• Ushbu quyida keltirilgan senariydan tadbirlarda ham foydalanish mumkin. XULOSA
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
  • Foydalanilgan internet saytlar.
  • Mavzu: So’z turkumlarini o’rgatishda axborot texnalogiyalaridan foydalanish




    Download 6,19 Mb.
    bet11/11
    Sana07.02.2024
    Hajmi6,19 Mb.
    #152516
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Toirova Nafisa Kurs ishi
    attestatsiya 2022 18.10, Matn protsessorida hujjat yaratish va uni taxrir qilish mavzusini (2), Курс иши Такриз рахбар хулоса
    «Ona til-qalb ko’zgusii»
    Asosiy g`oya
    Ona tiliga e’tiborni, meqr-muxabbatni kuchaytirish. Tilimizni mukammal bilishga, milliy o`zlikni anglashga, qadriyatlarni e’zozlashga o`rgatish. Ona tili millat ma’naviyatining ko`zgusi ekanini e’tirof etish.
    Asosiy g`oyani keng ko`lamda yorqin va jozibali aks ettirish uchun xona bayramona bezatiladi. Sahna to`rida «1991 yil 21 oktyabr’ kuni, O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan» yozuvi joylashtiriladi. Xona devorlariga til haqidagi maqolalar yozilgan plakatlar tartib bilan joylashtiriladi. O`ng burchakda «Turkiy tillarning shajara daraxti» o`z bezagi bilan saxna ko`rkiga fayz kiritadi. O`quvchilar sahnadan pastda doira shaklida ikki qator bo`lib joylashadilar. O`rtadagi stol ustida buyuk allomalarimiznig ma’naviy me’rosi bo`lmish noyob asarlar davriga qarab, ketma-ketlikda joylashtiriladi.
    Chorlov musiqasi yangraydi. Mirtemirning «Ona» tili she’ri o`qiladi.
    Ona tilim -onajonim tili bu,
    Beshikdanoq singan jonu quloqqa.
    El-yurtim, qonimonim tili bu,
    Qadimlikdan o`xshar ona tuproqqa
    Bobolardan bizga me’ros ezgu til,
    Avlodlarga xazinayu bebaxo.
    Qalbimizga, ruhimizga ko`zgu til,
    Bu dunyoga bag`ishlaymiz ne daho.
    Yovonlarning cheksizligi,
    Ham samimiy ham hovuri,
    Onjonlar allasidan,
    Ko`z yoshidan, oq sutdan,
    To`g`aylarning tengsizligi,
    Jilg`alarning sho`x hovuri,
    Yigitlarning yallasidan,
    Suluvlarning sukutidan,
    Yo`g`rilgan til-ona tilim.
    Cho`lponlarning qamish bayti,
    Childirmaning darillashi,
    Go`ro`g`lining alp siymosi,
    Alpomishning da’vosidan,
    Tug`ilgan til-ona tilim.
    1-boshlovchi:
    Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Mustaqil yurtning barkamol yoshlari, aziz ustozlar, bugungi «Ona tili qalb ko’zgusi»ga xush kelibsizlar!
    2-boshlovchi:
    Bayram munosabati bilan barchangizning o`qish va ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Inson go`zalligi , ma’naviyati, buyuk me’rosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu-tildir. Shu sabab onadek aziz o`z ona tilimizni asrab-avaylash, e’zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir.
    1-boshlovchi:
    Dunyoda turli-tuman xalqlar yashaydi. Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bo`yicha 3mingdan ortiq til mavjud.
    2-boshlovchi:
    O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatdagi barcha tillarning tengligi va erkinligini ta’minlaydi.Asosiy qonunning 4-moddasida O`zbekistonda yashovchi barcha millat va elatlarning tillarini, urf-odatlarini hurmat qilish ta’kidlangan.
    (Shundan so`ng, saxna bo`sh qolib, hazin musiqa yangraydi. Ona siymosi paydo bo`ladi.)
    Ona:- Mehribon farzandlarim, jondan aziz dilbandlarim, o`z yurtiga fidoiy, mard paxlavonlarim. Sizlar o`z ona tilimizni doimo asrab avaylanglar.O`z tilimizning qatorida qardosh, chet tillarni ham o`rganib, xurmat qilinglar. Mening sizlarga murojaatim shuki, tilimizning sofligini saqlang, uning boy ifoda vositalaridan o`rinli va unumli foydalanishga xarakat qiling, go`zalligini namoish eting. Sizning komilligingiz, avvalo, muomila madaniyatingizda namoyon bo`ladi. «Yaxshi so`z-jon ozig`i», «Bir ko`ngil imorati-ming Makka ziyorati» deganlaridek, shirinsuxan bo`lib, millatning fahri, g`ururi bo`lib yashanglar.
    Saxnaga yana boshlovchilar chiqishadi.
    1-boshlovchi:
    Munis onadon, har bir so`zingiz biz uchun muqaddas. Chunki o`zingiz bu tuyg`uni, mehrni allangiz ila ko`nglimizga jo aylagansiz.
    2-boshlovchi:
    Tilimizning barqarorligi o`zga tillar hamjixatligidadir. Bugun 20 dan ortiq tillar oilasi mavjud. Endi e’tiboringizni ona tilimiz tarixiga qaratsak.
    O`quvchilar sahnadagi «Shajara daraxti»ga bog`langan turli lentalarni qo`llarida qilpilatadilar. Lentalarga turkiy tillar oilasiga mansub o`zbek, qozoq, qirg`iz, uyg`ur, tatar, qoraqalpoq kabi so`zlar yozilgan.
    Oqang taraladi.
    1-o`quvchi:
    Keling, birgalikda bugun tilimizning tarixini, qudratini, madxini kuylaylik.
    2-o`quvchi:
    Bu azim daraxtning ildizi shunchalik mustaxkamki, har bir bo`g`inida buyuk kutubxona mavjud
