7.5. Gidrirlangan moylar olish.
Margarin, qandolatchilik va pazandachilik moylari, spred, sovun, stearin, turli xil
maqsadlarda qo‘llaniladigan texnologik smazkalar ishlab chiqarish uchun plastik,
yuqori darajada eruvchan va qattiq (xona haroratida) moylar zarur. Ular suyuq o‘simlik
yog‘laridan gidrogenizatsiya yo‘li bilan olinishi mumkin. Yog‘lar va moylarni
gidrogenizatsiya qilishning vazifasi – moyli-kislotali tarkibning maqsadga
yo‘naltirilgan o‘zgarishi, bundan kelib chiqadiki, boshlang‘ich moyning asilgliserinli
tarkibining vodorodning katalizator ishtirokida moyli kislotalarning kungaboqar,
paxta, soya, raps a boshqa suyuq yog‘lar asilgliserinlarining tarkibiga kiruvchi
to‘yinmagan qoldiqlariga birikishi natijasida o‘zgarishidir.
Gidrogenizatsiyada ro‘y beradigan asosiy kimyoviy reaksiya bu vodorodning
chegarasiz moyli kislotalarning qo‘shaloq bog‘liqliklarga birikishi:
–SN,–SN=SN–SN
2
–CH
3
–CH
3
–SN
2
-SN
2
–
Kislota qoldig‘ining fragmenti. Triasilgliserinlarga kiradigan polito‘yinmagan
moyli kislotalarni gidrirlash bosqichma-bosqich sodir bo‘ladi, ya’ni ko‘proq
to‘yinmagan kislotalar birin-ketin kamroq to‘yinmagan kislotalarga aylanadi:
Gidrirlashning
selektivligi
(tanlash
xususiyati)
ko‘proq
to‘yinmagan
kislotalarning, masalan kamroq to‘yinmagan olein kislotasi bilan solishtirganda linol
kislotasining gidrirlanishi yuqori tezligi bilan izohlanadi. Asosiy kimyoviy reaksiya
bilan bir vaqtning o‘zida asilgliserinlar tarkibiga kiruvchi moyli kislotalarning
qoldiqlarining hududiy konfiguratsiyasi ham o‘zgaradi (sis-trans-izomerizatsiya):