-rasm. Yog‘ni neytralizallovchi apparat




Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana15.12.2023
Hajmi1 Mb.
#119952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu

7.27-rasm. Yog‘ni neytralizallovchi apparat 
Neytralizatsiya triasilgliserinlar bilan taqqoslaganda yancha qutbli bo‘lgan erkin 


yog‘li kislotalar yo‘l oladigan suzib chiqayotgan yog‘ tomchilarining sirtida boradi. 
Kengaytirgichdagi 2 ishqor eritmasi yuzasidan yog‘, dastlab unga sovunni parchalash 
uchun limon kislotasining eritmasi bilan ishlov berilib, quritgich-deaeratsion apparatga 
yuboriladi. 
Tarkibida 12...20% sovun saqlaydigan sovunli-ishqorli eritma uzluksiz ravishda 
sovun zavodiga kelib turadi. Eng yaxshi natijalarga neytralizatordagi ishqorning 
konsentratsiyasi 12...20 g/l va harorati 70...95 °C bo‘lganda erishiladi. 
Neytralizatorning o‘rnatilgan ish rejimida undagi ishqor konsentratsiyasi 1...3 g/l 
gacha pasayadi va bu yog‘ning minimal miqdorda yo‘qotilishini ta’minlaydi. 
Ishqorli neytrallashning varianti – bu misselladagi neytrallash bo‘lib, avval 
tasvirlab berilgan, pahta yog‘iga ishlov berishda qo‘llaniladigan neytrallashdir. Yog‘ni 
oqartirish (adsorbsion rafinatsiya) – yog‘dan yog‘da eriydigan pigmentlar, 
karotinoidlar, xlorofillarni chiqarib tashlash, paxta yog‘i uchun esa shuningdek 
gossipol va uning hosilalarini chiqarib tashlash gidratsiya qilish va margarin 
mahsulotlari ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan o‘simlik yog‘lari uchun 
(kungaboqar yog‘idan tashqari) ko‘zda tutilgan. Yog‘larni oqartirish uchun kislotali va 
termik ishlov berish yordamida faollashtirilgan bentonit loylari qo‘llaniladi. Bentonit 
loylarining asosiy komponenti alyumosilikatlar Al
2
O
3
, SiO
2
bo‘lib, ularning tarkibiga 
ishqorli va ishqorli-loyli metallar kiradi. 
Kamdan kam hollarda yog‘larni oqartirish uchun faollashtirilgan ko‘mirlar – loylar 
bilan aralashtrilib yoki alohida qo‘llaniladi. 
Oqartirishda yog‘da ba’zi istalmagan jarayonlar ham kechadi: yog‘li kislotalarning 
yog‘ning biologik qiymatini tushiruvchi izomerizatsiyasi; triasilgliserinlar tarkibida 
bir-biriga ulangan qo‘shaloq bog‘liqliklarga ega bo‘lgan moyli kislotalar hosil bo‘ladi 
va bu oqartirilgan yog‘ni saqlashda oksidlanish jarayonlarining faollashuviga olib 
keladi. Yog‘dagi oksidlanish jarayonlarini pasaytirish uchun oqartirish jarayonini 
vakuum ostida olib borish va sorbentlarga ham oldindan vakuum ostida ishlov berish 
tavsiya qilinadi. Yog‘ni oqartirishga faqatgina neytrallash, yuvish va quritishdan 
keyingina yo‘naltirish zarur. 
Adsorbsion rafinatsiya jarayoni adsorbentning konsentratsiyalangan yog‘li 


suspenziyasini tayyorlash, ikki bosqichda (dastlabki va oxirgi oqartirish) amalga 
oshiriladigan oqartirish va filtrlarda yog‘ning asosiy qismidan adsorbentni ajratib 
olishdan iborat. Faol loylar yog‘ga yog‘ning massasiga nisbatan 0,5...2% miqdorda 
solinadi (paxta yog‘i uchun 4...5%). Oqartirish harorati 75...80°C, oqartirish 
apparatlaridagi qoldiq bosim 4 kPa. Suspenziya olish uchun oqartirilayotgan yog‘ning 
1/4 ishlatiladi. 
Yog‘ning asosiy qismi (umumiy miqdorning 
3/4 qismi) apparatga dastlabki oqartirish uchun 
kelib tushadi (7.28-rasm) va bu yerda bir vaqtning 
o‘zida yog‘ning deaeratsiyasi amalga oshiriladi. 
Suspenziya, aylanadigan diskning 1 (n=274 daq
-1

tubiga tushishda, sochiladi va pastdagi diskda 
sochilgan 
yog‘ 
bilan 
kontaktga 
kirishadi. 
Apparatning quyi qismida suspenziya va yog‘ 
qorishmasi 
ikkita 
aralashtirgich-parraklar 

yordamida jadal ravishda aralashtiriladi. Yakuniy 
oqartirish maxsus apparatda (7.29-rasm) olib 
boriladi. Bu yerda suspenziya va yog‘ qorishmasi 
purkagich 1 yordamida sochilar ekan, taqsimlash tarelkasiga 2 kelib tushadi va yupqa 
plyonka ko‘rinishida apparatning qizdirilgan ichki yuzasi bo‘ylab oqib tushadi. Bu 
yerdan yog‘ va suspenziya qorishmasi filtrlashga boradi. Filtranayotgan yog‘ning 
birinchi loyqa porsiyalari patrubok 3 orqali apparatga qaytariladi. Filtrlashdan so‘ng 
loydagi yog‘ miqdori 15% gacha bo‘ladi.
Yog‘larni dezodoratsiya qilish – yog‘lardan odorant moddalarni – pastmolekulyar 
moyli kislotalar, aldegidlar, ketonlar va yog‘ning hidi va ta’mini belgilaydigan boshqa 
uchuvchi mahsulotlarni chiqarib tashlash, shuningdek o‘simlik yog‘laridan istalmagan 
begona birikmalar – polisiklik yoqimli hid beruvchi uglevodorodlar, zaharli ximikatlar, 
toksik mahsulotlar – aflatoksinlar va boshqalarni ajratib olishdir. 

Download 1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1 Mb.
Pdf ko'rish