• «MASHINADA BAJARILADIGAN ISHLAR» UCHUN TEXNOLOGIK XARITA
  • KERAKLI O’QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR




    Download 2.09 Mb.
    bet15/22
    Sana02.03.2022
    Hajmi2.09 Mb.
    #1969
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
    KERAKLI O’QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR

    • tikuv mashinalari 1022-M kl

    • kodoskop

    • me’yoriy hujjatlar (DTS)

    Bitta o’quvchi uchun


    • yo’l-yo’riq texnologik xarita

    • tikuv mashinalarida ishlash uchun asboblarning 1 ta to’plami.

    • 2 varaq oq qog’oz

    • 4 ta gazlama parchasi 50x40 sm.

    • W40; W80 iplardan 1 ta g’altak

    • mashina ignalari

    • chizg’ich, qaychi.

    «MASHINADA BAJARILADIGAN ISHLAR» UCHUN
    TEXNOLOGIK XARITA
    Ip g’altak tutgichdan boshlab ip yuqoridan pastga ip yo’naltirgichning o’ng teshigidan o’tkaziladi, taranglik qo’shimcha rostlagichining shaybalari orasidan soat mili harakati yo’nalishida aylantirib, pastdan yuqoriga, chapga, birin-ketin ip yo’naltirgichning uchta teshigidan va ikkinchi ip yo’naltirgichning uchta teshigidan o’tkaziladi.
    Ip soat mili harakati yo’nalishida ustki ip taranglagichning shaybalari orasidan aylantiriladi, ip uchi ip tortgich prujina orqasiga o’tkaziladi, pastdan yuqori tomon ip yo’naltirgich burchaklik atrofidan aylantirib, ip yo’naltirgichga taqiladi
    O’ngdan chap tomonga ip saqlagich skoba tagidagi ip tortgichning teshigiga kiritiladi. Ipni yuqoridan pastga ip yo’naltirgichlari orqali o’tkazib, chapdan o’ngga tomn igna ko’ziga taqiladi. Ostki ipni avtomatik o’ragich yordamida naychaga o’raladi. Ip yo’naltigiching o’ng teshigiga kiritiladi, taranglash qo’shimcha rostlagichining shaybalari orasidan o’tkaziladi, so’ngra pastdan yuqoriga ip yo’naltirgichning uchta teshigidan o’tkaziladi-da soat mili harakatiga qarshi yo’nalishda aylantirib naychaga bir necha marta o’raladi. Shpindelni salgina bosib unga naycha kiydiriladi
    Ostki ipni mokiga qo’yishda (taqishda) naychani o’ng qo’lga olib, chap qo’lda turgan naycha qalpog’ining kovak sterjeniga kiydiriladi.
    Surilma plastina chapga suriladi va maxovik g’ildiragini aylantirib igna ko’tariladi, bunda tepki ham ko’tarilgan bo’lishi lozim.
    Naycha qalpog’i qulfchasining plastinasini chap qo’l barmog’i bilan chap tomnga tortib, surilma plastina devorlari bilan igna plastinasi orasidagi oraliqdan naycha qalpog’ini naycha tutgichning sterjeniga kiydiriladi. Bunda naycha qalpog’ining qirqimi yuqori tomonga qarab turishi kerak. Plastina ostki ipni qisib qolmaganligini va uni sterjen qanchalik zich yopib turganligini tekshirib qo’yiladi.
    O’QUV AMALIYOTINI O’TKAZISH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMALAR
    1-bosqich Kirish 5 daqiqa
    Mavzuni e’lon qiladi. Mavzu bo’yicha vazifalarni tushuntiradi. Bajariladigan ishlar ketma-ketligi bilan tanishtiradi.
    2-bosqich O’quv materialini bayon qilish 20 daqiqa
    O’quv materialini bayon qiladi. Har bir o’quvchining nazariy bilimini baholaydi.
    Baholash uchun test savollari beradi.
    3-bosqich. Kirish yo’riqnomasi. 5 daqiqa
    Tavsiyalar ish o’rni bilan amalda tanishish bilan boshlanadi. Mashina ish o’rni nimalardan iborat bo’lishini uning qanday tashkil etilishi kerakligini, ishlayotganda qaychi, detallar va boshqa asboblar qaerda turishini tushuntiradi, mashinaning asosiy mexanizmlari tuzilishini aytib ko’rsatadi. Mashinada ishlayotanda mehnat xavfsizligi qoidalari to’g’risida gapirib beradi. Ishlab chiqarish sanitariyasi va elektr yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni tushuntiradi. Mashina ish o’rnida to’g’ri o’tirishni ko’rsatadi. Mashinani ishga tushirish va to’xtatish tartibini, mashinaga igna o’rnatishni, tepkini ko’tarishni va tushirishni tushuntiradi; tepki tagiga gazlamani qo’yishni, tepkini tushirishni, baxyaqator yuritishni va tepki tagidan gazlamani chiqarib olishni, gazlamani yoki qog’ozni tepki tagiga yo’naltirishni parallel baxyaqatorlar yuritishni ko’rsatadi. (bularning hammasi mashinaga ip taqmasdan bajariladi) To’g’ri oval, egri—bugri, parallel chiziqlar bo’ylab tikishni ko’rsatadi.
    4-bosqich. Amaliy ish 40 daqiqa
    O’quvchilarni chiqarib, ko’rsatilgan ish priyomlarini takrorlashni taklif qiladi. O’quvchilarni bajarib ko’rsatishlarini kuzatadi.
    Ustki va ostki iplarni taqish, baxyaqatorlar zichligini, iplar tarangligini, tepki bosimini rostlash mashqlarini ko’rsatadi. Baxyaqator sifatiga ustki va ostki iplar tarangligining bog’liqligi to’g’risida gapiradi va iplar tarangligini qanday rostlash kerakligini ko’rsatadi.
    Parallel baxyaqatorlarni mashinada qanday tikilishini ko’rsatib, baxyaqator boshida va oxirida puxtalashga e’tibor beradi. Siniq chiziqli baxyaqator, oval baxyaqatorlar tikishni ko’rsatadi. O’quvchilar yo’llanma xarita bilan ta’minlanadi.
    O’quvchilarning bajarayotgan ishlarini tekshirish uchun ish o’rinlarini aylanib chiqadi va joriy yo’l-yo’riqlar beradi. Har bir o’quvchiga mashinaga itp taqishda mashinani rostlashda yordam berib turish kerak
    5-boqich Joriy yo’riqnoma 5 daqiqa
    Mashinalarni tozalash va moylash mashqlarini o’tkazadi.
    6-bosqich Baholash, tahlil qilish va yakunlash 5 daqiqa
    O’quvchilarning bajargan ishlarini tahlil qiladi. Bajaradigan ishlar yuzasidan o’quvchilar bilimlarini mustahkamlaydi.
    Baholash natijalarini e’lon qiladi. Bajarilgan ishlardagi yutuq va kamchiliklarni ko’rsatadi. Uyga vazifa va uni bajarish uchun tavsiyalar ko’rsatadi.


    Download 2.09 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




    Download 2.09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KERAKLI O’QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR

    Download 2.09 Mb.