Reaktor-turbulizator (7.24 a-rasm) boshlang‘ich yog‘ni
yetkazib berish uchun
mo‘ljallangan patrubok 1, patrubok 2 va suv yoki gidratatsiya qiluvchi agentni uzatish
uchun mo‘ljallangan boshqaruv ventili, soplo 3, qabul kamerasi 4,
aralashtirish
kamerasi 5, perforatsiya qilingan nasadka 6 va yog‘ va suv qorishmasi chiqishi uchun
mo‘ljallangan patrubokdan 7 iborat. Fosfolipidlarning gidratatsiya bo‘lishini oshirish
uchun yog‘ va suv qorishmasi (yoki suv va gidratatsiyalovchi agent qorishmasi) EMA
elektromagnitli aktivatoriga yuboriladi (7.24 b-rasm).
Ushbu aktivator qorishmaning o‘tishi uchun mo‘ljallangan teshiklari bor
qopqoqlarning 1 podshipnikli uzellarida o‘rnatilgan rotordan 2 iborat. Rotor 2 va
stator 3 ishlov berilayotgan qorishmadan zanglamaydigan po‘latdan yasalgan gilzalar
bilan himoyalangan. Stator elektr tarmog‘iga qo‘shilganida
rotor aylanishni
boshlaydi (asinxron elektrodvigatel rotoriga o‘xshab). Yog‘ning gidratatsiyalovchi
agent bilan qorishmasi stator va rotor orasidagi xalqali tirqishdan o‘tar ekan,
fosfolipidlarning qutbliligi va ularning gidratatsiya qilinishini
oshiradigan jadal
gidrodinamik va elektromagnit ta’sirga uchraydi.
Rotorning aylanish chastotasi 50 s
-1
. Qorishma o‘tadigan xalqali tirqish 1...2 m.
so‘ngra qorishma ekspozitorga 4 (koagulyatsiya va cho‘kma parchalarining
shakllanishi hosil bo‘ladigan koagulyator). Sekinlik bilan
aralashtirib bajariladigan
bu jarayonning davomiyligi 40 daqiqani tashkil etadi. So‘ngra tarkibida gidratatsiya
bo‘lgan fosfolipidlarning yirik, shakllangan parchalari bo‘lgan yog‘
separator yoki
uzluksiz ishlaydigan tarelkasimon tindirgichga kelib tushadi. Separator yoki
otstoynikdan chiqqan yog‘ yana rafinatsiya qilish
yoki quritish uchun yuboriladi,
chunki gidaratatsiyadan keyin yog‘dagi namlik miqdori katta bo‘lganligi sababli uni
saqlashga qo‘yib bo‘lmaydi.
Yog‘ni quritish uchun kolonnali turdagi vakuumli quritish apparatidan
foydalaniladi (7.25-rasm), bunda quritish jarayoni vakuum
sharoitlarida plyonkali
rejimda amalga oshiriladi. 85...90 °C gacha qizdirilgan yog‘ uchta forsunka
1
yordamida purkaladi. Yog‘ ichki devorlar va kontakt yuzalaridan 2 oqib tushganida
namligi qochgan yupqa yog‘ plyonkasi hosil bo‘ladi.
Apparatdagi qoliq bosim
2,6...5,3 kPa, yog‘dagi boshlang‘ich namlik miqdori 0,2%, oxirgi miqdori 0,05%
tashkil etadi.