|
Mavzu: So’z turkumlarini o’rgatishda axborot texnalogiyalaridan foydalanish
|
bet | 6/11 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 6,19 Mb. | | #152516 |
Bog'liq Toirova Nafisa Kurs ishisakkiz, to'qqiz, o ‘n, yigirma, о ‘ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to'qson,
yuz, ming, million, milliard. Qolgan sonlar esa shu sonlar asosida hosil qilinadi.
Masalan: о *n olti, yigirma besh, yetti yuz о ‘tiz, ikki ming to ‘rt kabi.
Sonlar harf bilan ham, raqam bilan ham yoziladi: sakson, to*qson, yuz; 80,
90, 100.
Raqamning ikki xilidan foydalaniladi.
1. Arab raqami. Asosan, hisob ishlarida, kun yilni ko'rsatishda ishlatiladi:
14^-16=30, 21 mart, 2004yil kabi.
2.Rim raqami esa ko‘proq asr, oy, hukumat anjumanlari, ilmiy
tadqiqotlarda bob va fasllami belgilashda ishlatiladi: XXI asr,
10. XL 2004, XXchaqiriq, IX sessiya, I bob, IYfasl, I kurs kabi.
Sonlar otga bog'Ianganda sifatlovchi, fe’lga bog‘lanib kelsa hoi vazifasini
bajaradi: To ‘qqizinchi qavat, Umsiz bir yashar, ilmli ming yashar.
Sonlar otlashganda, kelishik, egaiik qo‘shimchalarini oladi va gapda ot
bajargan vazi fa larda keladi.
Songa xos morfologik xususiyatlardan biri so'z yasash tizimining yo'qligi
bilan belgilanadi. Boshqa turkumdagi so'zlardan son hosil qilinmaydi.
Songa ~nchi (-inchi), -cv, -ata, -ta, -tacha qo'shimchalarini qo'shish orqali
sonning turli shakllari hosil qilinadi: to ‘rtinchi, beshov, uchala, to ‘rtta, о ‘ntacha.
Ko'pincha sonlar maxsus o'lchov-miqdor bildiruvchi hisob so'zlari bilan
keladi: o'n daqiqa, bir tomchi, uch qadoq, to'rt kilogramm, bir burda.
OLMOSH SO‘Z TURKUMI
Predmet yoki uning biror belgisiga nom bo‘lmay, predmet yoki belgi
tushunchasining mavjudligini ko'rsatadigan mustaqil so‘zlar turkumi olmosh
deyiladi. Olmoshlar nutqda ot, sifat, son o‘mida keladi va gapda ularga xos vazifani
bajaradi.
Olmoshni boshqa turkumdagi so‘zlardan ajratuvchi asosiy belgi uning
ma’no xususiyatidagi mavhumlik va umumiylikdir. Olmoshlar boshqa turkumdagi
so‘zlardan yasalmasligi jihatidan songa o’xshaydi.
|
| |