Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usuli




Download 11,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/37
Sana17.01.2024
Hajmi11,13 Mb.
#139554
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
ilovepdf merged

Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usuli - Ijtimoiy-ruxiy usullarnnng asosiy 
maqsadi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-
ma'naviy vaziyatga ta'sir etish yo‘li bilan kishilarning fe'l-atvori, ruhiyatini hisobga 
olib ularning ijtimoiy (sotsial) talablarini qondirish orqali boshqarishni bildiradi.
Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy-ruhiy usullar bu ishlab chiqarish 
jamoalarini, ulardagi "psixologik vaziyatni", har bir xodimning shaxsiy 
xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan usullardir. 
Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari quyidagi muammolarni hal etishga 
qaratilgan: 
1. Kishilarning ijtimoiy-ruxiy xususiyatlari, chunonchi, qobiliyatlari, 
mijozlari, harakatlari va hokazolarni hisobga olgan holda mehnat jamoalarini tashkil 
toptirish. Buning natijasida jamoani rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish maqsadida hamkorlikda ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi. 
2. Ijtimoiy yurish-turish me'yorlarini o‘rnatish va rivojlantirshga yaxshi va 
namunali an'analarni qo‘llab-quvvatlash va milliy urf-odatlarni joriy etish hamda 
jamoa ongini o‘stirishga yordam beradi. 
3. Ijtimoiy rivojlantirishni va kishilarniig intilishini, tashabbusini 
rag‘batlantirish, umumiy ta'lim darajasini oshirish, madaniy, ma'naviy va ma'rifiy 
o‘sish, malaka oshirish, estetik ravnaq va mehnatga ijodiy munosabatni ta'minlaydi. 
4. Kishilarning madaniy va ijtimoiy-maishiy ehgiyojlarini qondirish, 
chunonchi, uy-joylar, bolalar bog‘chalari, klublar, profilaktoriylar, sport inshootlari 
va hokazolarni ko‘rishga sharoit tug‘diradi. 
5. Mehnat jamoalarida talabchanlik, o‘zaro yordam, intizomni buzuvchilarga 
murosasizlikdan iborat sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni vujudga keltirish va uni 
qo‘llab-quvvatlashga sharoit tug‘diradi. 


6. Odamlarning o‘z mehnatidan, tanlagan mutaxassisligi va kasbidan 
qoniqishlari uchun, ishlab chiqarish samaradorligi va ish sifatini oshirish uchun 
shart-sharoitlarini vujudga keltiradi. 
Bu muammolarning yechimi boshqarishning yanada uyushqoq samarali 
bo‘lishini talab qiladi. 
Amaliy boshqarishda sotsial-ruhiy metodlardan samarali foydalanish uchun 
boshqarish ob'ektining holati to‘g‘risida keng axborotga ega bo‘lish kerak. Bunday 
axborot olish uchun jamoada bevosita sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish lozim. 
Ijtimoiy tadqiqotlar juda xilma-xil axborotlar olish imkonini beradi, 
chunonchi: 
jamoa a'zolarining mehnatga va rahbarlarga munosabati; 
boshqarish usullarining bir-biri bilan o‘zaro munosabati; 
jamoaning extiyojlari va qiziqishlari; 
xodimlar shaxsiyati; 
xodimlar qo‘nimsizligi sabablari; 
xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi; 
jamoa a'zolarining ma'naviy va jismoniy ravnaqi. 
Qayd qilingan ijtimoiy tadqiqotlarning ham ijobiy jihatlari, ham kamchiliklari 
bor. Shuni hisobga olgan holda, u yoki bu usulni voqealikni real aks ettirishi va 
ko‘proq samara berishiga qarab tanlash lozim. Tajribalar esa bu usullarni ma'lum 
darajada birga qo‘shib qo‘llanishi maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatadi. 
Ijtimoiy-ruhiy 
usullar 
"Boshqarish 
sotsiologiya"si 
va 
"Boshqarish 
psixologiyasi"ga asoslanadi. 
Boshqarish sotsiologiyasi insonning ishlab chiqarish omillari bilan o‘zaro 
aloqasi, jamoaning ijtimoiy rivojlanishini rejalashtirish, mehnat jamoasini tarkib 


toptirish, xodimlarning tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muhim 
muammolarni ko‘rib chiqadi. 
Boshqarish psixologiyasi kishilarning boshqarish faoliyatlari xususiyatlarini 
va natijalarni aniqlashga xizmat qiladigan hodisalarni o‘rganadi. U kadrlarni 
tanlashda, ularni joy-joyiga qo‘yiщda, topshiriqlarni, funktsiyalarni taqsimlashda, 
xodimlarni rag‘batlantirishda, intizomni mustahkamlaщda va hokazolarda 
qo‘llaniladi. 
Psixologiya insonning ruhiyatini o‘rganuvchi fandir. Inson ruhiyatiga esa 
sezish, idrok qilish, tasavvur, tafakkur, taassuf jarayonlari, xotira, diqqat, e'tibor, 
iroda, 
shuningdek 
inson 
shaxsining 
ruhiy 
xususiyatlari, 
chunonchi, 
qiziqish, qobiliyat, harakter va mijoz kiradi. 


