|
Mavzu: Qaytma va yuqori darajali tenglamalar va ularni yechish metodikasi
|
bet | 2/17 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 235 Kb. | | #131921 |
Bog'liq Mavzu Qaytma va yuqori darajali tenglamalar va ularni yechish m-fayllar.orgKirish.
Ilm - sahroda - do 'st,
Hayot chorrahalarida - tayanch,
YoIg’iz damlarda - уо 'ldosh,
Bahtiyor daqiqalarda-rahbar,
Qayg'uli onlarda madadkor,
Odamlar orasida zebu-ziynat,
Dushmanlarga qarshi kurashda- quroldir.
Ilm o‘rganish har bir inson uchun hayot yo‘llarida asqotadigan,odamlar orasida uni ajratib turadigan,yolg‘iz qolgan paytlarda yo‘ldosh bo‘lib,tushkunlikka tushganda doimo madadkor bo‘luvchi yengilmas quroldir.Shu nuqtai nazardan bugun har birimiz ilm olishimiz,mukammal bilim egallashimiz,kasb-hunar o‘rganishimiz va bu orqali o‘z kelajagimizni o‘zimiz yaratib,mamlakatimiz gullabyashnashi,ravnaq topishi hamda rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin olishi uchun o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur va shartdir.
Biz erishgan yutuq va marralarning asosiy omili o‗zimizning dunyoqarashimiz, ongu tafakkurimiz, hayotga, mehnatga, yon-atrofga munosabatimiz bilan belgilanadi. Biz bugun erkin fikrlaydigan, ongli yashaydigan, siyosiy, huquqiy va ma‘naviy saviyasi tobora o‗sib borayotgan, o‗z kelajagini, kim uchun va nima uchun mehnat qilayotganini o‗ziga aniq tasavvur etayotgan xalqmiz. Shu o‘rinda Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini eslatib o‘tishni joiz deb bilaman:‖ biz o‗z oldimizga qo‗ygan kelajagi buyuk davlat qurishdek olijanob maqsadga yetish yo‗lida sizlar kabi mard va shijoatli yoshlarimizga, ilmu fan cho‗qqilarini egallashga bel bog‗lagan, qiyinchilik va sinovlar oldida bosh egmaydigan, bugun hayotimizning hal qiluvchi kuchi bo‗lib maydonga chiqayotgan sog‗lom va barkamol avlodimizga ishonaman.‖1
O‗zining ahamiyati va mohiyatiga ko‗ra hech narsa bilan qiyoslab bo‗lmaydigan hayotimizdagi o‗zgarishlar haqida gapirganda, avvalo odamlarimizning dunyoqarashi va kayfiyati, fikru zikri, ularning hayotga, o‗z mehnati natijasiga munosabati tubdan o‗zgarib, yuksalib borayotgani haqida to‗xtalmasdan o‗tolmaymiz. Bugun insonning o‗zi o‗zgarmoqda, uning grajdanlik va siyosiy ongi, huquqiy madaniyati o‗smoqda.Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega, hayotga yangicha qaraydigan, sobiq mustabid tuzumga xos tushunchalardan ozod bo‗lib voyaga yetayotgan, o‗z fikri va qarashlariga ega bo‗lgan navqiron yoshlarimiz hayotga ishonch bilan kirib kelmoqda, jamiyatimizda mustahkam o‗rin olmoqda va mamlakatimizning taraqqiyoti yo‗lida hal qiluvchi kuchga aylanmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktab ta‘limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturining amalga oshirilishi samaralari mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilayotan ulkan e‘tiborning yaqqol tasdig‗idir. Ma‘lumki, O‗zbekistonda 12 yillik majburiy ta‘lim joriy etilgan, uning sifati xalqaro talablarga javob beradi.Shu o‘rinda Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlari o‘rinlidir:‖O‘quvchi yoshlarni ijtimoiy himoyalashga, ularga ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qib,bilim olishi uchun zarur moddiy sharoit yaratishga doimo e‘tibor berilmoqda‖.2Sport mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashning ajralmas tarkibiy qismiga aylangan. Uni bolalar va o‗smirlar, ayniqsa, qizlar o‗rtasida ommalashtirish, sog‗lom turmush tarzini keng qaror toptirish bo‗yicha noyob tizim yaratildi. Nafaqat shaharlarda, balki eng olis tumanlarda ham zamonaviy sport komplekslari barpo etildi.Bolalarni ommaviy tarzda sport bilan muntazam shug‗ullanishga va ularning salomatligini mustahkamlashga ko‗maklashmoqda.Mamlakatimizda ma‘naviyat va ma‘rifatni yuksaltirishga, bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga katta e‘tibor qaratilmoqda.
2014-2015 o‗quv yilida 2,6 million o‗quvchi 575 nomdagi 25 million nusxa darsliklar va o‗quv-uslubiy qo‗llanmalar bilan ta‘minlanadi.
―Milliy umumta‘lim elektron kutubxona‖ loyihasining amalga oshirilishi ham bolalarning intellektual rivojlanishiga ko‗maklashadi. Loyihada turli bilim olishga oid va o‗quv materiallarini elektron formatga o‗tkazish markazi, multimedia axborot resurslari markazi, shuningdek, integratsiyalashgan axborotkutubxona tarmog‗i tashkil etilishi, O‗zbekistondagi barcha axborot-kutubxona muassasalarining 2020-yilgacha ushbu tarmoqqa ulanishi mo‗ljallangan.‖3
Mazkur bitiruv malakaviy ishi ―Qaytma va yuqori darajali tenglamalar va ularni yechish metodikasi‖ mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘quvchilarning matematik ta‘lim jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob va o‘n ikkita paragraf,xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
Birinchi bobda dastlab qaytma va yuqori darajali tenglamalar haqida tushuncha,ta‘rif,teoremalar isboti va misollar bilan beriladi.
Ikkinchi bobda esa yuqori darajali tenglamaning xususiy hollari:kvadrat tenglama va uning bir necha ko‘rinishlarini yechish yo‘llari, uchinchi darajali
tenglamalarni Kardano formulasi yordamida yechish,to‘rtinchi darajali tenglamalarni Ferrari usulida yechish,kvadrat tenglamaga keltiriladigan yuqori darajali tenglamalar, Bezu teoremasi, Gorner sxemasi,ko`phadning ildizlari, algebraik tenglamalarning kompleks ildizlari va ularga doir misollar yеchish namunalari bayon qilinadi. Buning tasdig`i sifatida misollar ham keltiriladi.
Uchinchi bobda esa butun koeffitsientli ko‘phadning butun va ratsional ildizlari,tenglamalarning radikallarda yechilish tushunchasi,tenglamalarni taqribiy yechish va ba‘zi yuqori darajali tenglamalarni yechish usullari va ularga oid misollardan namunalar yechib ko‘rsatilgan.
Xulosa qismida esa mavzu yuzasidan kelib chiqadigan fikrlar, uning qanday darajada ahamiyatliligi aytib o‘tiladi.
Bitiruv malakaviy ishi so`ngida foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati keltiriladi.
O‘ylaymanki,ushbu bitiruv malakaviy ishida keltirilgan ma‘lumotlar asosida matematika darslari akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda oliy o‘quv yurtlarida yoritilib o‘tilsa, o‘quvchi va talabalar tafakkurini rivojlantiradi va o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashga undaydi.
|
| |