    3-o`quvchi:
    Bunda Rabg`uziy «Qissasi Rabg`uziy» asari ila o`z hikoyatlarini yaratadi.
    4-o`quvchi:
    Yusuf Xos Hojib «Qutadg`u bilig» asari, Mahmud Qashqariy «Devonu lug`otit turk» asari ila til tarihidan so`zladi.
    5-o`quvchi:
    Alisher Navoiy turk tilida «Xazoyinul maoniy» dek bebaho va «Xamsa»dek shoh asarni yaratib, so`z mulkining sultoni bo`ldi.
    6-o`quvchi:
    Zahiriddin Muhammad Bobur o`zining betakror «Boburnoma» asari orqali xalq tarihidan so`zlaydi.
    7-o`quvchi:
    Farobiy fozillar shahrini kitobda qurdi.
    8-o`quvchi:
    Darhaqiqat, ne-ne allomalarimiz tilimizning qudrati ila ezgulikdan so`zlaydi, buning barobarida jamiyat yuksaldi. Til tarihini so`zlovchilar sahnadan musiqa sadolari bilan kuzatiladi.
    1-boshlovchi:
    Tilimizning buyukligi, serqirra va serjilo, sirli jozibasini Navoiy bobomiz singari barcha o`zbek shoirlari va adiblari o`z asarlarida isbot qilishga harakat qilib kelmoqdalar. O`zbek tilida yaratilgan asarlarning qaysi misralarini o`qimang, tilimizning uchqur oti sizni faqat ezgulikka chorlaydi.
    2-boshlovchi:
    Tilning buyukligi ana shundaki, kishilarning ma’naviy dunyosini boyitish bilan birga inoqlikka, birdamlikka chorlaydi.
    1-boshlovchi:
    Har bir tilning poydevori
    Yozuv harflardir azal.
    So`z tuzadi, ular so`zga
    Ma’no berar galma-gal.
    2-boshlovchi:
    Keling, navbatni «Til mushoirasi»ga beramiz. Bunda biz ona tili saboqlarini «Fonetika», «Morfologiya», «Sintaksis» guruhlaridan tinglaymiz.
    Nomlari alohida qayd etilgan holda, sahnada uch guruhda besh nafardan o`quvchi chiqadi. Har bir guruh she’riy ta’rif beradi.
    «Fonetika» guruhi:
    1-o`quvchi:
    Bobolardan qolgan ezgu til,
    Yozuvi buyukdir buni yaxshi bil.
    Tovushlarda aks etadi,
    Qalam buni bayon etadi.
    2-o`quvchi:
    Tovushlarni ta’rif etay,
    Ular tilning gavxari.
    Shu boisdan alifbodan
    Joy olishgandir bari.
    3-o`quvchi:
    Oltovmiz biz, unutmang,
    Bizda bor faqat ovoz.
    O va a bizga qondosh,
    I va ye esa safdosh,
    U va o` g`am bor yana,
    Barimiz so`zda bosh-qosh.
    4-o`quvchi:
    Yigirma uch qarindosh,
    Deyishar bizni undosh,
    Ovoz-shovqin raqs tushsak,
    Quvnaymiz bo`lib qardosh.
    5-o`quvchi:
    Tutuq belgisi bo`lsam-da,
    So`zda mening o`rnim bor.
    Jur’at, Sur’at, Sa’dulla,
    Yoddan chiqarmang zinhor.
    «Morfologiya» guruhi:
    1-o`quvchi:
    Jonivorga almashtirmang,
    So`roqlarim «Kim?», «Nima?»,
    «Qayer?» ham menga tobe,
    So`z turkum sardori «Ot»man.
    2-o`quvchi:
    So`ylang, qay so`z turkumi
    Tovlanadi rang-barang.
    Zavq berar darajam ham,
    Deyishar «qanday?» «Sifat».
    3-o`quvchi:
    Hammani bir-bir terib,
    Hayron qildim hammani,
    Hammani sanab «Nechta?»,
    Ardoqlab «Son» der meni.
    4-o`quvchi:
    Nima almashib kelar,
    Ot, sifat, son o`rnida?
    So`roq qilib, belgilab,
    Toki ko`rsatib tursam,
    Der, «Olmosh» o`z o`rnida.
    5-o`quvchi:
    Ovoz beramiz, ish bor joydan,
    O`rtog`im belgini bildirar,
    So`roqlaridir «qanday?», «qaysi?»,
    O`zimni hech so`ramang asli,
    Doim harakatda bo`laman.
    «Fe’l» bo`lib, ishga yuguraman.
    «Sintaksis» guruhi:
    1-o`quvchi:
    O`zim gapning egasiman, egasi,
    Hech bo`lakka bo`ysinmas xokimman,
    Men ne desam kesim darhol ko`najak,
    «Qayer?», «Nima?», «Kim?» deb
    So`roqlab qolaman.
    2-o`quvchi:
    Ega nima buyursa, men shunga tayyor,
    Shaxs, sonda va zamonda mosligim bor.
    Askariyat fe’ldan hosil bo`lib doim,
    Olmosh, otdan, sifat, sondan ifodam bor.
    3-o`quvchi:
    To`ldiruvchi derlar asli otimni,
    Men ikkinchi darajali bo`lakman.
    Kesimjonning orqasidan ergashib,
    Ma’nosini to`ldirgani kerakman.
    4-o`quvchi:
    Gapda otga bog`langanman doim,
    «Qanday?», «Qaysi?», kabi so`roqlarim bor.
    Ismimni der, erkalab «Aniqlovchi»,
    Ega, kelishikda o`rtoqdarim ko`p.
    5-o`quvchi:
    Ega bilan ishim yo`q, kesimning oshnasiman,
    Ish- harakatning «qachon?», «qanday?» yoki «qaerda?».
    Menga kesim bo`lsa bas, laxzada ishim bitar,
    Ikkinchi darajali bo`lak, ismimni «hol» deyishar.
    Hamma birgalikda jo`r bo`lib, quyidagi she’r bilan kechani yakunlashadi.
    Bobolardan bizga me’ros ezgu til!
    Barcha qonuniyatin ardoqlab doim,
    Ma’naviy me’rosni asragaymiz bil.
    Qalbimizga, jonimizga ko`zgu til.
    1-boshlovchi:
    Ona tilim, o`zingdirsan elni opichlab,
    Shu kunlarga olib kelib taratgan ziyo.
    Ona tilim, o`zingdirsan yillab asrab,
    O`zbek elin Istiqlolga yo`llagan daho
    Shu tariqa tadbir chiroyli yakunlandi.
    Ushbu quyida keltirilgan senariydan tadbirlarda ham foydalanish mumkin.

