• Kurs ishining vazifalari
  • Orental universiteti




    Download 11,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/37
    Sana17.01.2024
    Hajmi11,13 Mb.
    #139554
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
    Bog'liq
    ilovepdf merged

    Kurs ishining maqsadi: Zamonaviy menejment nazariyasining asosiy 
    tushunchalari bilan tanishtirish; ta’lim muassasasi rahbarining rahbar sifatidagi 
    kasbiy fazilatlarini shakllantirishga hissa qo‘shish; tinglovchilarga zamonaviy 
    dunyoda menejmentning o‘rni va roli haqida aniq ma’lumot berish. 
    Kurs ishining vazifalari: Boshqaruv sohasida chuqurroq va kengroq kirib 
    borish va ta’lim muassasasini boshqarish usullarini o‘zlashtirish. 
    Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kirish, asosiy qism, xulosa foydalanilgan 
    adabiyotlardan iborat. 


    1Boshqaruv usullari haqida tushuncha. 
    Boshqaruv usullari — bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish 
    jamoalariga ta’sir ko‘rsatish usullari bo‘lib, bu usullar qo‘yilgan maqsadlarga 
    erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg‘unlashtirishni 
    nazarda tutadi. 
    Boshqaruv usullarini iqtisodiyotning ma’lum aniq sohalarida amal qilishning 
    turli yo‘llari orasidagi umumiy hodisa sifatida ajratish mumkin. Masalan, boshqaruv 
    darajalari bo‘yicha boshqaruv usullari (davlat sektorini boshqarish usullari, sex, 
    korxona, birlashma, mintaqani boshqarish usullari) yoki tarmoqlarni boshqarish 
    usullari (sanoat, transport, qishloq xo‘jaligini boshqarish usullari) haqida so‘z 
    yuritish mumkin. Shuningdek, turli subyektlar tomonidan qo‘llaniladigan boshqaruv 
    usullarini ajratib ko‘rsatish mumkin: davlat boshqaruvi usullari jamoat 
    tashkilotlarini boshqarish usullari. 
    Yoki iqtisodiyotning ayrim sohalarida qo‘llaniladigan boshqaruv usullarini 
    (ishlab chiqarishni, moliyaviy sohani, fan va maorifni boshqarish usullari) ham 
    ko‘zda tutish lozim. Boshqaruv tashkilotlari tizimi turli-tumanligi bu tashkilotlar 
    faoliyati usullarini ajratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu yerda so‘z vazirliklar, 
    assotsiatsiyalar, aksiyadorlar jamiyati, davlat qo‘mitalarini boshqarish usullari 
    haqida boradi. Va nihoyat, turli turkumga kiruvchi ishlovchilar boshqaruv 
    faoliyatida menejerlar, direktorlar, bo‘limlar boshliqlari tomonidan qo‘llaniladigan 
    boshqaruv usullarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
    Demak, boshqaruv nazariya va amaliyotida turli boshqaruv usullari 
    mavjuddir. Ular boshqaruv usullarining har bir guruhi o‘z xususiyatlariga ega 
    bo‘lgan tizimni tashkil etgan. Milliy xo‘jalikni boshqarishda quyidagi usullardan 
    foydalaniladi: iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, psixologik va huquqiy. Boshqaruvning 
    bu usullari o‘zaro uzviy bog‘liqdir, shu sababli ularning birortasiga ortiqcha 
    ahamiyat berish butun ishlab chiqarishning me’yorda borishi buzilishiga olib keladi. 
    Har qanday faoliyat singari boshqarish faoliyati ham o‘z vazifalarini bir qator 
    tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi. Pedagogik adabiyotlarda ta’lim tizimini 


    boshqarishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi tamoyillarni ular tomonidan bajariladigan 
    vazifalar (rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish)ga tayanilgan holda 
    belgilanishiga alohida urg‘u berilgan. Mazkur o‘rinda ta’lim muassasasini 
    boshqarishning har bir tamoyiliga alohida-alohida ta’rif berishga harakat qilamiz. 
    Ta’lim muassasasi boshqaruv nazariyasi va tarixida boshqarishning asosiy 
    tamoyillari quyidagilardir: 
    Pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlashtirish. 
    Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul 
    qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha uchun ochiq 
    va tushunarli joriy etish, ta’lim muassasasi jamoatchiligi oldida ma’muriyatning 
    muntazam hisobot berishi, o‘qituvchi va o‘quvchilarga ta’lim muassasasi hayotiga 
    oid o‘z fikrlarini bildirishga imkon berish, ta’lim muassasasida demokratik 
    g‘oyalarning ustuvor o‘rin tutishini anglatadi.
    Ta’lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda 
    bo‘lish, unga ishonish, pedagogik faoliyatda sub’ektning sub’ektga munosabati 
    darajasiga erishish, o‘quvchi va o‘qituvchining huquq va manfaatlarini himoya 
    qilish, o‘z iste’dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit 
    yaratish insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi. 
    Boshqarishning tizimliligi va yagonaligi. 
    Ta’lim muassasasini boshqarishga nisbatan tizimli yondashuv asosida rahbar 
    ta’lim muassasasini bir butun yaxlit tizim sifatida va uning belgilari haqida aniq 
    tasavvurga ega bo‘ladi. Tizimning birinchi belgisi yagonaligi hamda uni bo‘laklar, 
    tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligidadir. Ikkinchi belgisi tizimning ichki 
    tuzilishining mavjudligini anglatadi. Uchinchi belgisi tizimning integrsiyalana 
    olishidir. Tizimning har bir tarkibiy qismi o‘ziga xos sifatga ega bo‘lgani bilan, 
    o‘zaro harakat orqali tizimning yangi integratsiyalana olish sifati hosil bo‘ladi. 
    To‘rtinchi belgisi ta’lim muassasalarining tashqi muhit bilan chambarchas 
    bog‘liqligidir. Chunki ta’lim muassasalari tashqi muhitga moslashib, ushbu ta’lim 
    jarayonini qayta quradi hamda o‘zining maqsadlariga erishish uchun tashqi muhitni 
    o‘ziga bo‘ysundiradi. Boshqaruvdagi tizimlilik va yagonalik rahbar bilan pedagogik 


