dezaktivatsiya qilinadi. Olingan tayyor mahsulot yuviladi va quritiladi.
Margarin mahsulotlarini olish uchun mo‘ljallangan qayta eterefikatsiyalangan
tayyor moylar quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kerak: erish harorati 25...35 °C;
15 °C 30...130 g/m da qattiqlik; qattiq triasilgliserinlar miqdori 20 °C
haroratda
6...20%. Alohida maqsadlarga mo‘ljallangan qayta eterifikatsiyalangan moylar
novvoychilikda, sut va qandolatchilik moylarining analoglarini ishlab chiqarishda
qo‘llaniladi.
7.7. Margarin olish.
Margarin fizikaviy-kimyoviy tizim bo‘lib, asosiy komponentlaridan biri – suv
(dispers fazasi) boshqa bir komponentda – yog‘da (dispersion muhitda)
nihoyatda
kichik tomchilar ko‘rinishida taqsimlangan va “yog‘dagi suv” turidagi emulsiya hosil
qilgan. Margarin tarkibiga yuqori sifatli oziq-ovqat moylari, sut, tuz, shakar,
emulgatorlar, bo‘yovchi moddalar, aromatizatorlar, vitamin va boshqa komponentlar
kiradi. Margarinning moyli asosiga rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan o‘simlik
yog‘lari,
hayvon
moylari,
oziq-ovqat
salomaslari,
shuningdek
qayta
eterifisikatsiyalangan moylar kiradi. Margaringa sariyog‘ning ta’mi va hidini berish
uchun unga tabiiy toza sut yoki achitilgan sut qo‘shiladi.
Aynan shu maqsadda
aromatizatorlar, “yog‘dagi suv” barqaror emulsiyasini olish uchun esa emulgatorlar
qo‘shiladi.
Oziq-ovqat bo‘yoqlari margaringa sariyog‘ rangini beradi,
tuz va shakar esa
ta’mini to‘ldiradi. Bundan tashqari, tuzning borligi saqlashda margarinning
chidamliligini oshiradi. Margarin olishning prinsipial texnologik sxemasi 7.35-rasmda
keltirilgan.
Rafinatsiyalangan,
dozodoratsiyalangan
moy
va
yog‘lar
olish.
Sutni
normallashtirish yoki tiklash. Tozalash. Sutni pasterizatsiya qilish.
Sutni sut-achitqi
bakteriyalari yordamida bijg‘itish. Sutni sovutish. Emulgatorni yog‘da eritish,
aromatizatorlarni yog‘da yoki suvda eritish. Suvni tozalash. Limon kislotasi, shakar,
vitaminlar, konservantlar, bo‘yoq moddalarini tayyorlash. Komponentlarni dozalash
va aralashtirish. Yaxshilab aralashtirish. Emulgatsiyalash. Haddan tashqari sovutish.
Kristallashtirish. Margaringa mexanik (plastik ishlov) ishlov berish. Margarinni
qadoqlashga yuborish.
Margarin olish asosida “yog‘dagi suv” emulsiyasini
haddan tashqari sovutish
jarayonlari va bir vaqtning o‘zida mexanik ishlov berish yotadi. Uzluksiz usulda
margarin tayyorlashda retseptura komponentlari asosan vazniga ko‘ra dozalanadi,
garchi komponentlarni nasos-dozatorlar yordamida hajm
usulida dozalash usullari
mavjud bo‘lsa ham.
7.35-rasm. Margarin olishning prinsipial texnologik sxemasi.
Komponentlar vertikal silindrsimon aralashtirgichda aralashtiriladi (7.36-rasm),
unda shuningdek dastlabki emulgatsiyalash ham sodir bo‘ladi. Aralashtirgichning
ichida vintli aralashtirgich
3 o‘rnatilgan bo‘lib, u 59,5 min -
1
aylanish chastotasi bilan
ishlaydi. Aralashtirgich korpusiga otboyniklar
4 mahkamlangan bo‘lib, ular qorgich
(meshalka) aylanayotganida qorishmaning buralishiga yo‘l qo‘ymaydi. Aralashtirgich
suv ko‘ylagi 1 bilan jihozlangan
. Mahsulot shtuser
2 orqali kelib tushadi va to‘kadigan
patrubok 5 orqali chiqadi.