Part simvolidan foydalaniladi.  XI. Undov so’zlar uchun Interj




Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/117
Sana22.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#43214
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   117
Bog'liq
Formal grammatika nazariyasi
G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar, 6ab9bf0ac2cded7d354dc5779178fbaf Bank risklari, Bo`lim boshlig`il, ZAMONAVIY IQTISODIY O\'SISH MODELLARI , 5 Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari-Темпы роста производства продукции, Mavzu Temperaturani o’lchash Reja, 10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari, 1-Mavzu Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish, Mavzu Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish Ishdan fayllar, Laboratoriya ishi №1 2 Mavzu Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodala
Part simvolidan foydalaniladi. 
XI. Undov so’zlar uchun Interj simvolidan foydalaniladi. 
XII. Taqlid so’zlar uchun Mim simvolidan foydalaniladi. 
Gap bo'laklari 
 
Ixtiyoriy tildagi yozma matn yoki shaxsning nutqi jumla deb ataluvchi alohida 
segmentlardan iborat bo'ladi. Ular sodda va qo'shma (ya'ni sodda gaplardan tashkil 
topgan) gaplarga bo'linadi. Har qanday tilning grammatikasini o'rganish sodda gaplar 
bilan tadqiq etishdan boshlanadi. Har qanday tildagi sodda gaplar tarkibida ega, kesim,
to'ldiruvchi, aniqlovchi, hol kabi gapning bosh va ikkinchi darajali bo'laklari mavjud 
bo’lishi mumkin. 
I. Ega - gapning zaruriy bo'lagi bo'lib, boshqa bo'laklar bilan grammatik 
bog’langan bo'ladi, u predmet yoki shaxsni bildiradi. Ega kim, nima, qayer so'roqlariga 
javob beradi. Ega uchun simvolidan foydalaniladi. 
II. Kesim - gapning ham semantik, ham grammatik markaziy bo'lagi bo'lib, u 
gapning yadrosi hisoblanadi, kesimsiz gap shakllanmaydi, u harakat, holat, xususiyat 
kabilarni anglatadi. Kesim nima qilyapti, nima qilmoqchi, nimadan tashkil topgan kabi 
so'roqlarga javob beradi. Kesim uchun P (ba’zan V) simvolidan foydalaniladi. 
III. To'ldiruvchi deb predmetni bildiruvchi va ma'no jihatidan kesimni 


