaniladi. Legirlangan po‘latlar, cho‘yan, rangli metall va qotishmalarni payvandlashda ishlatiladigan kukunli sim uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda ishlab chiqariladi. Vaqtinchalik qarshiligi 900MPa gacha bo‘lgan uglerodli va kam legirlangan po‘latlarni payvandlashga mo‘ljallangan kukunli simlarning tasnifi, navlari va ularga qo‘yiladigan texnik talablar GOST 26271-84 bilan belgilab qo‘yiladi.
    Kukunli payvandlash simi ishlatilish sharoitiga ko‘ra karbonad angidrid gazida yoki gaz aralashmalarida payvandlashda foydalaniladigan gaz bilan himoyalab (GZ) hamda qo‘shimcha himoyasiz payvandlashga mo‘ljallangan o‘zi himoyalovchi (PS) payvandlash simlariga bo‘linadi.
    Payvandlashning joiz fazoviy holatlari va payvand chokning shakllanish shart-sharoitiga muvofiq sim vertikal tekislikda pastki (N), pastki va gorizontal (G) holatda; vertikal tekislikda pastki, gorizontal va vertikal (V) holatda; hamma holatlarda (U); vertikal tekislikda chok majburiy shakllantiriladigan gorizontal (GP) holatda; chok majburiy shakllantiriladigan vertikal (V) holatda; chok majburiy shakllantiriladigan barcha (UP) holatlarda payvandlash simlariga ajratiladi.
    Eritib qoplangan metallning kimyoviy tarkibiga binoan kukunli sim A, V, S toifalarga bo‘linadi (7.1-jadval).

    7.1- jadval



    Download 14.67 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




    Download 14.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «mashinasozlik texnologiyasi» fakulteti «Texnologik mashinalar va jihozlar»

    Download 14.67 Mb.