Orental universiteti




Download 11,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/37
Sana17.01.2024
Hajmi11,13 Mb.
#139554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
ilovepdf merged

 
 
 


4. Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usuli 
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari — bu ishlab chiqaruvchi va ayrim 
shaxslarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish 
bilan boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo‘llash 
korxonada yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni chuqur o‘rganish, xodimlar nerv 
sistemasi, kayfiyatiga ta ’sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillari bilishni talab etadi. 
Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining 
asosi bo‘lgan mehnat omillarini o‘rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab 
chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, kishilarning jamiyatning 
turli qatlamidagi xulqatvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi.
Ijtimoiy psixologiya guruh va omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning 
shaxsning ongi va xulqiga ta’siri, kishilar faoliyatini rag‘batlantiruvchi omillar, 
kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni o‘rganadi. Shaxs psixologiyasi 
oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, xarakteri, shaxsning irodasi, 
qobiliyati, hissiyoti, xotirasi, anglash va his etish qobiliyatini o‘rganadi, mehnat 
psixologiyasi mehnat faoliyatlari, shu jumladan, rahbar va mutaxassislar (kasbiy 
xususiyat va qobiliyatlari, kadrlarni o‘qitish usullari, ish va dam olish tartibi, kadrlari 
tanlash va baholash usullari, mehnat jarayonining psixologik jihatlari) faoliyatini 
o‘rganadi.
Kishilar fikrlash usulida o‘zgarish yuz berishi va ular madaniy hamda bilim 
darajasi ortib borishi bilan ijtimoiy-psixologik usullar ahamiyati ham ortib boradi. 
Bunday sharoitda shaxsning ehtiyoj va manfaatlari ma’naviy soha tomon o‘zgarib 
boradi. Ishlab chiqaruvchilarning rahbar bilan o‘zaro yaxshi munosabati ishlab 
chiqarishdagi qulay ijtimoiy psixologik vaziyat mehnatidan qoniqishning muhim 
omili bo‘lib xizmat qiladi.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari ishlab chiqarishda mavjud 
ijtimoiy mexanizmni (o‘zaro munosabat tizimi, ijtimoiy ehtiyojlar) qo‘llashga 
asoslanadi. Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida 
amalga oshiriladi. Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruhlar va shaxslar maqsadi 


va manfaatlarini aniqlash va rostlash yo‘li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
solish va uyg‘unlashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Ular jumlasiga ijtimoiy 
tashkilotlar nizomlari, shartnomalar, o‘zaro majburiyatlar, ishchilarni tanlash, 
taqsimlash va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish tizimi kiradi.
Ijtimoiy tartibga solish usullari inson omili faolligini oshirish, boshqaruvni 
demokratlashtirish maqsadida ham qo‘llaniladi. Boshqaruvning psixologik usullari 
jamoada maqbul psixologik holat tashkil etish yo‘li bilan kishilar o‘rtasidagi 
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgandir. Psixologik usullarga kichik guruh va 
jamoalarni tashkil etish, mehnatni insoniylashtirish, malakali kadrlar tanlash va 
ularni o‘qitish va boshqalar kiradi. Kichik guruh va jamoalarni tashkil etish usulini 
qo‘llash kichik guruhdagi ishchilar o‘rtasidagi maqbul miqdoriy-sifat nisbatini 
aniqlash imkonini beradi. Mehnat faoliyatini insoniylashtirish deganda, ranglar, 
musiqaning ruhiy ta ’siridan foydalanish, bir xil, o‘zgarmas mehnatni bartaraf etish, 
ijodiy yondashuvni kengaytirish tushuniladi. Kasbiy tanlashning mohiyati - 
kishilarning ruhiy xususiyatlari ular bajaruvchi ishlarga eng mos bo‘ladigan qilib 
tanlashdan iborat. Shaxsning ruhiy xususiyatlari jumlasiga uning qiziqish va 
mayllari, qobiliyati, temperament va xarakteri kiradi. Shu sababli, rahbar shaxsga 
rahbarlik qilganda o ‘z oldiga inson ruhiy xususiyatlari shakllanishi va rivojlanishini 
o‘rganishi, uning qiziqish va qobiliyati, temperament va fe’lini bilish vazifasini 
qo‘yishi kerak. Shaxsning ruhiy xususiyatlarini inson faoliyatidan ajratib tushunib 
bo‘lmaydi, chunki kishi qobiliyati va fe’li xususiyatlari uning faoliyati va xulqida 
namoyon bo‘ladi. Inson hayoti va ommaviy faoliyati uning ruhiy holatini 
shakllantiradi. Inson, avvalo, o‘zini ijodiy shaxs sifatida baholaydi. Ishchi mehnatga 
bunday nuqtayi nazardan qarashga darrov kelmaydi: moddiy ehtiyojlar birlamchi 
bo‘lib, ular qoniqqandan so‘ng nisbatan yuksak insoniy ehtiyojlar ilgari suriladi. 
Inson faoliyati ma’lum rag‘batlantiruvchi omillarga asoslangan bo‘lib, 
ma’lum maqsadga erishishga qaratilgandir. Rag‘batlantiruvchi omil inson faoliyati 
o‘zagidir. Umumiy ma’noda rag‘batlantiruvchi omil — bu insonni faoliyat yuritish 
uchun undovchi omil bo‘lib, maqsad esa inson uni amalga oshirish natijasida 


erishishni xohlagan narsadir. Rag‘batlantiruvchi omil kishi xulqining ichki kuchidir. 
Psixologiyada uzoq va qisqa rag‘batlantiruvchi omil ajratiladi. Agar inson 
faoliyatini rag‘batlantiruvchi omil va o‘z oldiga qo‘ygan maqsad yaqin kelajakka 
mo‘ljallangan bo‘lsa, u qisqa muddatli, agar ular uzoq istiqbolni qamrab olsa uzoq 
muddatli deyiladi. Rag‘batlantiruvchi omil darajasi bilan insonning mehnatga, yutuq 
va muvaffaqiyatsizlikka nisbatan bo‘lgan munosabati uzviy bog‘liqdir. Faqat uzoq 
muddatli rag‘batlantiruvchi omil mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lish manbayidir. 
Rahbarga xos bo‘lgan muhim xususiyat kishilar faoliyatini rag‘batlantiruvchi 
omillarni yaxshi bilish, har bir kishini u yoki bu vazifani bajarishga qiziqtira olishdir. 
Bu ayniqsa, u yoki bu korxonaga ishga kirib, ularni kelajakda nima kutishini bilish 
lozim bo‘lgan yoshlar bilan ishlashda muhimdir. Rahbar ishini kim va qachon qaysi 
skripkani chalishi, qaysi asbobda musiqa chalishini o‘rgangan, kim noto‘g‘ri 
chalishi mumkinligi, kimni qaysi yerga qo‘yish kerakligini bilishi lozim bo‘lgan 
dirijyor mehnati bilan solishtirish mumkin. Kishi ruhiy xususiyatlarning u 
bajaruvchi ish talablariga mos kelmasligi, o‘z kasbidan qoniqmaslik uni 
o'zgartirishga harakat qilishga, xato qilish ehtimoli ortishiga va natijada mehnat 
unumdorligi pasayishiga olib keladi, aksincha, agar inson o‘z qobiliyatini to‘liq 
namoyon qila oluvchi ish bilan band bo'lsa, u o‘z mehnatidan mamnun bo‘ladi, 
kasbni tez egallaydi va mehnat unumdorligi yuqori bo‘ladi. Inson uchun faqat 
moddiy rag‘bat muhim deb hisoblash noto‘g‘ri. Unga juda ko‘p narsa katta umumiy 
ishda o‘z hissasi borligini his etish, o‘zini mehnat orqali namoyon etish, o‘z malakasi 
bilan g‘ururlanishi, o‘rtoqlari hurmatiga sazovor bo‘lish va boshqalar ham 
muhimdir. Ko‘pchilik kishilar shaxsiy farovonlikka boshqalar hisobiga erishilgan 
shaxsiy muvaffaqiyat orqali emas, mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shgan mehnati 
hisobiga erishish lozimligini ta’kidlaydilar. Izlanishlar mehnatga nisbatan 
munosabatga ta’sir etuvchi rag‘batlantiruvchi omillar quyidagi tartibda 
taqsimlanishini ko‘rsatdi: mehnat mohiyati, ish haqi, yuqori lavozimga ega bo'lish 
imkoniyati, ishning qiziqarliligi, mehnatni tashkil etish, ma’muriyatning ishchiga 
nisbatan munosabati. 



Download 11,13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Download 11,13 Mb.
Pdf ko'rish