• Farmoyish berish
  • Tashkiliy ta’sir ko‘rsatish
  • 3. Boshqaruvning iqtisodiy usuli
  • Tashkiliy ta’sir ko‘rsatish




    Download 11,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/37
    Sana17.01.2024
    Hajmi11,13 Mb.
    #139554
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
    Bog'liq
    ilovepdf merged

    Tashkiliy ta’sir ko‘rsatish turli tashkiliy choralarni, ya’ni: 
    ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy strukturalarini belgilash; 
    ichki tartib-qoidalarini o‘rnatish; 
    boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar o‘rtasida optimallik va oqilona 
    nisbatni o‘rnatish kabilarni o‘z ichiga oladi. 


    Farmoyish berish yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatish barcha boshqarish bo‘limlari 
    va organlarining (uyg‘un) ishlashini joriy ta’minlab turishdan iborat bo‘lib, bunga 
    e’lon qilinadigan yozma yoki og‘zaki ko‘rsatmalar berish, yozma shaklda nashr 
    etilgan yoki og‘zaki buyruqlar vositasi bilan erishiladi. 
    Tashkiliy ta’sir ko‘rsatish boshqariladigan ob’ekt (korxona)ni loyixalash 
    bosqichidan boshlanadi. So‘ngra reglamentlash, normalash ishlari bajariladi. 
    Jinoiy javobgarlik — bu mansab bilan bog‘lik. jinoyat sodir etilganda sud 
    tomonidan qo‘llaniladigan jazodir. Shunday qilib: 
    Moddiy javobgarlikka — moddiy zarar yetkazish. intizomiy javobgarlikka — 
    intizomiy nojo‘ya xarakat. Ma’muriy javobgarlikka — ma’muriy xuquqbuzarlik. 
    Jinoiy javobgarlikka — jinoyat asos bo‘ladi. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    3. Boshqaruvning iqtisodiy usuli 
    Iqtisodiy boshqaruv usullari deganda qulay mehnat sharoitlarini yaratish va 
    bozor sharoitida tashkilotning rivojlanishiga maqsadli ta’sir ko‘rsatishi mumkin 
    bo‘lgan iqtisodiy vositalar to‘plami tushuniladi. 
    Hozigi davrda bozor iqtisiodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim 
    ahamiyat kasb etmoqda. Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy 
    manfaatlar orqali ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab 
    chiqarish jamoasiga ular manfaati bo‘lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit 
    yaratishdan iboratdir. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o‘rinni 
    egallaydi.
    Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig‘indisidan (narx, kredit, biznes-
    reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag‘batlantirish va b.), ya’ni xo‘jalik 
    faoliyatiga ta ’sir etishning har bir jamoa mos xo‘jalik bo‘g‘ini bilan uzviy aloqada 
    amal qilishini ta’minlovchi tadbirlardan iboratdir. Bozor mexanizmining muhim 
    vazifalaridan biri biznes-reja va bozorning uzviy bog‘liq bo‘lishiga imkon 
    yaratuvchi pul va tovar resurslari to‘g‘ri nisbatini ta’minlashdir. Bozor - bu tovar-
    pul munosabatlarining doimo saqlanuvchi balansidir.
    Bozor munosabatlari sharoitida rejali iqtisodiyotga nisbatan qat’iy boshqaruv 
    tizimi o‘rnatiladi. Bozor tamoyillari xo‘jalik rahbarlaridan tashabbuskorlik, korxona 
    faoliyati masalalari bo‘yicha yuqori natijalarga erishish maqsadida qayishqoqlik
    tavakkalchilikni talab etadi. Bozor iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga 
    qarama-qarshi tizim bo‘lib, bozorda narxni, soliq, kredit vositasida tartibga solish, 
    eng avvalo, ijtimoiy maqsadda amalga oshiriladi.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx va ish haqi o‘zgarishini qat’iy tartibga 
    solmay barqarorlikka erishib bo‘lmaydi. Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy 
    usullari juda keng imkoniyatlarga ega bo‘lib , ular mohirona va o‘z vaqtida tashkiliy 
    farmoyish, ijtimoiy-psixologik va huquqiy usullar bilan qo‘shib olib borilgan 


    taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Korxonalar, aksiyador jamiyatlari, 
    firmalarda muhim boshqaruv usullaridan biri — biznes-rejalardir. U iqtisodiy 
    jarayonlarni umummilliy manfaatlarni ko‘zlab, xo‘jalik amaliyotida obyektiv 
    iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan 
    holda boshqarishning o‘zaro uzviy bog‘liq tizimidan iboratdir. Biznes-reja 
    vositasida hal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: iqtisodiyot 
    rivojlanishi yo‘nalishlari va maqsadlarni amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatish, 
    iqtisodiyotning barqaror, mutanosib o‘sishini ta’minlash, moddiy, mehnat va 
    moliyaviy resurslarni tarmoqlar va ishlab chiqarishlar o‘rtasida taqsimlash va qayta 
    taqsimlash, fantexnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishni ta’minlash; tarmoqlararo 
    integratsiya, 
    tarmoq 
    ichida 
    ixtisoslashuv 
    va 
    sanoat 
    kooperatsiyasini 
    chuqurlashtirish; xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tezkor tartibga solish va 
    koordinatsiya qilish.
    Biznes-reja korxona, aksiyadorlar jamiyati, konsemlar faoliyatining hamma 
    tomonlarini: mahsulot ishlab chiqarish va sotish, moddiy-texnik ta’minot va ishlab 
    chiqarish fondlaridan foydalanish, mehnat va ish haqi, jamoada ijtimoiy jarayonlar 
    va boshqalarni qamrab oladi. Bozor munosabatlari sharoitida ularga rejalashtirish 
    borasida keng huquqlar beriladi. 

    Download 11,13 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




    Download 11,13 Mb.
    Pdf ko'rish