|
Mavzu: So’z turkumlarini o’rgatishda axborot texnalogiyalaridan foydalanish
| bet | 4/11 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 6,19 Mb. | | #152516 |
Bog'liq Toirova Nafisa Kurs ishiMavzuning dolzarbligi:
Маmlakatimizda ta’lim tizimida maktab fanlarini o‘qitishda AKT dan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari ta’limning universal vositasi hisoblanib, nafaqat o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki o’qituvchilarda ham shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga ,bilimlarini mustahkamlashga qiziqishlarini qondirishga yordam beradi. Pedagogik va psixologik tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlanmoqdaki, AKT o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta’sir etadi. O‘quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad — aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo‘lgan o‘quv faoliyatlarining yangi turlarini paydo bo‘lishidir.
Mavzuning vazifasi:
-Boshlang’ich sinf o’qituvchilariga ko’maklashish va o’quvchilarida ona-tili fanining bir bo’lagi bo’lmish so’z turkumlari bo’limini o’rgatish va o’rganishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish;
Nazariy qism.
So’z turkumlari
O’zbek tilida so’z turkumlari mazkur belgilari asosida quyidagi ko’rinishda tartiblanadi:
I. Mustaqil so’zlar II. Yordamchi so’zlar
1. Ot. 8. Кo’makchi. 9. Bog’lovchi
2. Fe‘l. 10.Yuklama.
3. Sifat III. Oraliq so’zlar
4. Son 1. So’z-gaplar
5. Ravish.
6. Taqlid.
7. Olmosh
OT SO’Z TURKUMI
Predmetlik ma’nosini bildiruvchi so‘zlar turkumi ot deyiladi. Ot son,
egailik, kelishik kategoriyalari, turli ma’no va vazifa uchun qo’llanadigan
morfologik shakllarga, shuningdek, o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga ega.
Masalan: ishchilarimizning so'zida -chi — so‘z yasovchi, -lar — ko‘plik, -imiz
— egalik, -ning - kelishik shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalardir.
Otlar kishi nomlarini: Ahmadjon, Nozimbek, Maftuna, Muslima; o'rin-joy
nomlarini: Farg‘ona, Samarqand, maktab, qishloq; daraxt va o’simlik nomlarini:
chinor, majnuntol, kashnich, narsa-buyum nomlarini: cho‘mich, kosa, ko'ylak;
vaqt-fasl nomlarini: yil, daqiqa, soat, hafta, oy, yoz, kuz, qish, bahor, mart, may;
voqea-hodisa nomlarini: majlis, dars, tog-’ўоп, zilzila; Yer va osmon jismlari
nomini: tuproq, tog- tosh, quyosh, yulduz. Shuningdek: sevgi, tinchlik, orzu,
yaxshilik, qobiliyat kabi mavhum tushuncha nomlarini ifodalab keladi.
|
| |