Kirish
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim
tizimidagi
zamonaviy islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda bozor iqtisodiyoti chuqur
ildiz otib borayotgan davrda bir qator yangi talablar yuzaga keldi. Ular ichida eng
muhimlari:
ijtimoiy-psixologik
diagnostika; guruhlarda o‘zaro shaxsiy
munosabatlarni, rahbarlik munosabatlarini tahlil
qilish va tartibga solish; ta’lim
jarayonini va ijtimoiy ixtiloflarni hamda stresslarni boshqarish; ta’lim
tizimini
zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash; pedagogik xodimlarga bo‘lgan
ehtiyojlarni tahlil qilish; pedagogik xodimlarning kasbiy
va ijtimoiy-psixologik
moslashuvi hamda ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish; umumiy o‘rta
ta’lim muassasalarini boshqarish
tizimini takomillashtirish; ta’lim tizimini
boshqaruv jarayoniga yangicha yondashuv; ta’lim muassasalarida mehnat-huquqiy
munosabatlar masalalaridir. Bu nafaqat ta’lim tizimidagi boshqaruv muammolarini.
balki maktab rahbarlari tomonidan boshqaruvni takomillashtirish
hamda uning
uslublarini amaliyotga tatbiq etish, shuningdek. turli
darajadagi rahbarlarning
boshqaruv faoliyatida muammolarni oldindan ko‘rish va ularni ijobiy hal etish
qobiliyatlarini shakllantirishni olg‘a surmoqda.