29
qilinayotgan soha yoki yo’nalishga qarab amalga oshirilishi mumkin. Masalan,
modellashtirishning quyidagi turlarini ajratib ko’rsatish mumkin: informatsion
modellashtirish, lingvistik modellashtirish,
kompyuterli modellashtirish, matematik
modllshtirish, matematik-kartografik modellahtirish, molekulyar modellashtirish,
mantiqiy modellashtirish, pedagogik modellashtirish, psixologik modellashtirish,
statistik modellashtirish, struktur modellashtirish, fizik modellashtirish, iqtisodiy-
matematik modellashtirish, imitatsion modellshtirish, evolyutsion modellashtirish,
kognitiv modellashtirish kabi.
Modellarni shartli ravisda quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Tabiiy modellar – o’rganilayotgan obyekt bilan bir turda bo’ladi va undan
faqat o’lchamlari jarayonlarining tezligi va ba’zi hollarda yasalgan materiali
bilan farq
qiladi.
2. Matematik modellar – prototipdan (asl nusxadan) jismoniy tuzilishi bilan
farq qiladi, lekin prototip bilan bir xil matematik tasvirga ega bo’ladi.
3. Mantiqiy-matematik modellar – belgilardan iborat bo’lib, abstrakt model
hisoblanadi va tafakkur jarayonini o’rganishda qo’llaniladi.
4. Kompyuterli modellar – matematik va mantiqiy modellashtirish metodlariga
asoslanib kompyuterda algoritm va dasturlardan foydalanib yaratiladigan modellar.
Kompyuterli modellashtirish bugungi kunda barcha fanlarda, xususan,
kompyuter lingvistikasida ham samarali metod hisoblanadi.
31
Kompyuter
modellashtirish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
•
Masalaning qo’yilishi, modellashtirish obyektining aniqlashtirilishi
•