Orental universiteti




Download 11,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/37
Sana17.01.2024
Hajmi11,13 Mb.
#139554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
ilovepdf merged

2. 
muriy usuli
'
ma
-
Boshqaruvning tashkiliy
Boshqaruvning tashkiliy va ma’muriy usullari bo‘ysunuvchilarning 
harakatlarini muvofiqlashtirishni ta’minlaydigan boshqaruv usullar majmui. Ushbu 
boshqaruv usullarining asosiy maqsadi zarur intizom, burch hissi, mas’uliyat va 
ishni bajarish uchun javobgarlikni saqlashdir. Ushbu boshqaruv usullari asosan 
boshqaruvchining vakolatiga asoslanadi, sub’ektning boshqaruv ob’ektidagi 
qismiga bevosita ta’sir qiladi va mehnat jarayoni uchun majburiydir. Ular mehnat va 
xo‘jalik qonunchiligining huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
Tashkiliy va boshqaruv usullarining asosiy shakllari quyidagilardan iborat: 
- majburiy qoidalar (buyruqlar, taqiqlar va boshqalar). 
- murosaga kelish (maslahatlashish, murosaga kelish); 
- tavsiyalar, tilaklar (maslahat, takliflar, muloqot). 
Boshqaruv organlarining direktiv buyruqlari (to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshiriqlari 
va buyruqlari) ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish maqsadida qonunlar 
va qoidalarga, boshqaruv buyruqlariga rioya qilishga qaratilgan. Tashkiliy va 
ma’muriy usullar yordamida ishlab chiqarishni rivojlantirish va resurslardan oqilona 
foydalanishning miqdoriy va sifat standartlari o‘rnatiladi, ishlab chiqarish 
jarayonining normal jarayonidan mumkin bo‘lgan og‘ishlarning oldi olinadi, bu har 
bir bo‘limning aniq ishlashi va faoliyatini nazorat qilishni ta’minlaydi. Asosan, 
boshqaruvning tashkiliy va ma’muriy usullari majburlash usullari bo‘lib, mehnat 
birinchi hayotiy zarurat maqomiga ega bo‘lgunga qadar o‘z kuchida qoladi. 
Tashkiliy ta’sirning asosiy turlari: 
- tashkiliy tartibga solish; 
- ratsion; 
- tashkiliy-uslubiy ko‘rsatma va loyihalash. 


Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini boshqarish bo‘yicha faoliyati 
boshqanivning turli tashkiliy farmoyish usullarini qo‘llash bilan bog‘liqdir. 
Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar 
samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. 
Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari iqtisodiy usullarni to‘ldirib, bozor 
iqtisodiyoti qonunlari, huquqiy aktlani hisobga olish va bajarishga asoslanadi. 
Davlat maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan 
tizimga ma’muriy va tashkiliy jihatdan ta’sir o‘tkazadi. Boshqaruv tizimida tashkiliy 
usullar umumiy maqsadga erishish uchun ishlab chiqaruvchilaning hamkorlikdagi 
harakati tartibga solinadigan ma’muriy hujjatlar asosida amalga oshadi. Tashkiliy 
farmoyish usulini qo‘llash asosini boshqaruvning barcha tamoyilariga rioya qilish 
tashkil etadi. Nima sababdan boshqaruvning ma’muriy farmoyish usullari ma’muriy 
shakllar bilan qo‘shib olib boriladi. Bu ko‘p hollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy 
huquqni qo‘llash, ya’ni qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. 
Lekin, «boshqaruvning tashkiliy farmoyish usuli» tushunchasi «ma’muriy 
boshqaruv usuli» tushunchasidan bir muncha kengdir, chunki tashkiliy farmoyish 
usullari boshqaruvning turli darajalariga turli ko‘lamda va shaklda tashkiliy ta’sir 
etishni o‘rganish masalalarini ham qamrab oladi. Tashkiliy farmoyish usullari 
tashkiliy aniqlikni ta’minlaydilar, tashkiliy tizim , boshqaruvning har bir bo‘g‘ini 
vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini 
ta’minlaydi, ishda tartib o‘rnatadi, qaror va farmoyishlarni bajaradi, kadrlarni 
tanlaydi va joy-joyiga qo‘yadi va b. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari 
ularning ishlab chiqaruvchilarga ta’sir etish manbalari va yo‘nalishlari bo‘yicha 
turlarga ajratiladi. Bunga bog‘liq holda ta’sir etishning tashkiliy farmoyish usullari 
uch guruhga bo‘linadi: tashkiliy-barqarorlashtiruvchi, farmoyish va intizom.
Ta’sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullarining asosiy maqsadi 
hamkorlikda ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya’ni, vazifa, majburiyat. 
Javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash, tartib o‘rnatish va b. Ma’muriy ta ’sir 
tashkiliy shakllarining ikki tashkiliy reglamentlash va tashkiliy me’yorlash turi 


