Oliy va I navli kungaboqar yog‘i gidratatsiya qilinganda fosfolipidli oziq-ovqat
konsentrati olinadi, II navli yog‘ gidratatsiya qilinganda esa yem konsentrati olinadi.
Gidratatsiya qilingan kungaboqar yog‘i mum va
mumsifat moddalardan xalos
bo‘lishi kerak. Bunga past haroratli tozalash yoki muzlatish yo‘li bilan erishiladi.
Jarayonning mohiyati yog‘ni ekspozitor aylanish chastotasi 2 daqiqa
-1
bo‘lgan ramali
aralashtirgich bilan jihozlangan silindrsimon apparatda sekin aralashtirib turib, asta-
sekinlik bilan 10...12 °C gacha sovutishdan iborat. Yog‘ ekspozitorda 4...6 soat
mobaynida ushlab turiladi. Bu yerda yog‘da erigan mumlarning kristallanishi sodir
bo‘ladi. So‘ngra yog‘ yopishqoqligini kamaytirish uchun 16...18 °C gacha qizdiriladi
va ramali filtr-presslarda filtrlanadi. Jarayonni tezlashtirish
uchun filtrlovchi yuzaga
cho‘kmaning drenajlik xususiyatlarini yaxshilovchi yordamchi kukunlar (perlit va
boshqalar) surtiladi.
Yog‘larni ishqor yordamida neytrallashtirish usuli rafinatsiya qilinayotgan yog‘ga
NaOH suvli eritmalari bilan ishlov berishga asoslangan bo‘lib, bu jarayonda erkin
moyli kislotalar, ishqor bilan o‘zaro ta’sirga kirishar ekan, sovunning suvli eritmalari
soapstoklar hosil qiladi.
Soapstoklar yog‘da erimaydi, chunki ularning nisbiy zichligi yog‘nikidan yuqori
bo‘lib, ular cho‘kma (quyqa) hosil qiladi va keyinchalik olib tashlanadi.
Suv bo‘lmaganda ishqor etishmasligida suvda qiyin eriydigan nordon sovunlar
hosil bo‘ladi. Shu sababli neytrallashtirish reaksiyasi
uchun ishqor hisoblangan
miqdorga (kimyoviy reaksiya formulasi bo‘yicha) nisbatan ko‘proq qilib olinadi.
Ortiqcha ishqor nordon sovunlarning hosil bo‘lishini bostiradi, biroq u ham neytral
yog‘ning sovunlashishiga olib keladi. Shuning uchun ham
ishqorli rafinatsiyaning
samaradorligi ham olingan yog‘ning sifati bo‘yicha, ham neytrallashda hosil bo‘lan
chiqitlar va yo‘qotishlar bo‘yicha aniqlanadi. Rafinatsiyalangan yog‘ning chiqishi
nafaqat
ishqorning
ortiqcha
miqdorda
bo‘lishiga,
balki
uning
eritmasi
konsentratsiyasiga, jarayonning harorati va davomiyligiga ham bog‘liq. Uzluksiz
neytrallash metodlari qo‘llanilganda va kislota soni uncha yuqori bo‘lmaganida
chiqitlar 1,5% ni, yo‘qotishlar, neytrallashga keltirilgan yog‘ massasiga nisbatan –
0,1% ni tashkil qiladi.
Neytrallash rafinatsiyalangan yog‘ni NaOH suvli eritmalari bilan tuzilishi yog‘ni
gidratatsiya
qilishda
qo‘llaniladigan
apparatlarnikiga
o‘xshash
reaktor-
aralashtirgichlarda aralashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Keyinchalik neytral yog‘
va soapstokni ajratish separatorlarda olib boriladi. Sanoatda yog‘
va moylarni
rafinatsiya qilishda qo‘llaniladigan A1-JRN qurilmalari va xorijiy qurilmalar asosan
unumdorligi va qo‘llaniladigan separatorlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Neytrallash harorati 85...90 °C, ishqor konsentratsiyasi 70 dan 150 g/l gacha va
ishqorning ortiqchaligi, nazariy miqdorga nisbatan, neytrallashga keltirilgan yog‘ning
kislota soniga bog‘liq holda 5...20%.
Neytrallashning boshqa bir uzluksiz uslubi sovunli-ishqorli muhitda neytrallashdir.
Bu uslubning afzalligi shundaki, neytrallash jarayonlari va hosil bo‘lgan sovunni olib
tashlash bir
vaqtda bajariladi, shuningdek past konsentratsiyali ishqor qo‘llanganligi
sababli yog‘ning yo‘qotilishi kamayadi.
Jarayon ishqor bilan to‘ldirilgan neytralizatorda olib boriladi (7.27- rasm). Yog‘
perforatsiyalangan taqsimlagich 1 yordamida 2 mm diametrli tomchi ko‘rinishida
kengaytirgichning 2 ishqorli diametriga kelib tushadi va sekinlik bilan yuzaga suzib
chiqadi, chunki yog‘ning zichligi ishqorning suvli eritmasi zichligidan kam.