    jamoa o‘rtasidagi o‘zaro harakat va aloqani ta’minlaydi, bir yoqlama boshqaruvning 
    oldini oladi.
    Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining 
    ratsional uyg‘unligi. Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq bo‘lganda, 
    albatta, ma’muriy boshqaruv kuchayadi. Bu holat o‘qituvchilar va o‘quvchilarning 
    ehtiyojlari, talab va istaklarini hisobga olmaslikka, rahbar va o‘qituvchilarning 
    keraksiz mehnat va vaqt sarflashlariga olib keladi. 
    Shuningdek, markazlashtirilmaslikka ham keragidan ortiq e’tibor berilsa, 
    pedagogik tizim faoliyatining sustlashishi ko‘zga tashlanadi. 
    Ta’lim 
    muassasasi 
    ichidagi 
    boshqaruvda 
    markazlashtirish 
    va 
    markazlashtirmaslikni uyg‘unlashtirish ma’muriy va jamoatchilik boshqaruvi 
    rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratadi hamda kasb malakasi 
    darajasida qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi. 
    Yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi tamoyili pedagogik 
    jarayonni boshqarishda yakka hokimlikka yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan. Boshqarish 
    faoliyatida o‘quvchilarning tajribasi va bilimiga tayanib, turli qarashlarni taqqoslab, 
    oqilona xulosalar chiqarish o‘ta muhimdir. Vazifalarni kollegial hal qilish har bir 
    jamoa a’zosining javobgarligini yo‘qqa chiqarmaydi. 
    O‘z navbatida yakkahokimlikning o‘ziga xos jihatlari bor. Yakkahokimlik 
    pedagogik jarayonda tartib-intizom, vakolat doirasi va unga amal qilishni 
    ta’minlaydi. 
    Qarorni qabul qilishda kollegial yondashuv ma’qul bo‘lsa, qarorning ijrosini 
    ta’minlashda yakkahokimlikka bo‘ysunish ma’quldir. 
    Ta’lim tizimini boshqarishning davlat-jamoatchilik xarakteri ushbu tamoyilni 
    amalga oshirishga sharoit yaratadi. 
    Ta’lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob’ektivligi va to‘liqligi. Ta’lim 
    tizimini boshqarishning samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va to‘liqligiga 
    ham bog‘liq. Agar axborotlar aniq, to‘liq yig‘ilsa yoki haddan ziyod ko‘p bo‘lsa, 
    qaror qabul qilishda chalkashlikka olib keladi. 
    Biz ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning o‘zlashtirishi haqidagi 


    ma’lumotlarni yig‘amiz, lekin ularning qiziqishlari, xulq-atvori, shaxs sifatidagi 
    yo‘nalishiga e’tibor beramiz. Ana shuning uchun ham tarbiya jarayonida ko‘plab 
    og‘ishlar kuzatiladi. 
    Ta’lim muassasasining rahbari o‘zining faoliyatida menejer vazifasini ham 
    bajaradi. Shuning uchun u o‘z faoliyatida kuzatish, anketa, test, instuktiv va metodik 
    materiallardan keng foydalana bilishi lozim. Ta’lim muassasasi ma’muriyati maktab 
    ichidagi axborotli boshqaruv texnologiyasini ishlab chiqish va uni ta’lim jarayoniga 
    tatbiq etishga alohida e’tibor qaratishi kerak. 
    Boshqaruv jarayonida axborotdan samarali foydalanish ta’lim muassasasi 
    faoliyatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga yordam beradi. Ta’lim 
    muassasasini boshqarishda foydalaniladigan axborotlar turlichadir 
    Boshqaruv usullari. 
    Usul — bu tadqiqot qilish yoki ta’sir ko‘rsatish usulidir. Tadqiqot qilish 
    nuqtai nazaridan uslub deganda boshqaruv ob’ektini o‘rganish 
    jarayonida qo‘llaniladigan usullar, ya’ni: 
    • sistema (tizim)li yondoshuv; 
    • kompleks yondoshuv; 
    • tarkibiy yondoshuv; 
    • integratsion yondoshuv; 
    • modellashtirish; 
    • iqtisodiy-matematik yondoshuv; 
    • kuzatish; 
    • eksperiment; 
    • sotsiologik kuzatuv kabi taxlilning ilmiy usullari tushuniladi. 



    Download 11,13 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




    Download 11,13 Mb.
    Pdf ko'rish