mavjud. Tashkiliy reglamentlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladigan 
tizimga ularning maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va har bir darajada boshqaruv 
chegaralarini aniqlash maqsadida ta’sir etadi. Tashkiliy reglamentlashga misol qilib 
lavozimlar haqida Nizomni ko‘rsatish mumkin. Ta ’sir etishning farmoyish usuli 
cheklovchi hujjatlarda ko‘zda tutilmagan mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda 
kundalik jadal boshqarish maqsadida qo‘llaniladi. Farmoyish ta’sirining asosiy 
maqsadi boshqaruv apparatining aniq harakati, boshqaruvning barcha bo‘linma va 
xizmatlari barqaror ishlashini ta’minlab berishdan iborat. Ta’sir etishning farmoyish 
usullari buyruq, farmoyish, ko‘rsatma va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga 
oshiriladi.
Buyruq — bu rahbarning qo‘l ostidagi xodimlardan ma’lum vazifani 
bajarishni yozma yoki og‘zaki ravishda talab qilishidir. Buyruq faqat chiziqli 
boshqaruv tizimi rahbari tomonidan beriladi. Farmoyish — xodimlardan ayrim 
ishlab chiqarish va xo‘jalik masalalarini hal etishni talab qilishdir. Farmoyish 
boshliq o ‘rinbosarlari, xizmatlar boshliqlari, ular ega bo‘lgan vakolatlari doirasida 
beriladi. Boshqaruv amaliyotida qo‘lllaniladigan ta’sir qilish usullaridan biri - 
og‘zaki ko‘rsatmadir. Ta’sir etishning bunday shaklini barcha darajadagi rahbarlar, 
lekin ko‘pincha quyi darajadagi komandirlar, birigada boshliqlari, ustalar 
qo‘llaydilar.
Farmoyish vositasida ta’sir etish bajarish muddatlari bilan farq qiladi. Buyruq 
va farmoyishlar uzoq yoki qisqa muddatga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Har bir buyruq yoki farmoyishda qanday vazifa bajarilishi, qachon bajarilishi 
kerakligi belgilanadi. Ta’sir etishning farmoyish usuli tashkiliy ta’sirga nisbatan 
uning bajarilishini nazorat qilishni ko‘proq talab etadi. Ijro etishning borishi nazorat 
qilingandan so‘ng yana farmoyish bilan ta’sir etishga ehtiyoj tug‘iladi. Farmoyish 
usulining qo‘llanish ko‘lami boshqaruv kadrlari malakasi, tashabbuskorligi va 
qobiliyatiga bog‘liqdir.
Korxonani boshqarishda farmoyish bilan ta’sir etish faqat qonunga zid 
bo‘lmagan holdagina bajarilishi qat’iy bo‘lgan huquqiy kuchga ega bo‘ladi. Shu 


sababli barcha tizimdagi tashkiliy farmoyish faoliyati mavjud qonunchilikka 
bo‘ysungan holda amalga oshishi lozim. Intizomiy ta’sir usullari tashkiliy 
barqarorlashtiruvchi va farmoyish vositasida ta ’sir etish usullarini to ‘ldirib, 
intizomiy talablar va majburiyatlar tizimi vositasida tashkiliy aloqalar barqarorligini 
ta ’minlashga qaratilgandir. 
Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqarish usullari tizimida alohida o‘rin tutadi. 
Bu usullarga: . 
- boshkarish apparatining muayyan strukturasini tuzish; 
- har bir boshqaruv bo‘g‘inining funksiyalarini belgilash; 
- kadrlarni to‘g‘ri tanlash;
- buyruklar, farmoyishlar va qo‘llanmalar chikarish, ularning bajarilishini 
nazorat kilish;
- topshiriqlar va direktiv ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘linma va 
shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo‘llash kiradi. 
Tashkiliy-ma’muriy 
usullar 
yuqori 
organlar hokimiyatiga 
va quyi 
organlarning bo‘ysunishiga asoslanadi. Shuning uchun ularni ko‘pincha ma’muriy 
usullar deb yuritiladi. Yuqori ma’muriy organlar boshqariluvchi ob’ektning bajarishi 
majburiy bulgan tartib-єoidalarni ishlab chikadi, shuningdek bo‘ysunuvchi 
organlarga farmoyishlar beradi. 
Tashkiliy-ma’muriy 
usullar 
boshqaruv 
organlarining 
o‘zaro 
alokada ishlashini, boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, bo-shqàriluvchi 
ob’ektlarga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishning butun mexanizmini ifodalaydi. 
Shu bilan birga, ma’muriy yoki to‘o‘ridan-to‘g‘ri boshqaruv usuli xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektning tanlash erkinligini cheklab qo‘yadi, muayyan ququqiy 
chegaralarini belgilaydi. O‘z moxiyatiga ko‘ra ma’muriy boshqarish bozorga xos 
bo‘lgan tartibga solish xarakatiga to‘sqinlik qiladi. 


Biroq, rivojlangan bozor sharoitida xam boshkarishning ma’muriy usullari 
o‘z axamiyatini saqlab qoladi va zarur bo‘lganda ulardan foydalaniladi. Xususan, 
bozor iktisodiyoti rivojlangan xamma mamlakatlarda ma’muriy usullar vositasida 
monopoliyaga qarshi 
siyosat 
amalga 
oshiriladi. 
Davlat 
bozorning 
monopollashtirilishiga to‘skinlik qiladigan ma’muriy cheklovlar tizimini belgilaydi, 
monopol kompaniyalar faoliyatini direktiv yo‘sinda boshqaradi. 
Ma’muriy usullardan; 
iste’molchilarning xukuklarini ximoya qilish; 
atrof-muxitni muxofaza qilish;
xavfli texnologiyalardan foydalanish, zararli ishlab chiqarish chiqitlarini 
chiqarib tashlashni ta’qiqlash; 
odamlar sog‘lio‘iga zararli maxsulotni reklama qilishni ta’qiqlash kabi 
soxalarda faol foydalaniladi. 
Boshqarishning tashkiliy ma’muriy usullari ikki shaklda: 
tashkiliy ta’sir ko‘rsatish usullari; 
farmoyish berish usullari shakllarida namoyon bo‘ladi. 
Tashkiliy usullarning bu ikkala shakli birgalikda qo‘llaniladi, bir-birini 
to‘ldiradi va rivojlantiradi. Xar ikkala shaklning uyg‘unlashuvi ishlab chiqarish 
sharoitlarini xisobga olingan xolda optimal bo‘lishi kerak. 

Download 11,13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 11,13 Mb.
Pdf ko'rish