• Jadval 1: Yorug’likning turli ranglari uchun burish burchaklari Xulosalar
  • Texnika xavfsizligi buyicha ko’rsatmalar .
  • O’quv – uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va talabalari, umumiy fizika, nazariy fizika, astronomiya fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan




    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/127
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,61 Mb.
    #245676
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   127
    Bog'liq
    Majmua Optika ZAXIDOV I

    Tajriba namunasi va hisoblashlar 
    a)
    Oq yorug’likni kuzatish:
    Eritma: 20 to’la qoshiq (D+) saxaroza 50 ml suvda 
    Agar polyarizator va analizator perpendikulyar bo’lsa, eritma ko’rish maydonini yoritadi.
    Burchak holatiga qarab ko’rish maydonidagi ranglar o’zgaradi (ikkilamchi ranglar) 
    b) Monoxromatik yorug’likni kuzatish:


    138 
    Jadval 1: Yorug’likning turli ranglari uchun burish burchaklari
     
    Xulosalar 
    D(+)-saxarozaning suvdagi eritmasi optik aktiv. Qutblanish tekisligini burish burchagi
    D(+) belgiga mos, musbat. U yorug’likning to’lqin uzunligiga kuchli bog’liq.
     
     
    12-LABORATORIYA . STEFAN-BOLSMAN QONUNI: «QORA JISM» NURLANISH 
    INTENSIVLIGINING TEMPERATURAGA BOG’LIQLIGINI O’LCHASH 
     
    Ishning maqsadi :

    Moll termoelementidan foydalanib, 300-750 K temperaturalar intervalida 
    “qora jism” detallari bor elektr pechdagi nurlanishning nisbiy 
    intensivligini o’lchashni amalga oshirish.

    Stefan-Bolsman qonunini tekshirish uchun nurlanish intensivligining 
    absolyut temperaturaga bog’liqligi grafigini tuzish. 
     
    Tajriba qurilmasi 
    Izohlar: O’lchanayotgan intensivlik juda past va shuning uchun u atrofdagi jismlardan
    nurlanish interferensiyalariga nihoyatda sezgir: O’lchash vaqtida termoelektrik
    batareyalarga aslo qo’l tegizmang. Termoelektrik batareyalarga yaqin joyda, ayniqsa
    ular oldida ishlamang. Tajriba davomida xona temperaturasining o’zgarishidan xoli
    bo’ling.
    Boshqa nurlanish manbalarning aralashishiga yo’l qoymang; zarur bo’lsa, yig’mani karton 
    bilan ekranlashtiring. Zarur bo’lsa, xonani qorong’ulashtiring.
    Texnika xavfsizligi buyicha ko’rsatmalar .
    Kuyib qolish xavfi bor: elektr pechni tashqi
    devorining temperaturasi 200 °C ortiq bo’lishi mumkin.
    Qaynoq elektr pechda terini kuyib qolishidan saqlaning.
    Elektrik pechni faqat jihozlar bilan boshqaring
    Elektrik pechdan foydalanish boyicha instruksiyalarni batafsil o’qib chiqing va barcha 
    instruksiyalarga rioya qiling. Immersion nasos dvigateli ichiga sizib kirgan suv qisqa
    tutashuvni keltirib chiqarishi mumkin.
    Botirish chuqurligini 17 sm dan oshirmang.
    Ishlatib bo’lingan ho’l immersion nasosni kallagi bilan qoymang. Immersion nasosdan
    foydalanish boyicha instruksiyalarni batafsil o’qib chiqing va barcha
    instruksiyalarga rioya qiling. Interferension nurlanish kelib chiqishi mumkin:


    139 
    Termoelektr batareya jismidan bevosita issiqlik nurlanishi, nurlanishning akslantiruvchi
    yuzalardan qaytishi (masalan: oqish rangli kiyim), issiqlik uzatgichlar, quyosh nuri va 
    boshqa yorug’lik manbalari. Tajribani boshlashdan oldin, mikrovoltmetr 10 minut
    davomida qizishiga imkon bering. Qurilmaning orqa qismida joylashgan asosiy ulab
    uzgich yordamida mikrovoltmetrni elektr tarmog’iga ulang. Rasm. 1 da tajriba qurilmasi 
    tasvirlangan. 
    Shundan so’ng:
    - Elektrik pechni, absolyut qora jism komplekti ekranini va termoelektrik batareyani 
    Rasm.1 da keltirilganidek shunday o’rnatingki, termoelektrik batareyaning sterjeni elektr 
    pechning ochiq tarafi oldidan taxminan 15 sm da joylashsin.
    Absolyut qora jism komplekti ekrani metall tarafi bilan termoelektrik batareyaga
    qaralgan holda elektr pechning oldida taxminan 5-10 mm da joylashtiring. 
    Izoh: Shisha tuynuk qisqa to’lqin uzunlikli nurlanishga ko’ra uzun to’lqin uzunlikli
    nurlanishni ko’proq yutadi va shuning uchun nurlanish intensivligining temperaturaga
    bog’liqlikligi o’lchashlarini sistematik tarzda soxtalashtiradi.
    - Termoelektrik batareyaning shisha tuynugini olib tashlang.
    - Temperatura datchigini NiCr-Ni raqamli termometr bilan ulang va uni jilvirlangan mis
    silindrning markazidagi teshikga iloji boricha chuqurroq joylashtiring.
    - Joyida temperatura datchigini universal qichqich bilan S montaj qiling va raqamli
    termometrni ulang (o’lchash diapazoni > 200 °C).
    - Elektrik pechning ochiq tarafini, absolyut qora jism komplekti ekranini va
    termoelektrik batareyani shunday to’g’irlangki, issiqlik nuri bevosita ochiq termoelektrik
    batareyaga tushsin.
    - Suv bilan sovutishdan foydalanilganda, immersion nasosni qo’llang.
    - Termoelektrik batareyani mikrovoltmetr bilan Rasm.1 da keltirilganidek ulang (o’lchash
    diapazoni 10-4 V); termoelektrik batareyadagi qizil klemma mikrovolmetrdagi qizil 
    klemma bilan ulanganiga ishonch hosil qiling
    - Siljishni “avto kompensasiya” tugmasini bosish orqali kompensasiyalang; zarur bo’lsa,
    raqamli displeyni nollashtirish uchun potensiometr yordamida aniq sozlashni bajaring 
    (mikrovoltmetr uchun instruksiya betiga qarang). 

    Download 3,61 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   127




    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv – uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va talabalari, umumiy fizika, nazariy fizika, astronomiya fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan

    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish