|
Mavzu: So’z turkumlarini o’rgatishda axborot texnalogiyalaridan foydalanish
|
bet | 5/11 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 6,19 Mb. | | #152516 |
Bog'liq Toirova Nafisa Kurs ishiSIFAT SO‘Z TURKUMI
Predmetlaming belgi-xususiyati (rangi, hajmi, shakli, mazasi, xarakteri,
holati, vazni, hidi, o'rin yoki vaqtga munosabati)ni ifodalaydigan so'zlar turkumi
sifat deyiladi.
Sifatlar ot yoki fe’lga bog'lanib qanday?, qanaqa?, qaysi?,
qachongi? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi: yashil qalam, mitti yulduz, kunbotar
tomon, kuzgi tufli, afsonaviy qush, tajang odam, yaxshi о 'qimoq, chiroyli yozmoq.
Sifatlar gapda aniqlovchi, kesim, hoi bo'lib keladi: Uning moviy ko'zlari
onasi- Safurani eslatib turardi (F.Azimova). Non aziz, uning ushog'i ham aziz
(Maqol). Chaqmoq telpagini qiyshiq qo'ndirib olgan (O'.Hoshimov).
Sifatlar otlashganda ko'plik, egaiik, kelishik qo'shimchalarini qabul qiladi
va otning so‘roqlariga javob bo'ladi, ot kabi sintaktik vazifalarni bajaradi. Masalan,
ega: Egri ozadi, to'g'ri o'zadi (Maqol); to'ldiruvchi: Vafosizda hayo yo4q,
hayosizda vafo yo'q (Maqol); qaratqich aniqlovchi: Yaxshining so'zi - qaymoq,
yomonning so *zi - to'qmoq (Maqol).
(Mirmuhsin). 4.Tor ko'chada qo'shnimizning eski, shaloq eshigi oldida mening
chol bobom - uzun soqolli, yirik jussali, kar quloq mo'ysafid bilan nimalar
to'g'risidadir ezmalanib so'zlashadi (Oybek). 5.Bobom oriq kichkina gavdasini
devorga suyab cho'qqaygan, hassasini tizzalarining orasiga qadagan. O'rtog'i esa
qo'pol, eski, sag'ri kovush kiygan, uzun oyoqlarini cho'zib, oftobga yag'rinini
tutgan holda, yerga yonboshlab o'tiribdi (Oybek). 6.Siyrak o'tkinchilar albatta, qo'l
qovushtirib ≪assalomu alaykum≫, - deb o'tadilar (Oybek). 7.Bo'yi pastroq odamlar baland bo'ylilarga havas bilan qarar emish (Shukrullo).
SON SO‘Z TURKUMI
Predmetning sonini miqdorini va joylashish tartibini bildirgan so‘zlar
turkumi son deyiladi. Sonlar qancha? necha? nechanchi? so‘roqlaridan biriga
javob bo‘ladi.
Hozirgi o‘zbek tilida 22 ta tub son bor: bir, ikki, uch, to ‘rt, besh, olti, yetti,
|
| |