Konseptual (tushunhaviy, fikriy) model




Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/117
Sana22.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#43214
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   117
Bog'liq
Formal grammatika nazariyasi
G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar, 6ab9bf0ac2cded7d354dc5779178fbaf Bank risklari, Bo`lim boshlig`il, ZAMONAVIY IQTISODIY O\'SISH MODELLARI , 5 Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari-Темпы роста производства продукции, Mavzu Temperaturani o’lchash Reja, 10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari, 1-Mavzu Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish, Mavzu Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish Ishdan fayllar, Laboratoriya ishi №1 2 Mavzu Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodala
Konseptual (tushunhaviy, fikriy) modelning ishlab chiqilishi, tizim asosiy 
unsurlarining ajratib olinishi
• 
Formalizatsiya, ya’ni matematik model bosqichi; algoritm yaratilishi 
hamda dastur ishlanishi 
• 
Kompyuter eksperimentlarini o’tkazish 
• 
Natijalarning tahlili va talqini. 
Sun’iy intellekt tizimi oirsidagi tabiiy tilli interfeys, ekspert tizimlari, eyron 
tarmoqlar, lingvoanalizatorlar, gapiruvchi avtomatlar – barchasi kompyuter 
modellashtirish natijasi hisoblanadi. 
Modellashtirish jarayoni uchta unsurni o’z ichiga oladi:
• 
Subyekt (tadqiqotchi) 
• 
Tadqiqot obyekti 
• 
O’rganuvchi subyekt va o’rganiluvchi obyekt munosabatini aks ettiruvchi 
model. 
31
Grishman R. Computational linguistics. Cambridge University Press, 1994. – P. 7-8. 


30 
Modellashtirish har bir fan obyektini soddalashtiruvchi metoddir. Lingvistik 
birliklarni modellashtirish bu belgilar tarkibidagi elementlarning barqaror 
munosabatlariga asoslanadi. Shuning uchun ham butunlik tarkibidagi elementlar 
o’rtasida munosabatlarning barqaror va beqaror turlarga ajratilishi lingvistik 
modellashtirish uchun katta ahamiyatga ega. Modellashtirish barcha fanlar uchun xos 
bo’lgan umumilmiy metod hisoblanadi va u quyidagi tamoyillarga amal qiladi: 
- deduktivlik – mantiqiy xulosa chiqarishga asoslangan bo’ladi, xususiylikdan 
umumiylikka tamoyilida bo’ladi; 
- tafakkur eksperimentidan foydalanish
- evristik funksiyaga ega bo’lishi. Ya'ni u yangi g’oyalar bera olishi va uni 
amaliyotda sinab ko’rish imkoniyati bo’lishi zarur; 
- eksplanatorlik xususiyatiga, ya’ni tushuntirish kuchiga ega bo’lishi kerak. 
Shundagina model eski nazariya tushuntirib bera olmagan muammoni hal qiladi, 
obyektning ilgari kuzatilmagan, ammo kelajakda amalga oshishi mumkin bo’lgan 
tomonini kashf qiladi.
32
- modelni ideallashtirilgan obyekt sifatida talqin qilish. 
Shu o’rinda aytib o’tish zarurki, modellashtirish obyektni umumlashtirish 
darajasiga ko’ra quyidagicha bo’ladi: 
1. Lingvistik faktni tavsiflashga qaratilgan analitik model. 
2. Oraliq model yoki to’ldiruvchi model. 
3. Maksimal umumlashtirishga asoslangan sintezlovchi model.
Lingvistik model tushunchasi struktur tilshunoslikning E.Sepir, L.Blumfild, 
R.Yakobson, N.Chomskiy, Z.Harris, Ch.Hokket kabi namoyandalari tomonidan kirib 
kelgan. Uning taraqqiyoti esa XX asrning 60-70 yillariga (matematik va kibernetik 
lingvistika rivojlana boshlagan davrga) to’g’ri keladi. Lingvistik modelni quyidagi 
turlarga ajratish mumkin: 
1. 
Inson nutqiy faoliyati moderllari. Bu modellar konkret nutq jarayonini va 
hodisalarini aks ettiradi. Masalan, aniq bir tovushning talaffuz modeli yoki nutqning 
yuzaga chiqish modeli. 
2. 
Lingvistik tadqiqot modellari. Bunda muayyan til hodisalari asosida olib 
borilgan tadqiqot jarayonini aks ettiradi. Masalan, o’zbek tilida morfologik usul asosida 
so’z yasalishining umumiy modeli: asos + so’z yasovchi qo’shimcha; xususiy 
modellari: asos + -chi; asos + -dosh; asos + do’z kabi.
3. 
Metamodellar – bunda lingvistik modellar saralanadi, u gipotetik-
deduktiv xarakterga ega bo’ladi, o’ta abstraktlashgan va ratsionallashgan bo’ladi. 
32

Download 1.93 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   117




Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish