tashkil etish va boshqarishda fan-texnika yutuqlariga asoslangan boshqaruvning eng
samarali, innovatsion metodlaridan foydalanishni boshqaruv yo‘nalishida bilim,
ko‘nikma va malakalarni, yangi shaxsiy va kasbiy sifatlarni talab qiladi.
Boshqarish amaliyotidan ma’lumki, rahbarlik faoliyati o‘ziga xos murakkab
jarayon bo‘lib, u rahbardan nafaqat oliy ma’lumotga, balki yetarli kasbiy
tayyorgarlikka, boshqaruv yo‘nalishida bilim, ko‘nikma
va malakalarga,
shuningdek, ma’lum tajribaga ham ega bo‘lishni talab etadi. Ta’lim muassasalarini
boshqarish jarayonida rahbarlarning eng asosiy va muhim ahamiyat kasb etuvchi
funksiyalaridan biri - bu qaror qabul qilish funksiyasi bo‘lib, ularning sifati ta’lim
muassasasi
salohiyatiga, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga,
xodimlar
bilan bir qatorda ta’lim muassasasi faoliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Menejment fanidan ma’lumki, tashkilotlarni boshqarish tizimi ikki mustaqil,
lekin bevosita bog‘liqlikda bo‘lgan boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlardan
iborat bo‘ladi. Ta’lim muassasasi rahbarlarining boshqaruv
faoliyatini ikkita
sub’ektning, ya’ni rahbar bilan ta’lim tizimining o‘zaro bog‘liq faoliyati sifatida
qarash mumkin.