Xulosa 
Ta’lim muassasasi boshqaruv faoliyatining tizimli ob’ek-ta sifatida quyidagi 
xususiyatlarga ega: zaruriyat, imkoniyat, ta’lim muassasasining ko‘rsatkichlari va 
o‘z qobiliyatini baholash mezonlarini hisobga olish asosidagi rivojlanish
yo‘nalishi; uning salohiyati, funksional imkoniyatlari, individualligi va madaniyligi; 
maktabning mentaliteta; uning yaxlit pedagogik tizimi; ressurslar bilan ta’minlanish 
imkoniyatlari; ichki imkoniyatlari va tashqi muhit bilan munosabatlari; pedagogik 
va maktab jamoalarining rivojlanishi, shuningdek, maktabning ichki boshqaruv 
tizimi va uning rivojlanishi. Ta’lim muassasalarini boshqarish dasturlarini 
loyihalashda tizimli ob’ekt sifatida yaxlit ta’lim muassasasining rivojlanishi va 
uning unikal modelini takomillashtirishda tashkil etuvchi qismlar ta’sir 
ko‘rsatishining ahamiyatini inobatga olish, shuningdek, bir xil, teng sharoitda ta’lim
muassasasining rivojlanishiga ko‘proq ta’sir ko‘rsatuvchi ba’zi kiem va buginlarni 
o‘zgartirishga imtiyozlar berish zarur ta’lim muassasasining umumiy modelini 
o‘zgartirishda direktor, rahbarlar va pedagoglarning ishonchlariga asoslanish kerak, 
chunki yangilangan model zamonaviy talablar darajasida o‘qituvchilar va bo‘lajak 
o‘quvchilar, yosh avlodning o‘zgaruvchan ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy ehtiyojlarini 
qondira olish, yuqori darajada ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan 
o‘qituvchilarning tajribalarini qo‘llash hamda pedagoglarning ijodiy salohiyatini 
rivojlantirishga yetarli sharoitlarni yaratib berish zarur bulib, ta’lim muassasasini 
boshqarishning asosiy tamoyillarini inobatga olish lozim. 
Koʻpgina adabiyotlarda “menejment” soʻzining ma’nosi bilan “boshqaruv” 
tushunchalariga ta’rif berilganda, xuddi bir xil ma’noni anglatadi degandek, 
menejment bu - boshqaruv deb yozilganligi ko‘pchilik o‘quvchilarni chalg‘itishi 
mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, “menejment” so‘zi “boshqaruv” tushunchasidan
farqli ravishda boshqaruv faoliyatini tashkil etish degan ma’noni anglatib, u fan 
sifatida boshqarishning sir-asrorlarini o‘rganadi va tahlil qiladi. “Boshqaruv” 
atamasi nisbatan kengroq ma’noni anglatadi, mazkur tushuncha orqali ma’lum bir 
shaxs tomonidan biron-bir ob’ektning boshqarilishini, ya’ni nafaqat insonlarni, 


balki mashina, dastgox yoki texnologik qurilmalarni boshqarishni, shuningdek,
mazkur boshqaruvchilarni ham boshqarishni tushunish mumkin. 
Boshqaruv insonlarning barcha faoliyatlariga tegishli bo‘lgan jarayon bo‘lib, 
hayotiy ehtiyojlarni qondirishsa, ko‘zlangan maqsadlarga erishishda ma’lum bir 
maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish, tahlil 
qilish va baholash, mazkur jarayon ishtirokchilariga ta’sir ko‘rsatish orqali ularning 
faoliyatini muvofiqlashtirishni ifodalaydi. 
Boshqaruv usullari — rahbarning ishlab chiqarish korxonalarining qo‘yilgan 
maqsad vazifalariga erishishga rahbarlik qilishini muvofiqlashtirish. Boshqaruvga 
quyidagi uslublar xos: iqtisodiy, tashkiliy-farmoyish (m a’m uriy), ijtimoiy-ruhiy. 
Bozor xo‘jalik rahbarlaridan o‘tkir zehn, ishga ijodiy yondashish, kezi kelganda 
korxona faoliyati, ishi uchun tavakkalchilik xususiyatlarini talab etadi. Buyruq — 
rahbarning o‘z qo‘l ostidagilariga ma’lum ishni belgilagan vaqtda bajarish talabining 
yozma yoki og‘zaki ko‘rinishi. Ijtimoiy-ruhiy bilimlar asosini bilmagan rahbar 
odamlarga ta ’sir eta olmaydi. 



Download 11,13 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Download 11,13 Mb.
Pdf ko'rish