16
ma’ro’zachi yoki opponent sifatida
tayyorlanib kelishga
o’rgatish juda muhim hisoblanadi. Referatli ma’ro’zalarni
yakuniy seminarda, uning
asosiy savollari avvaldan
muhokama qilib bo’lingan, katta bir mavzu bo’yicha
ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Press-konferentsiya.
Qisqa so’zga chiqishdan so’ng birinchi savol bo’yicha
ma’ro’zachiga (agarda ma’ro’zalar bir qator talabalarga
berilgan bo’lsa, o’qituvchining o’zi ulardan biriga so’z
beradi) so’z beriladi. SHundan so’ng
har bir talaba
ma’ro’za mavzusi bo’yicha unga savol berishi lozim.
Savol va javoblar seminarning markaziy qismini tashkil
etadi. Qancha ko’p jiddiy tayyorgarlik ko’rilsa,
savollar
shunchalik chuqur va mahoratli beriladi. Savollarga avval
ma’ro’zachi
javob beradi, so’ngra u yoki boshqalar
bo’yicha istagan bir talaba o’z fikrini bildirishi mumkin.
Bunday holatlarda qo’shimcha ma’ro’zachilar,
agarda
shundaylar belgilangan bo’lsa,faol bo’ladilar. O’qituvchi
har bir muhokama qilinayotgan savol bo’yicha, yoki
seminar yakunida o’z xulosasini qiladi.
O’zaro o’qish.
Tushunish
va
o’zlashtirish
uchun
eng
ko’p
murakkablikdagi savollarni o’rganish asosiy maqsadga ega
bo’lgan, seminar. Seminar mobaynida talabalarni o’zaro
o’qishga yo’naltirish muhim hisoblanadi: har kichik-
guruhga
mavzuning bir savoli beriladi, bu bo’yicha ular
ishlaydilar va bunga asos (ekspert varaqlar – savolni
yoritish rejasi, tayyorlangan ma’lumotlarni
vizual taqdim
etish bo’yicha tavsiyalar) beriladi. Ekspert guruhlarning
ish natijalari taqdimotidan so’ng o’qituvchi
xulosalar
qiladi.