    XULOSA
    Hayotimizni texnikasiz tassavvur qilib bo’lmaydigan bir asrda yashayapmiz. Kompyuterlar, texnikalar turmushimizning barcha jabhalarda mavjud va ular biz uchun katta qulaylik va imkoniyatlar kaliti bo’lmoqda. Shu o’rinda biz foydalanayotgan, turmushimizning ajralmas bo’lagiga aylanib ulgurgan kompyuterlar, telefonlar va internet tarmoqlari insoniyatning ko’pchilik masalalarini hal qilishga katta ko’mak berib yirik imkoniyatlar yarata oldi.
    Kundan kunga yangi zamonaviy texnikalar yaratilmoqda, albatta barchasi jamiyat taraqqiyoti, kelajak avlod ravnaqi uchun . Shuning uchun ham bugungi o’sib kelayotgan yosh avlod onggiga axborot, kompyuter, kommunikatsion aloqalar , axborot texnologiyalarini o’rganish va o’rgatishning ahamiyati va rolini uqtirish bugunning, biz bo’lajak pedagoglarning vazifalaridan biridir.
    Ushbu kurs ishimda umum ta’lim maktab o’quvchilariga jamiyatimizda axborot texnologiyalarining qanday muhim o’rin egallashini, shuningdek, axborot texnologiyalardan foydalangan holda boshlang’ich sinf o’quvchilarida Ona tili faniga mexr muxabbat uyg’otish hamda so’zlardan to’g’ri,o’z o’rnida foydalanishda axborot texnalogiyalardan unumli foydalanish kerakligini tushundim. Xulosa qilib aytganda kurs ishimni yozish mobaynida men boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun tabiat haqida tasavvur uyg’otishlari uchun axborot texnalogiyalaridan foydalandim. Ya’ni Power Point dasturida taqdimot tayyorladim. Nazariy qismida esa boshlang’ich sinf o’qituvchim bergan bilimlarni qaytadan esga oldim.
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

    1. “Boshlang’ich sinflarda axborot texnalogiyalari”- Jumayev M.E, Sadikova A.V, Toshpo’latova M.I.

    2.“Informatika o’qitish metodikasi”-Ma’ruza matni. Tuzuvchilаr: А.А.Mеdаtоv, G.Temirova, N.A.Komiljonov, M.Rахmоnоv.
    3. 3-sinf Ona tili darsligi-M.Xudayberganova,S.Fuzailov (2006-yil).


    Foydalanilgan internet saytlar.

    1. www. google. uz– axborot qidiruv tizimi.

    2. www. edu.uz

    3. Ziyonet.uz portal.



    Download 6,19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 6,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: So’z turkumlarini o’rgatishda axborot texnalogiyalaridan foydalanish

    Download 6,19 Mb.