• Axborot texnologiyalar
  • Kurs ishimning maqsadi
  • Axborot tеxnologiyasining maqsadi




    Download 6,19 Mb.
    bet3/11
    Sana07.02.2024
    Hajmi6,19 Mb.
    #152516
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Toirova Nafisa Kurs ishi
    attestatsiya 2022 18.10, Matn protsessorida hujjat yaratish va uni taxrir qilish mavzusini (2), Курс иши Такриз рахбар хулоса
    Axborot tеxnologiyasining maqsadi – inson tomonidan tahlil qilish va uning asosida qandaydir xatti-harakatni bajarish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun axborot ishlab chiqarish.
    Ma’lumki, bitta moddiy rеsursning o‘zida turli tеxnologiyalarni qo‘llab, turli buyumlar, mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shuning o‘zi axborotni qayta ishlash tеxnologiyalariga ham xosdir.
    Moddiy ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish turli dastgohlar, asbob – uskunalar va shu kabi texnologik vositalar yordamida amalga oshirilganligi kabi informatsion tizimlarda ham xuddi shunday texnik vositalar mavjud. Ularga kompyuterlar, tarmoq vositalari va aloqa kanallari, programma va matematik ta’minotlar kiradi.
    Axborot texnologiyalar o‘zi uchun asosiy muhit bo‘lgan informatsion tizimlar bilan bevosita bog‘liqdir. CHunki informatsion texnologiya informatsion tizimlardan mavjud bo‘lgan ma’lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo‘lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
    Bilim - axborotlar majmuining idrok qilinishidir. Axborot esa ma’lumot berish, tushuntirish, izohdir. Biz atrofga qarasak, ko‘rish sezgisi, biror narsa eshitsak, eshitish sezgisi orqali axborot olamiz. Biror narsa so‘zlasak yoki ko‘rsatsak, axborot beramiz. Demak, qiladigan ishimiz, vazifamiz, asosan, axborot olish, yig‘ish, qayta ishlash va uzatishdan iborat ekan. Uni eng zamonaviy texnika vositasi bo‘lgan kompyuterlar orqali bajarsak, tez va soz amalga oshiramiz.
    Axborot texnologiyalarini tatbiq etish iqtisodiyot, fan, ta’lim va boshqarishning barcha sohalarida davomyetyapti. Axborot texnologiyalarining fan va ta’lim sohasidagi asoslari bo‘lgan ko‘plab zamonaviy texnika vositalari: kodoskop, audio va video magnitofonlar, televizor, kompyuter, skaner, mikrofon, kolonka, videoko‘z, videoproektor va nusxa olish apparatlaridan dars berish jarayonida maksimal foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
    Kurs ishimning maqsadi «Informatika o’qitish metodikasi» fanidan olingan nazariy va amaliy bilimlarini umumlashtirish, chuqurlashtirish va amaliyotda uchraydigan masalalarni ijodiy yondashgan holda mustaqil xal etish malakasini shakllantirishdan iboratdir.
    Hozirgi kunda jamiyatimizning har bir sohasiga kirib borayotgan texnika taraqqiyoti va rivojlanish asrida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’rganish va o’rgatish, yangi bilimlarni egallash va takomillashtirish bugunning dolzarb vazifalaridan biridir. Jumladan, ushbu kurs ishi mazmunida boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari bilan ishlashni, zamonaviy komunikatsiya vositalardan foydalanishni , o’quvchilarga berilayotgan bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan.

    Download 6,19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 6,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tеxnologiyasining maqsadi

    Download 6,19 Mb.