33 
to'ldiruvchi gap bo'lagiga aytiladi. Vositasiz (obyektsiz) to'ldiruvchi kimni, nimani 
so’roqlariga, vositali to'ldiruvchi esa kimga, nimaga, kimda, nimada, kimdan, nimadan, 
kim haqida, nima haqida va hk. so’roqlariga javob bo’ladi. To’ldiruvchi uchun 
simvolidan foydalaniladi. 
IV. Aniqlovchi otning belgilarini tushuntiruvchi, izohlovchi gap bo'lagidir. 
Aniqlovchi predmetning belgisini bildirgan holda qanday, kimning, nechanchi, qancha 
kabi so'roqlarga javob beradi. Aniqlovchi kompyuter lingvistikasida gap bo’lagi sifatida 
ajratilmaydi, chunki u gapda boshqa bo’laklarga tobelanib keladi, u gap uchun 
nozaruriy (fakultativ, obligator emas) bo’lak hisoblanadi. 
V. Hol kesimda ifodalanayotgan harakat yoki holatning o'rni, payti, maqsadi, 
sababi va bajarilish sharti kabilarni bildiruvchi gap bo'lagidir. U qanday, qay tarzda, 
qaerda, qachon, nima sababdan, nima uchun kabi so'roqlarning biriga javob beradi. Hol 
uchun simvolidan foydalaniladi. 
Modellashtirish metodi keyingi paytlarda tilshunoslikda faol tadbiq qilina 
boshlandi. Bunda olimlar bu metodning bir qator abzalliklari va pragmatik jihatlarini 
nazarda tutadilar. Buni quyidagicha izohlash mumkin: 
- Birinchidan, modellashtirish amaliy metod hisoblanadi, tavsifiy emas.
- Ikkinchidan, modellashtirish metodi har qanday sharoitda optimal (“eng 
qulay”, “eng maqbul” degan ma’nolarni ifodalaydi) hisoblanadi.
- Uchinchidan, modellashtirish metodi ekonomiya prinsipiga tayanadi. Bunda 
so’z, uzun ta’rif va tavsiflarga ehtiyoj bo’lmaydi.
- To’rtinchidan, obyektni tushuntirish va izohlashni osonlashtiradi va 
soddalashtiradi. 
Borliqdagi hamma narsalarning ijobiy va salbiy tomonlari bo’lgani kabi, 
modellashtirish metodining ham pozitiv va pragmatik tomonlari bilan birga salbiy 
tomonlari ham bor. Uning kamchiliklari, salbiy tomonlarini quyidagicha umumlashtirish 
mumkin: 
- Birinchidan, modellashtirishda faqat struktur va formal belgilarga 
asoslaniladi. Bunda mazmuniy tomon, semantik qirralar e’tibordan chetda qoladi. 
Vaholanki, har qanday hodisaning, xususan, lisoniy hodisaning, mohiyati shakl va 
mazmun birligida o’z ifodasini topgan bo’ladi.
- Ikkinchidan, bizning obyekt haqidagi bilimlarimiz rivojlanib borgan sari 
modellar eskiradi. Avvalgi bilimlarni inkor qilish hisobiga fan rivojlanadi. Mavjud 
modellar bilimlarimiz ufqini cheklaydi va xato tasavvurlarga olib kelishi mumkin. 
- Uchinchidan, tabiat va jamiyatdagi hech bir narsa boshqa obyektlar 
ta’siridan holi bo’lmaydi. Ya’ni modellar nisbiylik xarakteriga ega bo’ladi, biz ularni 
mutlaq haqiqat sifatida qabul qila olmaymiz. 


34 
Kompyuter lingvistikasida eng ko’p qo’llanilayotgan metodlardan biri analogiya 
metodi hisoblanadi. Analogiya (yunoncha ἀναλογἰα so’zdan olingan, “moslik”, 
“o’xshashlik” ma’nosini anglatadi) — munosabatlarning tengligi, muvofiqligi; hodisa 
va jarayonlarning muayyan xossalarini qiyoslash yo’li bilan anglashda o’xshash 
jihatlari. Qiyoslanayotgan obyektlar o’rtasida o’xshashlik va farqlanish kuzatiladi, bu 
qiyoslashning asosi sanaladi. Bunda ma’lum obyektga xos bo’lgan aniq belgining 
qiyoslanayotgan obyektlarda kuzatilishiga tayanib ularning identifikatsiyasi asosida 
mushtarak jihati aniqlanadi. Masalan, sifat va ravish so’z turkumiga mansub so’zlar 
berildi. Ular bir qarashda bir-biriga juda yaqin, so’roqlari o’xshash, lekin shu bilan birga 
farqli tomonlari ham mavjud. Shunda analogiyaga tayanib berilgan so’zlarning 
mushtarak jihatlarini ajratish mumkin. Yoki ko’p odamlar “singan oyna – baxtsizlik, 
noxush voqealarni keltirib chiqaradi” degan irimga ishonadi. Bu irimning kelib chiqishi 
ham qandaydir mistik asosga ega emas, balki analogiyaga asoslangan. Ya’ni singan 
oyna insonni xunuk aks ettiradi, mazkur tashqi o’xshashlik asosida tasvirning buzilishi 
undan foydalanuvchi uchun ham shunga mos yomon oqibatlarni keltirib chiqaradi degan 
xulosaga olib kelgan. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, analogiya induksiya (umumiylikdan 
xususiylikka borish; qoidadan misolga borish) va deduksiya (xususiylikdan 
umumiylikka borish; misoldan qoidaga borish) metodlari bilan uzviy aloqadorlikda 
bo’ladi. Bilish jarayonida ular o’rtasiga qat’iy chegara qo’yib bo’lmaydi. Analogiya 
deduksiya va induksiya o’rtasida bog’lovchi “xalqa” vazifasini o’taydi.
Bilishda analogiya metodining ahamiyatini mashhur matematik Dyord Poya 
shunday izohlydi: “Analogiyaga asoslanmasdan na elementar, na oliy matematikada, 
na fanning boshqa sohalarida hech qanday kashfiyot qilib bo’lmaydi”. Stefan Banax 
esa shunday yozadi: “Matematik isbotlar o’rtasidagi analogiyani topa olgan odam, eng 
yaxshi matematik – isbotlar o’rtasida analogiya o’rnata olgaan odam, bundan ham 
ko’ra kuchli matematik – nazariyalar analogiysini sezgan odam; biroq odam o’zini eng 
kuchli hisoblashi uchun analgiyalar o’rtasidagi analogiyani ko’ra olishi kerak”. Ushbu 
mulohazalardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, analogiya lingvistikadagi, 
xususan, kompyuter lingvistikasidagi tadqiqotlar uchun ham o’ziga xos “kompas” 
vazifasini bajaradi. 
Akademik L.V.Sherba o’zining bir ma’ruzasida yozuv taxtasiga shunday 
jumlani yozadi: “Глокая куздра штеко будланула бокра и кудрячит бокренка”. 
Talabalardan uning grammatik tahlilini talab qiladi. Mazkur jumla aslida hech qanday 
mazmunga ega emas, lekin u rus tilidagi mazmunga ega bo’lgan qaysidir jumlani 
eslatadi. Bu jumlaning grammatik tahlilini amalga oshirish mumkin. Masalan, “куздра” 
so’zi – birlik, bosh kelishik, jenskiy rod shaklidagi ot bilan ifodalangan ega, 
“будланула” so’zi – o’tgan zamon shaklidagi fe’l bilan ifodalangan kesimlardan biri, 
“кудрячит” so’zi – noaniq shakldagi fe’l bilan ifodalangan boshqa bir kesim tarzida 


35 
tahlil qilish mumkin. Masalaga bunday yondashish analogiya metodi asosida bo’ladi. 
Mazkur yondashuv, ayniqsa, kompyuter lingvistikasidagi matning avtomatik analizi 
yo’nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda so’zlarning grammatik tavsifi va 
so’zlarning oxiridagi harf tarkibi o’rtasidagi kuchli korrelyatsion aloqaga tayaniladi
.
34
Y
a’ni oxirgi harf tarkibi bir xil bo’lgan so’zlarning derivatsion va relyatsion modellari 
(so’z yasalishi va shakl yasalishi) hamda grammatik ma’lumotlari (qaysi so’z turkumiga 
mansubligi, qanday grammatik kategoriyalarga egaligi) bir xil bo’lishi tabiiy. Masalan, 
ingliz tilida -er, -ness, -dom kabi, rus tilida -ность, -щик, -ник kabi, o’zbek tilida -
shunos, -chi, -lik qo’shimchalarga ega bo’lgan so’zlar yuqori ehtimollik bilan ot (noun) 
so’z turkumi hisoblanadi. Demak, tezaurusda (lug’at bazasida) mavjud bo’lmagan 
so’zlarning avtomatik analizi mavjud bo’lganlarining harf tarkibidagi moslikdan, so’zlar 
analogiyasidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi mumkin. Bu jarayonda tizimning 
lingvistik ta’minoti chappa (ters) lug’atlar bilan ham to’ldirilgan bo’lishi lozim.

Download 1.93 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   117




Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Part simvolidan foydalaniladi.  XI. Undov so’zlar uchun Interj

Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish